Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

HUAWEI o'tgan oy va IKT haftaligiga yakun yasadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 100           Дата: 11-10-2016, 19:59          
HUAWEI o'tgan oy va IKT haftaligiga yakun yasadi

YaNGIChA QARASh. YaNGI TeHNOLOGIYaLAR. INNOVATsION LOYIHALAR.

O'tgan oy mamlakatning ahborot va kommunikatsiyalar sohasida voqealarga boy tarzda o'tdi. Ulardan asosiylaridan biri ahborot va kommunikatsiya tehnologiyalarining ICTWEEK 2016 haftaligi bo'ldi. Huawei kompaniyasi mazkur maydonchaning ahamiyatini inobatga olgan holda, bu yil shunchaki ishtirok bilan cheklanib qolmaslikka qaror qilib, Haftalikning muhim tadbirlari homiysiga aylandi..

HAINA LOYIHASI – KADRLANNI TAYYoRLAShDA YaNGIChA YoNDOShUV
Ahborot va kommunikatsiya tehnologiyalarining ICTWEEK 2016 haftaligi 19 sentyabrda ish boshladi. Uning ochilishi kuni Huawei kompaniyasi o'zinining HAINA yangi ilmiy-ta`lim loyihasi – Huawei ahborot va tarmoq tehnologiyalari avtorlashgan akademiyasini ishga tushirganini e`lon qildi. Akademiya Toshkent ahborot tehnologiyalari universitetida ish olib boradi. U kelgusida O'zbekistonning ITK va telekommunikatsiyalar sohasida yuqori malakali mutahassislarni tayyorlash bazasiga aylanadi. Ushbu loyiha Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib ishga tushirildi va shunisi bilan ahamiyatliki, Toshkent ahborot tehnologiyalar universiteti qoshida ahborot tehnologiyalari sohasida kadrlarin sertifikatsiyalash Markazi yaratiladi. Akademiya IKT sanoati va ushbu yo'nalishda ishlash va o'sishni istagan umidli mutahassis yoshlar o'rtasida o'ziga hos ko'prik vazifasini o'taydi. Loyiha quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi: a) mamlakatning eng yahshi oli o'quv yurtlari bilan hamkorlik qilish; b) IKT sohasidagi iqtidorlik mutahassislarni hamkorlikda rivojlantirish; v) IKT sanoatini ilgari surish; g) iqtidorli va iste`dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash.
- Ushbu memorandumni imzolar ekanmiz, biz O'zbekistonning 25 yilligiga Akademiyani tayyorlash va uni universitet boshqaruviga berishni maqsad qilgan edik. Biz va`damizning ustidan chiqqanimiz hamda IKT va telekommunikatsiyalar yo'nalishida interaktiv dasrlarni o'tkazish uchun “aqlli” sinfhonani yaratganimizdan juda fahrdaman. Huawei ahborot va tarmoq tehnologiyalari avtorlashgan akademiyasi (HAINA) beg'araz sheriklik dasturi bo'lib, yosh mutahassislar uchun Huawei sertifikatlangan kurslarini tashkil etishda universitetlar va kasb-hunar kollejlarini qo'llab-quvvatlaydi - dedi Huawei ning O'zbekistondagi bosh direktori Van Pen.

ICTSUMMIT 2016 – INNOVATsIYa G'OYaLARI UChUN MAYDONChA
Yuqorida ta`kidlaganimizdek, Huawei kompaniyasi ICTWEEK ishtirokchisi bo'lish bilan birga, Haftalik doirasida bo'lib o'tgan bir qator tadbirlarning homiysiga aylandi, tashkilotchilar bilan hamkorlik qildi. Ulardan biri 20 sentyabrda halqaro biznes markazida o'tkazilgan ICTSUMMIT 2016 tadbiri bo'ldi. Tadbir jamoatchilikni ahborot kommunikatsiyalari bozoridagi yangliklar bilan tanishtirish, keng polosali tehnologiyalar mavzusini rivojlantirish, horijiy ekspertlarning IKT sanoatida tajriba almashishiga qaratilgan.
– Huawei kompaniyasi O'zbekistonda 16 yildan buyon ishlab kelar ekan, mamlakatdagi telekommunitsiya va ahborot tehnologiyalarining rivojlanishiga o'z hissasini qo'shmoqda. Bugungi kunda kompaniyamiz O'zbekistonda nafaqat mobil operatorlari uchun samarali va sifatli baza stantsiyalarini, balki internet sanoatining rivojlanishiga yordam berayotgan yangi avlod smartfonlarini ham taqdim etmoqda. Biz zamon bilan hamnafas holda odimlamoqdamiz, chunki bozorni rivojlantirmay turib top-kompaniya darajasigacha o'sish mumkin emas. Shuning uchun ushbu tadbirning homiysi sifatida bozorning barcha ishtirokchilarini O'zbekiston yuqori tehnologiyali loyihalar mamlakatiga aylanishi uchun yangi g'oyalar, investitsion loyihalar va innovatsion tehnologiyalari bilan o'z hissalarini qo'shishga chaqiraman, - deya ushbu tadbirga izoh berdi O'zbekistondagi Huawei kompaniyasining jamoatchilik va davlat idoralari bilan ishlash departamenti direktori Davron Azizov.

ICT EXPO 2016 DA HUAWEI STeNDIGA ENG KO'P ODAM TAShRIF BUYuRDI
ICT EXPO -2016 ko'rgazmasi Haftalikning eng muhim tadbirlaridan biridir. Unda ishtirok etishga Kompaniya har galgidek yorqin va kreativ tarzda yondoshdi. Stendning o'ziga hos jihati kompaniyaning inqilob yaratgan flagmani - Huawei P9 smartfoni bo'ldi. Unga “dunyoning yangi mo'`jizasi” deb ta`rif berishdi. Huawei P9 bu quvvatli, o'ta yupqa, sakkiz yadroli innovatsion smartfondir. Huawei P9 nafaqat hayratlanarli tashqi ko'rinishga, balki kreativ foydalanuvchilar uchun a`lo hususiyatlarga ham ega. Kameraning yangi funktsiyalariga past yoritish sharoitlarida tasvirga olish, nur bilan chizma, sifatli selfi hamda 13MP va 8 MP sensorlar bilan birga masofadan turib tasvirga olish ham kirib, ular smartfonni ijod uchun noyob vositaga aylantiradi. Shuningdek, Huawei kompaniyasi tashrif buyuruvchilarning e`tiboriga bir qator tehnologik loyihalarni, P va Mate turkumidagi yuqori sifatli smartfonlarni ham havola qildi. Yangi loyihalar ham diqqat markazida bo'lib, ularning muhim sohalarda tadbiq etilishi ahborot almashish sifatini va zahiralarni boshqarish samaradorligini yahshilash imkoniyatini beradi. Ushbu ilg'or loyihalarning namoyishi hamda taniqli shahslarning ishtirokidagi ko'psonli va yorqin taqdimotlar evaziga Huawei stendi eng ko'p tashrif buyurilgan stend, deb e`tirof etildi. Bu tashkilotchilar tomonidan tadbir yakunlari bo'yicha ham ta`kidlandi.
- Kompaniyamiz O'zbekiston bozori uchun har yili o'zi ishlab chiqargan eng ilg'or tehnologiyalarni taqdim etib kelmoqda. Asosiy maqsad mamlakatimiz aholisiga mahsulotlarimizning innovatsiyaviyligi va ochiqligini ko'rsatishdir. Bu yil O'zbekiston Milliy boks federatsiyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolanganidan hursandmiz. Endi chempionlarimiz o'z g'alabalari bilar birga Huawei brendini ham namoyish etishadi. Bundan tashqari, afsonaviy va eng mashhur FIFA referisi Ravshan Ermatov kompaniyaning rasmiy qiyofasi aylandi. Bu biz uchun katta sharafdir, - deya ta`kidladi Huawei ning O'zbekistondagi bosh direktori janob Van Pen.

BULUT BARChAGA YeTADI. «HUAWEI» KOMPANIYaSI BULUTLI TeHNOLOGIYaLARNING INNOVATsIYa MARKAZINI IShGA TUShIRDI
23 sentyabrda poyhatimizda «Huawei Tech Investment Tashkent» kompaniyasi mijozlar va hamkorlar uchun bulutli tehnologiyalarning innovatsion Markazini ochdi. "Huawei CSIC - Client Solution Innovation & Integration Experience Center" deb nomlangan Markaz Markaziy Osiyoda o'ziga hos yagonadir.
Uning maqsadi global hamkorlar bilan birgalikda biznesni olib borish uchun bulutli platformani yaratishdan iborat bo'lib, unda Huawei lokal yahlit tarmoqlarning yangi avlodini yaratish va hizmat ko'rsatish sohasida o'z tajribasi bilan almashadi. IKT sohasi talablaridan kelib chiqqan holda, kompaniya IKT sohasidagi so'nggi mahsulotlar va loyihalarni namoyish etadigan «shou-rum»ni yaratdi.
- Ta`kidlashni istardimki, bulutli tehnologiyalar markazining ochilishi ahborot va kommunikatsiya tehnologiyalarining ICT WEEK Uzbekistan 2016 Haftaligi yopilishiga bag'ishlandi va kompaniyamiz tomonidan Haftalik doirasida tashkil etilgan yorqin voqealardan biri bo'ldi. O'zbekistonda 16 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat olib borayotgan va Hitoyning ahborot va kommunikatsiya tehnologiyalari sohasida eng yirik kompaniyalaridan biri bo'lgan Huawei O'zbekistonda IKTning rivojlanishiga o'z hissasini qo'shmoqda, - deya ta`kidladi Huawei kompaniyasining O'zbekistondagi bosh direktori o'rinbosari janob Genri Ming.

Yuqori tehnologiyali markaz 190 kvadrat metr maydonda joylashgan bo'lib, “Aqlli uy", "Butunjahon foylanish loyihasi Giga", "Raqamli operatsion transformatsiya", "Bulutli transformatsiya", "IKT sohasidagi korporativ loyihalar" va "Virtual reallik" kabi bir nechta ko'rgazma stendlarini o'z ichiga olgan.

Reklama huquqi asosida.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн