Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Jaguar Land Rover avtomobillari egasini taniydigan bo'ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 103           Дата: 22-11-2016, 23:52          
Jaguar Land Rover avtomobillari egasini taniydigan bo'ldi
Фото: Motor.ru

Buyuk Britaniyaning Jaguar Land Rover guruhi kishilarni avtomobil kalitini olib yurish tashvishidan xalos etishi mumkin bo'lgan texnologiyaga patent oldi. Gap avtomobilning yon tomonlariga o'rnatilgan maxsus kameralar vositasida inson yuzini aniqlash tizimi haqida bormoqda.

Patent olish uchun topshirilgan hujjatlarga muvofiq, tizimning ishlashini avtomobil deraza chiziqlari pastki qismiga o'rnatilgan ikkitadan kamera ta`minlaydi. Ular nafaqat o'z qarshisi, balki yonlarini ham «ko'radi». Ular ikki bosqichda «tanish» amaliyotini amalga oshiradi: avtomobilga yaqinlashib kelayotgan kishining harakatdagi tasvirini hamda bevosita eshik yoniga kelganda uning stereoskopik suratini oladi.

Dinamik va statik suratlar avtomobil xotirasidagi ma`lumotlar bilan qiyoslanadi. Agar tizim mashina egasini yoki xotiraga kiritilgan boshqa insonni tanisa, eshiklar kalitsiz ochiladi. Shu bilan, avtomobil qulflarini ochish uchun «o'z» odamining birgina surati kifoya qiladi.

JLR texnologiyasi nafaqat avtomobil egalarini kalitni yo'qotib qo'yish xavotiridan xalos etishga, balki avtomobillarni o'g'irlash holatlarini kamaytirishga ham xizmat qilishi taxmin qilinmoqda.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Новости партнеров

Календарь новостей

«    Январь 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031