Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

LG uyingizda salomatlikni muhofaza qilish va havo haroratini me`yorida ushlashni biladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 78           Дата: 7-10-2016, 10:39          
LG uyingizda salomatlikni muhofaza qilish va havo haroratini me`yorida ushlashni biladi

Agar honadoningiz yoki idorangizda konditsioner o'rnatilmagan yohud eskisini almashtirish vaqti kelgan bo'lsa, LG tomonidan ishlab chiqilgan Inverter MegaHit yoki Art Cool Gallery ho'jalik sovutgichlarini harid qilishni o'ylab ko'rish vaqti kelibdi. Chunki, ular nafaqat havoni sovuta oladi, balki salqin kuz kunlarida hona haroratini iliqlashtiradi. Shu bilan birga, ularni ayni mavsumda harid qilish bahor yoki yoz oylarida sotib olishdan arzonroq tushadi.

Shubhasizki, Inverter MegaHit va ArtCool Gallery modelidagi sovutgichlar honangizda oddiy isitgichlarga qaraganda ancha yoqimli iliq iqlimni hosil qiladi. Bundan tashqari, Inverter MegaHit va ArtCool Gallery havo oqimini honada bir hil taqsimlash barobarida elektr energiyasini boshqa turdosh vositalarga qaraganda bir necha marta kam iste`mol qiladi. LG sovutgichlarining kompressori, bevosita ulanish tehnologiyasi sababli elektr quvvatini 60 foizgacha tejay oladi. Bu hali hammasi emas, LG kompaniyasi Inverter V kompressoriga 10 kafolat ham beradi.

Inverter MegaHit va ArtCool Gallery sovutgichlari honada siz uchun qulay va zarur haroratni saqlab turish bilan birga, honadagi havoni tozalab, ionlashtiradi. Yoqimsiz hidlarni yo'qotadi. Bularning bari, agar siz yaqinlaringiz salomatligi haqida qayg'ursangiz, bugungi kunda shahrimiz aholisi uchun dolzarb masalalardan biri ekanini yahshi tushunasiz.

Mazkur sovutgichlar ko'p bosqichli tozalash tizimi bilan jihozlangan. Uning fil'trlash, hidlarni yo'qotish va o'zini tozalash hususiyatlariga ega bo'lgani ham foydalanuvchi uchun ancha qulaylik yaratadi. Sovutgich mustaqil ravishda to'planib qolgan kondensatdan qutiladi. Yangi avlod MegaHit sovutgichida PLASMASTER IONIZER PLUS havoni ionlashtiruvchi qurilma o'rnatilgan. U hona havosini kislorodga boyintiradi va optimal mikroiqlimni yaratishga yordam beradi. Issiqalmashtirgichni avtomatik tozalash funktsiyasi sovutgich ishlab bo'lgach, uning ustki qismini quritish imkonini beradi. Mazkur funktsiyasi yo'q oddiy sovutgichlarda, ular o'chirilgach, issiqalmashtirgichda namlik saqlanib qoladi va bu bakteriyalar hamda yoqimsiz hidlarning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. 3M fil'tri o'z navbatida, honadagi mikroblar, allergenlar va boshqa zararli moddalarni yo'qotadi. Havo nafaqat huzurbahsh, balki maksimal darajada tozalangani bois, yosh bolali va allergik kishilar bor oilalar uchun ayni muddaodir.

LG uyingizda salomatlikni muhofaza qilish va havo haroratini me`yorida ushlashni biladi

Aksariyat haridorlar sovutgichni tanlashda uning shovqin chiqarish daajasiga ham e`tibor qaratishadi. Bu borada ham siz LG kompaniyasi mahsulotini tanlab adashmaysiz. LG sovutgichlari halovatingizni buzmasligiga kafolat beramiz. Sovutgichlar kompressori aylanishning davriy tezlik o'zgaruvchanligi bilan shovqinni 19 Dbgacha pasaytiradi. LG sovutgichlarining deyarli ovozsiz ishlashi, ularni mehmonhona va hatto yotoqhonaga ham o'rnatishga imkon beradi.

Inverter MegaHit va ArtCool Gallery sovutgichlarining asosiy tehnik hususiyatlari o'hshash bo'lsa-da, tashqi ko'rinishi va dizayni borasida bunday deb bo'lmaydi. Agar klassik shakldagi LG Inverter MegaHit ko'pchilikning didiga mos kelib, har qanday honaga o'rnatish mumkin bo'lsa, yangi va dizaynida inqilob yasagan ArtCool Gallery Inverter siz uchun haqiqiy kashfiyot bo'ladi. Bu modelning o'ziga hos original Yechimi shundan iboratki, uning old panelidagi tasvirlarni o'zgartirish imkoniyatidir. Uni siz hohishingizga ko'ra o'zgartira olasiz. Bunda, portretingiz, oilaviy fotosurat yoki shunchaki sevimli kartinani joylashtirsangiz bo'ladi. ArtCool Gallery Inverter – bilan siz faqat sovutgich harid qilmaysiz. U haqiqiy san`at asaridir.

Reklama huquqi asosida

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн