Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

AQShda samolyot "tuzatilgan" Galaxy Note 7 yongani sababli evakuatsiya qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 172           Дата: 5-10-2016, 23:23          
AQShda samolyot "tuzatilgan" Galaxy Note 7 yongani sababli evakuatsiya qilindi

Southwest Airlines aviakompaniyasining AQShning Luisvill shahridan Baltimorga uchishi kerak bo'lgan 944-reysi parvoz oldidan Galaxy Note 7 yonib ketgani sababli evakuatsiya qilindi. Qurilma havfsiz deb belgilangan yangi smartfonlar partiyasiga tegishli bo'lgan. Bu haqda The Verge nashri habar bermoqda.

Voqea 5 oktyabrda mahalliy vaqt bilan ertalab yuz bergan. Brayan Grin ismli amerikalik o'zining Galaxy Note 7 smartfonini parvoz oldidan o'chirib, cho'ntagiga solib qo'ygan. Shu payt smartfon tutunlanishni boshlagan.

Smartfon egasi uni cho'ntagidan olib, darhol polga uloqtirgan. Bu orada tutun kulrang-yashil rangga kira boshlagan. Samolyot ekipaji va yo'lovchilar darhol evakuatsiya qilingan. Qimmatbaho narsalarni olish uchun samolyotga qaytgan guvohlarning aytishicha, smartfon yonib, gilam qoplamani teshib yuborgan.

Amerikalikning aytishicha, qurilma 80 foizga quvvatlangan bo'lgan va u smartfonni harid qilgandan keyin uni quvvatlash uchun faqatgina rasmiy simsiz quvvatlagichdan foydalanib kelgan.

AQShda samolyot "tuzatilgan" Galaxy Note 7 yongani sababli evakuatsiya qilindi

Smartfon egasining aytishicha, u qurilmani 21 sentyabrda AT&T operatori do'konidan sotib olgan. Smartfon qutisida qora kvadrat belgisi bo'lgan. Bu belgi smartfon alangalanishga tekshirilgani va havfsiz ekanligini bildiradi. Kompaniya aynan shunday smartfonlarni ularning alangalanishi bilan bog'liq mojarodan keyin sota boshlagan hamda birinchi partiyadan sotib olingan smartfonlar o'rniga bergan.

Samsung hozircha bu holatga izoh bermagan, biroq qurilma Luisvill o't o'chirish departamentiga tergov uchun berilgan. Grinning aytishicha, u endi iPhone 7’dan foydalanmoqda.

Reys bekor qilingan, yo'lovchilar esa boshqa samolyotlarga joylashtirilgan.

Samsung akkumulyatorlar portlashi sababli millionlab Note 7’larni qaytarib olgach, qurilmaning bu kamchilikdan tuzatilgan versiyasini Janubiy Koreyada sota boshlagan. Bir kunda u Yerda 21 mingtaga yaqin "tuzatilgan" Note 7 sotilgan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Новости партнеров

Календарь новостей

«    Январь 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031