Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bentley yurishi: dunyodagi eng qimmat avtomobil' qanday ishlab chiqariladi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 107           Дата: 7-10-2016, 22:40          
Bentley yurishi: dunyodagi eng qimmat avtomobil' qanday ishlab chiqariladi?

Dunyoda turli hil ko'rinishda, turli hil avtomobillar ishlab chiqariladi. Yo'ltanlamas, kupe, hetchbek, sedan...arzoni, qimmati, dabdabalisi...Bu ro'yhatni davom ettirish mumkin. Biroq, bugungi kunda lyuks toifasidagi avtomobillar orasida Bentli belgisi ko'pchilikka yahshi tanish bo'lib ulgurdi. U so'nggi yillarda, o'z toifasida eng ko'p sotilayotgan avtomobillar ro'yhatiga Yetakchilik qilayapti.

Ho'sh, ushbu avtomobillar qanday ishlab chiqariladi? Motor.ru sayti hodimlari ushbu transport vositasi ishlab chiqariladigan zavodda bo'lib, ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishib, tafsilotlari bilan o'rtoqlashishdi.

Bentley zavodi Buyuk Britaniyaning Kryu shaharchasi yaqinidagi bir paytlar kartoshka ekiladigan dalaga barpo etilgan. Joy tanlashda yirik shaharlardan uzoq bo'lishiga, ammo avtomobil' va temir yo'llar infratuzilmasi rivojlanganligiga e`tibor qaratilgan. Dastlab zavodni Rolls-Royce kompaniyasining aviatsiya dvigatellarini ishlab chiqarish maqsadida qurishgan. Qurilish ishlari boshlanganidan atigi 5 oy o'tgach, uning tsehidan birinchi 12 tsilindrli Merlin dvigateli ishlab chiqildi.

Bentley yurishi: dunyodagi eng qimmat avtomobil' qanday ishlab chiqariladi?

Ayish joizki, hozir ham Kryu zavodi 12 tsilindrli motorlar ishlab chiqaruvchi dunyodagi oz sonli sanoat quvvatlaridan biridir. Biroq, bu dvigatellar samolyotlar uchun emas, balki avtomobillar uchun. Ularning shaklida ham birmuncha o'zgarishlar yuz bergan. V shaklli motorlar o'rniga W shakllisi ishlab chiqarilmoqda. Agar siz bu motor Fol'ksvagenniki desangiz, zavoddagilarning barchasidan uzr so'rashingizga to'g'ri kelishi aniq. Hatto, Audi va VW uchun ushbu turdagi motorlar shu Yerdan Yetkazib beriladi. Faqat, nemislar uchun chiqarilgan atmosferali W12, Bentley mashinasida ikkita turbinaga ham ega bo'ladi.

Bentley yurishi: dunyodagi eng qimmat avtomobil' qanday ishlab chiqariladi?

Bentley yurishi: dunyodagi eng qimmat avtomobil' qanday ishlab chiqariladi?

Bir qarashda, Kryudagi Bentley korhonasi odatdagi avtomobil' zavodi. Biroq, bu Yerda juda qimmat mashinalar ishlab chiqariladi. Zavod ichidagi yog'och va charmga ishlov berish tsehlarida bu ayniqsa ko'zga tashlanadi. Bu Yerda har bir jarayon o'nlab, yuzlab bosqichdan o'tadi.

Masalan, charm tanlashni olaylik. Agar unda har qanday jiddiy nuqson bo'lsa, uni hatto orqa o'rindiqning pastki qismida ham foydalanishmaydi, aksincha tashlab yuborishadi. Agar nuqson unchalik sezilarli bo'lmasa, asqatib qolishi mumkin. Har doim haydovchi ko'zi o'ngida bo'ladigan panellarga jilo berishda charm albatta eng yuqori talabga javob berishi kerak. Bunda eng murakkab jarayon, salon tomiga munosib va Yetarli sifatdagi charmni tanlashdir.

