Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Google taqdimoti: VR-dubulg'a, "aqlli" uy va boshqalar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 124           Дата: 5-10-2016, 10:40          
Google taqdimoti: VR-dubulg'a, "aqlli" uy va boshqalar

Google kompaniyasi Pixel smartfonlari anonsidan keyin Daydream - virtual reallik dubulg'asi, Google Wi-Fi routeri, Chromecast Ultra TV-pristavkasi va Google Home'ning final versiyasini taqdim qildi. Bu haqida hi-tech.mail.ru'da ma`lum qilindi.

Daydream

Google taqdimoti: VR-dubulg'a, "aqlli" uy va boshqalar

Google kompaniyasi Daydream platformasi uchun yangi virtual reallik dubulg'asini namoyish qildi. Pixel smartfoni bu VR-tizimni qo'llovchi ilk qurilmaga aylandi. Dubulg'a narhi - tahminan 79 dollar.

Google taqdimoti: VR-dubulg'a, "aqlli" uy va boshqalar

Dubulg'a aksariyat smartfonlar uchun universal hisoblanadi. Virtual reallik interfeysini mahsus pul't orqali boshqarish mumkin bo'ladi.

Chromecast Ultra

Google taqdimoti: VR-dubulg'a, "aqlli" uy va boshqalar

Chromecast TV-pristavkasi yangilandi - uning yangi versiyasida Ultra modeli taqdim qilindi. Yangi model' 4K-videoni qo'llab-quvvatlaydi, u o'zining "o'tmishdosh"idan 1,8 barobar tezroq ishlaydi va Ethernet-ulanishga ega, televizorga HDMI orqali ulanadi. Bahosi - 69 dollar.

Google Wi-Fi

Google taqdimoti: VR-dubulg'a, "aqlli" uy va boshqalar

Kompaniya yangi Google Wi-Fi routerini namoyish qildi. Uni honadon bo'ylab Wi-Fi to'liq qamrab olishi uchun bir necha routerdan iborat mahsus massivda qo'llash mumkin. Bir qurilma qiymati - 129 dollar, uch qurilmadan iborat to'plam narhi esa - 299 dollar.

Google Hub

Google taqdimoti: VR-dubulg'a, "aqlli" uy va boshqalar

Kompaniya honadon uchun "aqlli" qurilmaning final versiyasini namoyish qildi. Hub'ga Google Assistant ovozli assistenti o'rnatildi, u bilan deyarli tirik odamdek muloqot qilish mumkin bo'ladi. Yordamchidan taom retsepti, gapni tarjima qilish, chiroqni yoki musiqani yoqish va boshqa ko'plab narsalarni bemalol so'rayverasiz. Masalan, unga "Hayrli kun" desangiz, u sizga vaqt, ob-havo, yo'llarning tirbandligi haqidagi ma`lumotlarni Yetkazadi. Google Hub buyruq kontekstini inobatga oladi.

Google taqdimoti: VR-dubulg'a, "aqlli" uy va boshqalar

Uyda biryo'la bir necha Google Hub o'rnatish mumkin, shunda istagan honada yordamchi bilan muloqotga kirishaverasiz. U kompaniyaning boshqa qurilmalari va servislari bilan bog'langan, lekin boshqa kompaniyalar ham o'z dasturlarini unga kiritishlari mumkin. Masalan, agar sizda Chromecast bo'lsa, u holda Hub yordamida televizor yoki akustikani boshqarish mumkin bo'ladi - musiqani yoqish, YouTube'da video, fil'mlar, seriallar ko'rish. Bir Google Hub narhi - 129 dollar.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031