Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ucell M2M texnologiyalariga doir xalqaro konferensiya o'tkazadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 60           Дата: 18-11-2016, 15:13          
Ucell M2M texnologiyalariga doir xalqaro konferensiya o'tkazadi

AT-sektorining yetakchi mahalliy va dunyo ishbilarmonlari – AT mutaxassislari, energetiklar, innovatsion biznes egalari va yirik sanoat korxonalari vakillari, shuningdek intellektual tizim ishlab chiqaruvchilari, integratorlar, dasturiy ta`minot ishlab chiqaruvchilari va axborot xavfsizligi mutaxassislari ikkinchi marta Toshkentda to'planishadi.

Ucell mobil aloqa operatori 25 noyabr kuni O'zbekistonda M2M (Machine-to-Machine) rivojiga bag'ishlangan ikkinchi xalqaro konferensiyasini o'tkazadi. Mazkur konferensiya maqsadlari: M2M texnologiyalar qo'llanuvchi biznes jarayonlar rivoji va optimallashuvi muhokamasi, dunyoning asosiy trendlari tahlili, masalan, “Internet buyumlar” konsepsiyasi, shuningdek tobora mashhur bo'lib borayotgan yangi “Qulay uy” texnologiyasi.

Konferentsiya doirasida ishtirokchilar M2M tizimini mamlakatimiz sharoitiga moslashtirib yaratishda xalqaro tajribani qo'llash imkoniyatlari va variantlarini muhokama qilishadi.

Ucell kompaniyasi M2M texnologiyalariga mamlakat taraqqiyoti uchun strategik ahamiyatga ega texnologiyalar kabi munosabatda bo'lib, mahalliy bozorda yetakchi pozitsiyalarni egallaydi. Ucell tariflarning hamyonbopligi bo'yicha biznes uchun taqdim etilayotgan M2M-yechimlar segmentida ham yetakchilik qiladi, shuningdek mazkur sohadagi bilim saviyasini oshirib, ta`lim dasturlarini o'tkazadi. Biz ikkinchi marta ana shunday keng ko'lamli tadbirni o'tkazayotganimizdan juda xursandmiz va umid qilamizki, ishtirokchilar O'zbekistonda M2M texnologiyalarni rivojlantirishga doir barcha kerakli ma`lumotlarni olishadi”, - deya ta`kidladi departamentning biznes yechimlarni yo'lga qo'yish bo'yicha direktori Alisher Hamidov.

Ucell kompaniyasi tomonidan o'tgan yili tashkil etilgan “Kelajak allaqachon shu yerda” nomli ilk M2M konferensiyasi mutaxassislar va matbuot vakillari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Birinchi konferensiya doirasida platformalar ko'rgazmasi tashkil etilgan edi.

M2M texnologiyalari haqida

Biznes va oddiy foydalanuvchi uchun innovatsion, qulay va foydali M2M texnologiyasi qurilmalarning bir-biri bilan inson ishtirokisiz axborot almashish imkonini beradi. Dunyo bozorlarida bugungi kunda bu texnologiyalarni qo'llashda yuksak samaradorlik kuzatilmoqda, ayniqsa sog'liqni saqlash, logistika, savdo-sotiq, xavfsizlik bilan ta`minlash, to'lov tizimlari kabi sohalarda, shuningdek “aqlli uy” toifasidagi loyihalar, “elektron hukumat”ni tashkillashtirish, energiya resurslarini nazorat qilish.

M2M texnologiyalar o'zbek bozori

O'zbekistonning M2M texnologiyalar bozori nisbatan yosh. J’son & Partners kompaniyasi tadqiqotiga ko'ra, MDH davlatlari bozorida M2M o'zbek bozorining hissasi hozircha atigi 1 foizni tashkil qilmoqda. Optimallashtirish, resurslarni asrash va xarajatlarni kamaytirish borasida M2M-yechimlar sezilarli hissa qo'shishi mumkin bo'lgan sektorlardan biri – energetika sektori. Bugungi kunda O'zbekistonning energotizimi xalq xo'jaligi va Respublika aholisining ehtiyojini to'liq qondirmoqda. Biroq tabiiy resurslarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish lozim, M2M-yechimlar bu sohada qo'llanayotgan texnologiyalarni takomillashtirishning uddasidan chiqadi.

Onlayn ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi havolaga o'ting: http://ucell.uz/ru/corporates/services_for_corporate_clients/campaigns/m2m_conference

Sizning buyurtmangizga javoban biz konferensiyaga taklifnoma yuboramiz.

Qo'shimcha ma`lumotlar uchun telefonlar: (99893) 181- 6000, 182-9000

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн