Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Fotoayg'oqchilar eng yirik BMW modelini suratga olishga muvaffaq bo'lishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 52           Дата: 22-11-2016, 23:59          
Fotoayg'oqchilar eng yirik BMW modelini suratga olishga muvaffaq bo'lishdi
Фото: Motor.ru

Germaniyaning BMW kompaniyasi eng yirik yo'ltanlamasining prototipini sinovga olib chiqdi. Yangi avtomobil X7 deb nomlanishi kutilmoqda. Mashinaning Germaniya yo'llarida olingan josuslik suratlari Autocar nashrida chop etildi.

Suratlardan bo'lg'usi seriyali model kuzovining shaklini taxmin qilish mumkin. Yo'ltanlamasning ilk tizeri BMW kompaniyasining bir yillik ishlari yakuni hamda Bavariya savdo belgisining kelajagiga bag'ishlangan matbuot anjumanida ilk bora namoyish etilgandi. Xabarlarga ko'ra, X7 ikki xil namunada ishlab chiqiladi: biri yetti o'rindiqli bo'lsa, boshqa biri hashamatli ko'rinishda va 4 o'rindiqqa ega bo'ladi.

BMW marketing va savdo bo'limi rahbari Iyen Robertsonning so'zlariga ko'ra, kompaniyaning eng yirik o'lchamli modeli nafaqat X5 platformasining uzaytirilgan namunasi negizida barpo etiladi. Ayrim butlovchi qismlar va detallar maxsus ishlab chiqiladi. Avvalroq, X7 oltinchi avlod 7-Series avtomobillari barpo etiladigan CLAR shassisi asosida ishlab chiqilishi taxmin qilingan edi.

Modelning motorlari qatorida olti va sakkiz silindrli agregatlar ham bo'ladi. Bundan tashqari, V12 va gibridli modifikatsiyalari ham paydo bo'lishi mumkin.

BMW X7 AQShning Spartanberg shahrida yig'iladi. 2018 yildan dillerlarga yetkazilishi kutilayapti.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031