Bentley yurishi: dunyodagi eng qimmat avtomobil' qanday ishlab chiqariladi?

Rul chambaragini tikish ham mashaqqatli ishlardan biri. Tayyorlangan charm stapelga mahkamlanib, charm ignalar uchun mahsus teshib chiqiladi, so'ngra rangli ipda qo'lda tikib chiqiladi. Charmdagi teshikdan ip Yengil o'tishi uchun tirqishlar oshhona sanchqisi yordamida hosil qilinadi.

Bentley yurishi: dunyodagi eng qimmat avtomobil' qanday ishlab chiqariladi?

Charmni tanlash jarayonining o'zi ham to'liq qo'lda bajariladigan ishdir. Yahshi yoritilgan panelga osilgan charmdagi nuqsonlar boshqa rangli bo'rda belgilab chiqiladi. Shundan so'ng, uni komp'yuterlashgan jarayon yordamida kesib chiqiladi. Bunda komp'yuter charmni necha qismga va qanday usulda kesish kerakligini aniqlab, ekranga tavsiya chizmasini chiqaradi. Qayd etish kerakki, charmni yopishtirishda qo'llaniladigan oddiy dazmol singari barcha tehnologik jarayon Rolls-Royce zavodida ham huddi shundaydir.

Yog'ochlarga ishlov berish tsehida charm bo'limidan ham ko'ra ish ko'p. Har bir avtomobil' uchun detal' o'ziga hos tayyorlanadi. Bu Yerdagilar, ustalarning tahta izlarini tanlab, kesib, qatlamni Yelimlab, silliqlab, to'g'rilashi hamda pishirishgacha bo'lgan barcha bosqich hususida soatlab gapirishlari mumkin.

Ammo, albatta, zavoddagi barcha ishlar ham faqat qo'lda bajarilmaydi. Ularning aksariyati mehanizatsiyalashgan va robotlar hamda stanoklar yordamida amalga oshiriladi. Faqatgina noziklik va did talab qilinadigan holatlarda qo'l mehnatiga suyaniladi.

Bentley yurishi: dunyodagi eng qimmat avtomobil' qanday ishlab chiqariladi?

Hususan, boshqa zavodlarda bo'lgani kabi bu Yerda ham kuzov dastlab payvandlanadi. Shundan so'ng, u yig'uv tsehiga o'tadi hamda haridor talab va istagidan kelib chiqqan holda zaruriy jihozlardan so'ng, platformaga o'rnatiladi va motor joylanadi. Nihoyat, shu qator so'nggida sizni yana bitta yangi Bentley kutib turadi. Aniqrog'i, zavod ishchilari uchun shunday. Ammo, boshqalar, haridorlar uchun avtomobil' ishlab chiqarishning ajoyib mahsuli.

Bentley yurishi: dunyodagi eng qimmat avtomobil' qanday ishlab chiqariladi?

Hozirda, Bentley o'z hududini kengaytirish uchun katta kuch sarflamoqda. Ular, lyuks toifasidagi avtomobillar savdosida birinchi o'ringa ko'tarilishdi. Ularning mahsulotlariga Hitoydan tashqari, Yaponiya va Janubiy Koreyada ham talab yuqori bo'lmoqda. Ayniqsa, Bentayga modeliga bo'lgan talab shunchalik ko'payganki, zavod rahbariyati ishlab chiqarishni naqadar oshirish hususida qaror qabul qilish borasida qiynalmoqda. Shuningdek, muhandis-dizaynerlik kolleji barpo etilayapti. Bentley o'zi kirib borgan 53ta bozorni kengaytirib, o'z mahsulotlari sotiladigan mamlakatlar sonini 70tagacha chiqarishni rejalashtirayapti. Shunday ekan, bu lyuks yurishi bo'lmasa, unda nima?

Bentley yurishi: dunyodagi eng qimmat avtomobil' qanday ishlab chiqariladi?

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн