Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yaponiya fazoga eng ixcham raketa-tashuvchini uchirmoqchi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 37           Дата: 22-11-2016, 23:48          
Yaponiya fazoga eng ixcham raketa-tashuvchini uchirmoqchi
Фото: Mai

Yaponiya 2017 yil martigacha dunyodagi eng ixcham raketa-tashuvchini fazoga uchirmoqchi. Bu haqda Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi ma`lum qildi.

Raketa Yer orbitasiga og'irligi 3 kg va bo'yi 35 sm lik TRICOM1 aloqa yo'ldoshini olib chiqishi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga ko'ra, sun`iy yo'ldoshdan bir oydan kamroq vaqt foydalaniladi. Ayni vaqtda yaponiyalik mutaxassislar raketani Utinoura kosmodromidan uchirish oldidan unga oxirgi sayqal berishni amalga oshirmoqdalar.

Yangi uch bosqichli raketaning uzunligi 10 metr, diametri 50 sm, og'irligi 2,6 tonnani tashkil qiladi. U Yer orbitasiga 4 kg gacha og'irlikdagi yo'ldoshlarni olib chiqa oladi. Umum foydalanishda bo'lgan akkumulyator batareyalari va boshqa qismlar ishlatilishi evaziga raketani yaratish va uni uchirish narxini maksimal darajada qisqartirishga muvaffaq bo'lingan. Umumiy xarajatlar 400 mln iyendan (3,6 mln dollar) oshmaydi.

Ayni vaqtda Yaponiya o'z koinot dasturida asosan og'ir raketa-tashuvchi H2A’dan foydalanadi. Bu raketaning har bir parvozi 90 mln dollarga aylanadi. Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi bu raketadan 2023 yilga kelib voz kechmoqchi. Shu yilga kelib samaraliroq H-3 raketasi yaratilishi o'z nihoyasiga yetishi kerak.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн