Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Seat kompaniyasining ilk krossoveri to'xtash joyini o'zi qidiradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 57           Дата: 18-11-2016, 02:25          
Seat kompaniyasining ilk krossoveri to'xtash joyini o'zi qidiradi

Ispaniyaning Seat avtomobilsozlik kompaniyasi avtomobil tizimlari ishlab chiqishga ixtisoslashgan mahalliy CARNET IT-kompaniyasi bilan hamkorlikda Ateca krossoverini “aqlliroq” qilishdi. Gap Ateca Smart City Car kontsepti haqida bormoqda. U avtomobil to'xtash joylaridagi bo'sh o'rinlarni aniqlash va ular haqida boshqa turdosh avtomobillarga ma`lum qilish texnologiyasiga ega bo'ldi.

Loyihada sinov maydoniga aylangan Barselona shahri ma`muriyati, Yevropadagi yirik aloqa operatori Cellnex Telecom va smartfonlar uchun Parkfinder ilovasi mualliflari qatnashgan.

Krosover bir necha datchiklar yordamida avtomobillar to'xtash joyida harakatlanish chog'ida bo'sh joylarni aniqlaydi. Bunda haydovchidan ortiqcha harakat talab qilinmaydi. Shundan so'ng, ma`lumotlar yagona iCity serveriga yuboriladi. Buning ortidan shahardagi avtomobil to'xtash joylaridagi bo'sh o'rinlar xaritasi yangilanadi. Parkfinder ayni shu xarita asosida ishlaydi.

Mazkur ilova foydalanuvchilari bo'sh joylarni aniqlashlari, bunda narxi va manzil bilan masofasiga e`tibor berishlari mumkin bo'ladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031