Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yangi webOS 3.0 platformasida ishlaydigan LG Smart TV bilan televideniYe borasidagi tasavvurlaringizni o'zgartiring

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 90           Дата: 27-09-2016, 10:51          
Yangi webOS 3.0 platformasida ishlaydigan LG Smart TV bilan televideniYe borasidagi tasavvurlaringizni o'zgartiring

Smart TV — «aqlli» televizor; u oddiylaridan shunisi bilan farq qiladiki, Smart TV yordamida komp'yutersiz onlayn fil'mlarni tomosha qilishingiz, Internet olamida sayr qilishingiz va o'yinlar o'ynashingiz mumkin. Bundan tashqari, u flesh kartadagi videofayllar va musiqalarni bemalol o'qiy oladi. Yana bir gap, Smart TV-televizorlari smartfonlar bilan uyg'unlikda ishlay oladi: endi siz smartfoningizdagi video va musiqani katta ekranda ko'rib, tinglashingiz, televizorni masofadan boshqarishingiz mumkin.

Dunyo bo'ylab 1 600 000 nafardan ortiq kishi Smart TV televizorlari sohibi hisoblanadi. Albatta, ahir bu yangi imkoniyatlar va qo'shimcha qulayliklar demakdir. Hollivud blokbasterlari va Yevropa kinosi, sovet klassikasi va zamonaviy mahalliy fil'mlar, mul'tfil'm va teleko'rsatuvlar, seriallar va shou-dasturlar, rok-kontserti va tsirk tomoshalari, yangiliklar va sport olamidagi voqealar — bularning barchasi LG Smart TV ilovalarida mavjud, Siz faqatgina ko'nglingiz nimani istayotganini tanlasangiz bas.

LG televizorlarida Smart TV funktsiyasi uchun o'ta sezgir va tushunarli interfeysga ega progressiv amaliy tizim — webOS javob beradi. Shunga ko'ra, zamonaviy ahborot tehnologiyalari borasida unchalik ham tushunchasi bo'lmagan tomoshabin ham televizorni osongina boshqara oladi. 2016 yilgi LG Smart TV Televizorlari esa, buyruqlarga sezilarli tez javob beradigan, yangilangan interfeys va ayrim yangi funktsiyalarga ega webOS 3.0 platformasida ishlaydi.

WebOS 3.0 televizorni ichki sezgirlik darajasida boshqarish mumkin, navigatsiya hech qachon bu qadar ajoyib bo'lmagan edi! Bugungi kunda webOS Smart TV televizorlari uchun mavjud platformalar orasida eng ko'p funktsiyali dasturiy ta`minot sifatida tan olingan bo'lib, o'ziga hos hususiyatlarni taqdim etadi.

Yangilangan va yahshilangan funktsiyalarga ega WebOS 3.0 ko'pgina TV dasturlari orasida Yengillik bilan faqat o'zingizga yoqqan ko'rsatuvni tanlashga imkon beradi. LG webOS 3.0 dasturining asosiy ustunligi – bu uning qo'llashdagi soddaligi, boshqaruvdagi qulayligidir. LG aqlli televizorlarida mavjud bo'lgan Magic Zoom va Magic Mobile Connection qo'shimcha funktsiyalari – Magic Remote boshqaruv pul'ti kabi foydalanuvchilarning imkoniyatlarini kengaytiradi.

Magic Zoom ekrandagi tasvirlarni uning sifatini saqlagan holda kattalashtirish imkonini beradi. Foydalanuvchilar Magic Mobile Connection yordamida mobil' telefonlarini LG TV Plus ilovasi orqali osonlik bilan LG SMART-televizorlariga ulashlari mumkin. Ekranni masofadan boshqarish funktsiyasi Screen Remote foydalanishda qulay bo'lishi uchun yanada takomillashtirilgan. Magic Remote boshqaruv pul'ti esa Sizning televizoringizning barcha imkoniyatlaridan to'laqonli foydalanish uchun eng qulay vositadir. U, televizorlarni yanada osonroq boshqarishga hizmat qiladigan qo'shimcha nuqtalarga ega. Aytish mumkinki, yangilangan pul't kzp vazifalarni bajara olishi bilan komp'yuter sichqonchasi bilan bemalol raqobatlasha oladi.

Umuman, webOS 3.0 platformasidagi LG SMART TV yana qanday ishlarni bajara oladi?

• Channel Advisor – Sizning ko'p ko'radigan ko'rsatuvlaringiz haqida ma`lumot to'plab, ularga oid ahborotni taqdim etadi.
• Multi-view (mul'ti-tomosha) – ikkita turli manbadagi tomoshani ko'rish imkonini beradi, masalan, bir vaqtning o'zida Blu-ray uskunasidagi fil'mni va teledasturni ko'rish mumkin.
• Music Player ilovasi –webOS 3.0 platformasidagi televizor ekranini o'chirgan holda musiqani ovoz kuchaytirgichlari yordamida eshitsa bo'ladi.
• My Channels (Mening kanallarim) va Live Menu kabilar ularni yanada samarali qilish maqsadida yangilandi.

Shunday qilib, webOS 3.0 negizidagi LG SMART TV yuqori kayfiyatni taqdim etib, og'ir kundan so'ng hotirjam dam olish, sevimli dasturingizni qulay vaqtda tomosha qilish, barcha oila a`zolaringiz uchun qiziqarli bo'lgan teleko'rsatuvni tanlash imkonini beradi!

Reklama huquqi asosida.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн