Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Google kompaniyasi Android qurilmalariga ilovalarni o'chirish imkoni haqida habar yo'lladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 99           Дата: 30-09-2016, 11:17          
Google kompaniyasi Android qurilmalariga ilovalarni o'chirish imkoni haqida habar yo'lladi

Google kompaniyasi RF Federal aksilmonopoliya hizmati (FAH) qarori ijrosini boshladi - kompaniya Android qurilmalari foydalanuvchilariga Google ilovalarini o'chirish va boshqa ishlab chiqaruvchilarning ilovalarini qo'shish imkoniyati haqidagi habarni yo'llamoqda. RIA "Novosti" bu haqida ma`lum qildi.

"Qurilmangizda o'rnatilgan Google'ning ba`zi ilovalaridan (masalan, Chrome, Gmail yoki Google taqvimi) foydalanishni istamasangiz, siz uni osonlikcha o'chirib tashlashingiz mumkin bo'ladi", - deyiladi habarda.

Habarda Google o'z ilovalarini qanday o'chirish, boshqa ishlab chiqaruvchining ilova va qidiruv vidjYetini o'rnatish hamda qanday qilib raqibning vidjYetini qurilmaning asosiy ekraniga qo'shish mumkinligi haqidagi ma`lumotni qo'shimcha qilgan.

Bundan avval FAH Google'ni raqobat to'g'risidagi qonunni buzganlikda ayblab, qurilma ishlab chiqaruvchilari bilan shartnomasiga to'g'irlash kiritish orqali qonunbuzarlikni bartaraf etishga chaqirgan.

Google'ga qarshi ish "Yandeks" kompaniyasining shikoyatiga ko'ra qo'zg'atilgan. FAH qurilmalarga Google Play bilan birga kompaniyaning boshqa bir qator ilovalarini majburiy yuklash va boshqa kompaniyalar ilovalarini o'rnatishga bo'lgan taqiqni qoidabuzarlik, deb topdi.

Joriy yilning avgust oyida FAH Google kompaniyasiga qonunbuzarlik uchun 438 million rubl' jarima solgan. Google'ning qarorni ijro qilish muddati 29 avgustda tugagan, FAH hizmatni bu haqida habardor qilish uchun 10 kun muhlat bergandi. Kompaniya qaror ijrosi muddatini uzaytirishni so'ragan, biroq FAH bu iltimosni rad etdi. FAHda ta`kidlanishicha, Google'ga qaror ijrosini vaqtida bajarmaganligi uchun 500 ming rublgacha jarima solinishi mumkin.

Google ustidan sud jarayoni davom etmoqda. Kompaniya aksilmonopoliya idorasining qaroridan norozi bo'lib, sudga bir qator da`vo arizalarini topshirgan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн