Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Hyundai Las-Vegas ko'chalarida haydovchisiz gibrid modellarini sinovdan o'tkazadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 39           Дата: 17-11-2016, 19:10          
Hyundai Las-Vegas ko'chalarida haydovchisiz gibrid modellarini sinovdan o'tkazadi

Hyundai kompaniyasi 2017 yil boshida Las-Vegasda ochiladigan iste`molchilik elektronikasi ko'rgazmasi CES’da avtonom boshqaruv tizimiga ega Ioniq gibridi prototipini taqdim qiladi. Ko'rgazma vaqtida ikkita haydovchisiz mashina Las-Vegas-Strip xiyoboni bo'ylab avtomatik rejimda harakatlanadi.

Avtomobil boshqa mashinalar va to'siqlargacha masofani aniq bilish uchun mo'ljallangan LiDAR optik uzoqni o'lchagichi hamda yo'lovchilar, yo'ldagi chiziqlar, belgilar va svetofor signallari ortidan kuzatuvchi uchta videokamera tizimi bilan jihozlangan.

Hyundai Las-Vegas ko'chalarida haydovchisiz gibrid modellarini sinovdan o'tkazadi
Foto: motor.ru

Bundan tashqari, mashina fazoda GPS-qabul qilgich yordamida mo'ljal oladi. Bu qabul qilgichdan olingan ma`lumotlar atrof hududning yuqori detallashtirilgan xaritasi bilan taqqoslanadi.

Kompaniyada ta`kidlanishicha, Ioniq harakat vaqtida "yo'ldagi do'ngliklar, ta`mirlash ishlari, bolalar ta`lim muassasalari joylashgan hududlar, yo'lovchilar va tutqichi bo'lmagan itlar haqidagi ma`lumotlarni hisobga olishga qodir.

Hyundai Las-Vegas ko'chalarida haydovchisiz gibrid modellarini sinovdan o'tkazadi
Foto: motor.ru

Kompaniya haydovchisiz mashinalar uchun o'zining shaxsiy operatsion tizimini yaratmoqda. Bu tizim "sun`iy ong tomonidan iste`mol qilinadigan energiya darajasini ancha kamaytirishga qodir". Bu esa qurilma narxini ancha kamaytirishi kerak va kelajakda avtonom boshqaruv tizimlarini o'rta narx segmentidagi avtomobillarga o'rnatish imkonini beradi.

Hyundai Ioniq mashinasi 2016 yil boshida ilk bor namoyish qilingan. Modelning gibrid kuch qurilmasi tarkibiga 105 ot kuchli, 1,6 litr hajmga ega benzin dvigatel hamda 43,5 ot kuchli elektromotor, litiy-polimer akkumulyatorlar to'plami va olti pog'onali, ikki ilashishli "robotlashtirilgan" uzatmalar qutisi kiradi.

Hyundai Las-Vegas ko'chalarida haydovchisiz gibrid modellarini sinovdan o'tkazadi
Foto: motor.ru

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031