Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentliklar telefonlarida “MTS” tarmog‘i ko‘rina boshladi

Автор: ELLO Комментариев: 0            Просмотров: 2 440           Дата: 24-09-2014, 13:57          

“Daryo” muxbirlari va o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari xabarlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi mobil aloqa foydalanuvchilari telefonlarida “MTS” tarmog‘i ko‘rina boshladi. Tarmoq qurilmalarda “UZB MTS” nomi bilan paydo bo‘ldi, deya xabar beradi "Daryo" nashri.

“MTS” tarmog‘i paydo bo‘lgani haqidagi xabarlar 24-sentabr kuni paydo bo‘la boshladi. Bu haqda “Potrebitel.uz” guruhi a’zolari ham mamnuniyat bilan xabar berdi.

“Daryo” muxbirlari ushbu ma’lumotni tasdiqladi: Toshkentning Bodomzor va Olmazor mavzelarida nashr muxbirlari telefonlarida ham “MTS” tarmog‘i paydo bo‘ldi. Tarmoq O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ham ko‘rina boshlagani haqida xabar berilmagan.

Ammo tarmoqqa ulanganda qurilmada “No service” (“Aloqa yo‘q”) degan yozuv paydo bo‘lmoqda va qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishning imkoniyati yo‘q. Bu borada kompaniya tarmoqni sinovdan o‘tkazayotgani haqida taxmin qilish mumkin.

Ta’kidlash joiz, bu borada yangi ochilgan Universal Mobile Systems MChJ yoki Qo‘mita tomonidan rasmiy xabar berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi “Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Universal Mobile Systems qo‘shma korxonasini tuzish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qilgan. Qarorda belgilanishicha, UMS’ni tuzish ishlari 15-avgustgacha, uni ro‘yxatga olish ishlari esa 25-sentabrga qadar tugallanishi kutilmoqda. Bundan tashqari, qo‘shma korxona 1-noyabrga qadar texnik, 1-dekabrga qadar tijoriy ekspluatatsiyani amalga oshiradi.

Avvalroq, “MTS” kompaniyasi O‘zbekiston hukumati bilan murosa bitimi imzolagani, O‘zbekistonda yangi qo‘shma korxona tashkil etishi, korxonaning 50,01 foizi “MTS”ga, 49,99 foizi esa O‘zbekiston hukumatiga tegishli bo‘lishi haqida xabar bergan edi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi UMS’ga ilk faoliyatini olib borishi uchun 2,5 million abonent raqami ajratgani, ulardan 1,5 millioni Toshkent aholisi uchun berilgan bo‘lib, qolgan raqamlar O‘zbekiston viloyatlari bo‘yicha taqsimlanganligi 18-sentabr kuni e’lon qilingan edi.




Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн