Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston Parij avtosalonida ishtirok etmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 84           Дата: 10-10-2016, 17:14          

Avval habar berganimizdek, shu yilning 1 oktyabridan Paris Expo Porte de Versailles hashamatli ko'rgazmalar markazida Parij halqaro avtosalon o'z ishini boshladi. U, dunyodagi eng ko'p tomoshabin tashrif buyuruvchi avtoko'rgazma hisoblanadi.

123 ming kvadrat metrlik maydonda jahonning PSA, Renault, Audi, BMW, Mercedes-Benz, Hyundai, Porsche, Land Rover, Volkswagen, Skoda, Isuzu Motors kabi kompaniyalari o'zlarining yangi mahsulotlarini tomoshabinlar e`tiboriga havola etgan.

O'zbekiston Parij avtosalonida ishtirok etmoqda

O'zbekiston Parij avtosalonida ishtirok etmoqda

Mutahassislarning fikricha, bu yilgi Parij avtosalonining o'ziga hos jihati elektromobillarning ko'pligida bo'lgan. Tahminlarga ko'ra, bu yilgi avtosalonga 1 milliondan ortiq inson tashrif buyurishi kutilayapti.

Ta`kidlash kerakki, O'zbekiston Respublikasi ham avtomobil' ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirayotgan dunyoning 28 davlati orasida o'z o'rniga ega. Bugungi kunda, mamlakat avtosanoati mahsulotlari jahonning 15dan ortiq davlatiga eksport qilinmoqda.

O'zbekiston Parij avtosalonida ishtirok etmoqda

O'zbekiston Parij avtosalonida ishtirok etmoqda

Dunyodagi ayrim Yetakchi avtomobil' ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning «Jahon» ahborot agentligiga bergan interv'yusida O'zbekistonda bu sohaning rivojlanish sur`atlariga yuqori baho bergan.

Hususan, Isuzu Motors kompaniyasining Yevropa mamlakatlari bo'ylab vakilligi rahbari Toru Makinushi, Parij avtosalonida ishtirok etayotgan o'zbekistonliklarni olqishlagan va O'zbekiston ahlini Respublika mustaqilligining 25-yilligi bilan qutlagan.

O'zbekiston Parij avtosalonida ishtirok etmoqda

O'zbekiston Parij avtosalonida ishtirok etmoqda

Uning so'zlariga ko'ra, bu yil Isuzu Motors kompaniyasi ham o'zining yubiley sanasini nishonlamoqda. 2016 yilda kompaniya asos solinganiga 100 yil bo'ladi. Makinushi O'zbekiston bilan hamkorlik qilishning ajoyib tajribaga ega ekanini qayd etar ekan, o'zbek iste`molchilarining Isuzu Motors kompaniyasi mahsulotlarini tanlayotganiga tashakkur bildirgan.

O'z navbatida Opel avtokontsernining Yevropa mamlakatlarida kommunikatsiyalar bo'yicha direktori Jo-Filipp Kempe Parij avtosalonida ishtirok etayotgan o'zbekistonliklarni olqishlab, garchi respublika avtomobil' ishlab chiqaruvchi mamlakatlar safiga qo'shilganiga unchalik ham ko'p bo'lmaganiga qaramay, bu sohada katta muvaffaqiyatlar qozonganini ta`kidlagan.

O'zbekiston Parij avtosalonida ishtirok etmoqda

O'zbekiston Parij avtosalonida ishtirok etmoqda

Suratlar: 1news.uz

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн