Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Odnoklassniki”da sahifalar paydo bo'ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 101           Дата: 5-10-2016, 13:53          
“Odnoklassniki”da sahifalar paydo bo'ldi

“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog'i uzoq kutilgan o'zgirishlarni amalga oshirdi. Biznes uchun guruhlar o'rniga barcha foydalanuvchilar uchun ochiq ko'rinishdagi sahifalar paydo bo'ldi. Sahifalarga ma`lumotlarni ma`muriyat tayyorlaydi va joylashtiradi, obunachilar esa ularni muhokama qilishda qatnashishlari mumkin.

Quyida sahifalarning qisqacha tarifi:

Jamoat sahifasi: misol uchun ma`lum mavzulardagi yangiliklar yoki maqolalarni tez-tez chop etish uchun ayni muddaodir. Tashkilot yoki kompaniya: biznes yoki brendning o'z mijozlari bilan aloqa o'rnatishi uchun yoki notijorat tashkilotlarning internetdagi vakolathonasi uchun as qotadi. Korhona, idora, joy: turli hil muassasalarga va haritadagi joylarga to'g'ri keladi, misol uchun kafelar, bog'lar, muzeylar, stadionlarga. Bu bo'lim aynan san`atkorlar, siyosatchilar va musiqiy guruhlar uchun mo'ljallangan. Ular bu Yerda o'z muhlislari va tarafdorlari bilan muloqot qilishlari mumkin. Qiziqishlar bo'yicha guruhlar o'zgarmadi. Bu Yerda avvalgiday guruhni yopish yoki barcha foydalanuvchilar uchun ko'rinadigan qilib chop etish mumkin.

“Odnoklassniki”da sahifalar paydo bo'ldi

Guruh ma`muriyatiga o'tishga yordam berish uchun “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog'i mavjud guruhlarni ularning sozlanmasiga ko'ra ajratib qo'ygan. Agar guruh ma`muriyati ijtimoiy tarmoq tanlovi to'g'ri emas deb hisoblasa, ularning o'zlari sozlanmalarni yana o'z o'rniga qaytarishlari mumkin.

Agar siz ularni hali ham farqlay olmayotgan bo'lsangiz, “Odnoklassniki”ning mahsus eslatmasiga amal qiling:

1. Sahifalar barcha uchun ochiq, ma`lumotlarni esa faqat ma`muriyat chop eta oladi.
2. Guruhlar uning ishtirokchilari o'zaro muloqot qilishlari uchun mo'ljallangan.

“Odnoklassniki”da sahifalar paydo bo'ldi

Guruh turini faqat siz o'zgartira olasiz, buning uchun mahsus sozlanmalar bor. Uning turini o'zgartirganingizda mahsus habarnoma ko'rsatiladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн