Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Lockheed Martin Mitsubishi kompaniyasiga ko'rinmas samolyotlar ishlab chiqishni taklif qilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 85           Дата: 15-10-2016, 11:15          
Lockheed Martin Mitsubishi kompaniyasiga ko'rinmas samolyotlar ishlab chiqishni taklif qilmoqda

Amerikaning Lockheed Martin kompaniyasi Yaponiyaning Mitsubishi Heavy Industries kompaniyasiga ko'rinmas qiruvchi samolyotlarni ishlab chiqish bo'yicha hamkorlikni taklif etmoqda. Bu haqda, Amerika harbiy konserni rahbari Merilin Xyuson Nikkei gazetasiga bergan intervyusida ma`lum qilgan.

"Biz ularga avgust oyida yuborgan so'rovlariga muvofiq, loyihaga oid axborotlarni taqdim etdik", - degan Xyuson. Uning so'zlariga ko'ra, Lockheed Martin konserni ham Mitsubishi Heavy Industries kompaniyasiga ko'pmaqsadli beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlari uchun "butlovchi va ehtiyot qismlari Yetkazib berish bo'g'ini" sifatida qaramoqda.

"Yaponiyaning aerokosmik sanoati katta salohiyatga ega. Biz har tomonlama hamkorlikka tayyormiz", - deya qo'shimcha qilgan Xyuson.

Ayni vaqtda, Yaponiya mudofaa vazirligi eskirib qolgan F-4 qiruvchilari va F-2 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlarni almashtirishni rejalashtirmoqda. Bu samolyotlar aynan Mitsubishi Heavy Industries va Lockheed Martin hamkorligida ishlab chiqilgan. Yaponiya mudofaa kuchlari tarkibida 130 dona shunday samolyot bor.

Ushbu jangovar havo kemalarini Yaponiyaning radarlarga kam ko'rinuvchi Advanced Technology Demonstrator X texnologiyasiga ega mahalliy samolyotlar bilan almashtirish rejalashtirilgan.

Biroq, ularni foydalanishga topshirish 10 yillar vaqt talab qilishi aytilmoqda. Bu jarayonni tezlashtirish va xarajatlarni qisqartirish maqsadida Mitsubishi Heavy Industries loyihaga xorijiy kompaniyalar, jumladan Lockheed Martin konsernini ham jalb etishi mumkin. Bu boradagi yakuniy qaror 2018 yilda qabul qilinadi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031