Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Samsung‘ning har bir Galaxy Note 7 smartfonini rentgendan o'tkazish buyurildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 98           Дата: 24-09-2016, 19:30          
Samsung‘ning har bir Galaxy Note 7 smartfonini rentgendan o'tkazish buyurildi

Janubiy Koreya tartibga soluvchi hizmatlari Samsung kompaniyasiga har bir Galaxy Note 7 smartfonini rentgendan o'tkazish majburiyatini qo'ydi. Janubiy Koreya tehnologiya va standartlar agentligining ta`kidlashicha, bunday chora bozorga havfli bo'lishi mumkin bo'lgan qurilmalar tushishining oldini oladi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Agar Samsung Galaxy Note 7 akkumulyatorini ishlab chiqarish yoki smartfonlarni yig'ishda muammolar yuzaga kelgan bo'lsa, batareyalarning ichidagi yupqa izolyatsiyalovchi plastinalarga katta bosim tushishi mumkin. Shunda akkumulyator quvvatlanishi vaqtida harorati, tizimda kuchlanish oshadi. Oqibatda akkumulyator bo'linmalaridagi izolyatsiya buzilib, aynan shu holat qurilmaning yonishiga olib keladi.

"Bunday holatda rentgen juda samarali bo'lishi mumkin. O'tgan yili mening londonlik hamkasblarim shunga o'hshash tajriba o'tkazishgan. Ular rentgen tomografi yordamida portlash vaqtida litiy-ion akkumulyatorlar ichida nima yuz berishini aniqlashdi. Aynan rentgen ichida po'lat sterjYeni bo'lgan batareyalar eng kam shikastlanishini aniqlagan. Shuning uchun ishlab chiqaruvchi batareyalar bilan haqiqatda muammolarga ega bo'lsa, rentgen tekshiruvi himoyalovchi idish ichida issiqlikni taqsimlash tizimi va issiqlik almashinuvi buzilishiga ega smartfonlarni aniqlashga yordam beradi", deb aytdi fizik Aleksandr Tihonov.

Avvalroq kompaniya muayyan Samsung Galaxy Note 7 smartfoni havfsiz-havfsizmasligini bilishga imkon beradigan dasturni chiqargandi. Agar dastur yashil rangni ko'rsatsa, unda smartfon havf solmaydi.

Kompaniya yangi tekshiruv sababli smartfonlarni chaqirtirib olish dasturi bo'yicha foydalanuvchilar topshirgan smartfonlarni qaytarish muddatini 30 sentyabrgacha uzaytirishga majbur bo'lgan. Kompaniya Janubiy Koreyaning o'zida 400 mingta Samsung Galaxy Note 7 sotgan, ulardan 100 mingtasi qaytarilgan. Tabiiyki, ushbu jarayon qo'shimcha sarf-harajatlarga olib keladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн