Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Skype'ning tarjimon funktsiyasi katalogiga rus tili qo'shildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 83           Дата: 11-10-2016, 13:30          
Skype'ning tarjimon funktsiyasi katalogiga rus tili qo'shildi

Skype videoaloqa servisi Skype Translator (real vaqt rejimida habarlar va qo'ng'iroqlarni sinhron tarjima qilish funktsiyasi) katalogiga rus tilini qo'shdi. Bu haqida Microsoft kompaniyasining saytida ma`lum qilingan.

Rus tili Skype Translator'dagi to'qqizinchi til bo'ldi. Tizim bundan tashqari ingliz, ispan, hitoy, ital'yan, frantsuz, portugal, nemis va arab tillaridan sinhron tarjimalarni amalga oshiradi. Tezkor habarlar almashinuvida tarjimon 50dan ortiq tildagi yozishmalarni tarjima qiladi.

"Rus tili - eng talabgor, murakkab va she`riy tillardan biri. Skype tarjimoni sharofati bilan butun dunyodagi millionlab rus tilida so'zlashuvchi kishilar boshqa mamlakatlar aholisi bilan suhbatlashish davomida qiyinchilikka duch kelmasdan, o'z ona tillarida muloqot qilishlari uchun imkon yaratildi", - deydi Microsoft'ning Rossiyadagi tehnologiya siyosati departamenti direktori Dmitriy Halin.

Videoqo'ng'iroqlarning sinhron tarjimasi Windows 7 va undan keyingi operatsion tizimdagi komp'yuterlardan amalga oshiriladi. Skype Translator Windows uchun Skype standart desktop ilovasiga integratsiyalashgan.

Windows 10 Anniversary Update bazasidagi qurilmalar foydalanuvchilari yangi funktsiyani ilovaning "dastlabki versiyasi"da avtomatik ravishda qo'llashlari mumkin bo'ladi. Bundan avvalgi versiyalarni qo'llovchi "mijozlar" muloqot oynasidagi Skype Translator menyusidan ("globus" belgisi ostida) rus tilini topib tanlashlari kerak bo'ladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031