Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Parij-2016 avtoko'rgazmasida kutilayotgan yangiliklar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 113           Дата: 30-09-2016, 16:49          
Parij-2016 avtoko'rgazmasida kutilayotgan yangiliklar

Frantsiya poytahti Parij shahrida boshlangan avtomobil' ko'rgazmasi 1-16 oktyabr' kunlari keng ommaga eshiklarini ochadi. Biroq, Moskva avtosalonida bo'lgani kabi ko'pgina ishlab chiqaruvchilar bu Yerda ham ishtirok etmaslikka qaror qilishgan. 2014 yilgi Parij avtosalonining ilk haftasida 1,25 mln kishi Bugatti, BMW, Maserati va Mercedes-Benz kabi kompaniyalarning so'nggi ishlanmalarini ko'rish uchun tashrif buyurgan edi. Bu yilda ham shuncha miqdorda kishi keladigan bo'lsa, ularning hafsalasi pir bo'lishi aniq. Ahir, ijtimoiy tarmoqlar ko'z yumib ochguncha, yangi avtomobillar hususidagi barcha jihatlarini oshkor qilayotgan bugungi kunda, ortiqcha sarf-harajatning nima keragi bor.

Parij-2016 avtoko'rgazmasida kutilayotgan yangiliklar

BMW i8

Yana bir gap, dabdabali avtomobil' harid qilishni istagan haridor nimani tanlashni, qaYerda sotib olishni juda yahshi biladi. Shunga ko'ra, ko'pgina o'ta qimmat mashina ishlab chiqaruvchilar vaqt va mablag'ni ko'proq tejash yo'llarini qidirishmoqda.

Ammo, bu shu hafta dam olish kunlaridan boshlanadigan avtomobillar olamidagi yilning eng yirik voqealaridan birida tomosha qilishga arzigulik biron narsa yo'qligini anglatmaydi. Dastlabki tahminlarga ko'ra, ekologik avtomobillar ko'rgazma mehmonlarida jiddiy qiziqish uyg'otishi mumkin. Ayniqsa elektr krossoverlar ko'pchilikni e`tiborini tortishi kutilayapti.

Jumladan, BMW o'zining to'rt eshikli 3 Series Gran Turismo, yangi elektrli i3, mahsus ishlab chiqilgan i8 Protonic Dark Silver modeli va C Evolution elektr skuterini namoyish etadi. Bundan tashqari, kelasi yildan ishlab chiqarilishi yo'lga qo'yiladigan X2 Concept yo'ltanlamasini ham ko'rish mumkin bo'ladi.

Parij-2016 avtoko'rgazmasida kutilayotgan yangiliklar

Mercedes AMG GTR

Mercedes o'zining ajoyib va agressiv ko'rinishga ega AMG GT R, AMG GLC43 Coupe, GLC350e Coupe, AMG GT va GT C Roadster kabi modellarini olib kelgan. Bundan tashqari, elektromobil' loyihasi ham namoyish etilishi belgilangan.

Daimler kontsernining sho'`ba korhonasi hisoblangan Smart kompaniyasi ForTwo va ForFour elektromabillarini haridorlar hukmiga havola qiladi. Porsche esa Panamera modelining gibrid namunasini taqdim etsa, Audi o'zining 5 Sportback, S5 Sportback, RS TT va Q5 yo'ltanlamasini olib kelgan.

Parij-2016 avtoko'rgazmasida kutilayotgan yangiliklar

BMW i3

Uning yonginasida joylashgan Bentley, Bentayga yo'ltanlamasining yangi dizelli namunasini namoyish etadi. Land Rover yangi avlod Discovery modelini taqdim etsa, tezlik va ekologiya me`yorlarini o'ziga shior qilgan Tesla ham P100D Model X va Model S modellarining Yevropa bozori uchun mahsus namunalarini havola qiladi. Yaponiya avtomobilsozlik sanoati ham bu ko'rgazmada ishtirok etmoqda. Hususan, Lexus UX yo'ltanlamasi loyihasini taqdim etadi.

Lyuks toifasiga kiruvchi mashinalar ishlab chiqaruvchi Ferrari LaFerrari Aperta va GTC4 Lusso modellariga salohiyatli haridorlar e`tiborini tortishga urinib ko'radi.

Parij-2016 avtoko'rgazmasida kutilayotgan yangiliklar

Land Rover Discovery

Biroq, Rolls-Royce, Aston Martin, Maserati, Cadillac, McLaren, Fisker, Genesis, Lamborghini va Bugatti kabi yirik brendlar shouda ishtirok etmaslikka qaror qilishgan. Bundan tashqari, Ford, Mazda va Volvo kabi kompaniyalar ham Parij avtosalonida qatnashish imkoniyatidan foydalanmasliklarini bildirgan.

Parij-2016 avtoko'rgazmasida kutilayotgan yangiliklar

LaFerrari Aperta

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн