Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Hakerlar Yahoo!’ning 500 mln foydalanuvchisi haqidagi ma`lumotlarni o'g'rilashgani ma`lum qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 47           Дата: 23-09-2016, 07:18          
Hakerlar Yahoo!’ning 500 mln foydalanuvchisi haqidagi ma`lumotlarni o'g'rilashgani ma`lum qilindi

Hakerlar Yahoo!’ internet qidiruv tizimining 500 mln foydalanuvchisi haqidagi ma`lumotlarni o'g'rilashgani ma`lum qilindi. Bu haqda kompaniya bergan bayonotda aytilmoqda.

"Yahoo! Inc. tomonidan yaqinda o'tkazilgan tekshiruv foydalanuvchilar akkauntlaridagi ba`zi ma`lumotlar 2014 yil ohirida kompaniya tarmog'idan kompaniya davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanuvchi deb hisoblaydigan kuchlar tomonidan o'g'rilangan", deyilgan habarda.

O'g'rilangan ma`lumotlar foydalanuvchilar ismlari, elektron pochtalari manzillari, telefon raqamlari, tug'ilgan sana, shifrlangan parollar va ba`zi hollarda shifrlangan va shifrlanmagan mahfiy savollar va ularga javoblarni o'z ichiga olishi mumkin. Shu bilan birga o'g'rilangan ma`lumotlar orasiga himoyalanmagan parollar, to'lov kartalari yoki bank hisob raqamlari haqidagi ma`lumotlar tushmagan.

Kompaniya ushbu holat yuzasidan huquq-tartibot muassasalari bilan ishlamoqda. Kompaniya shuningdek hujumga uchragan bo'lishi mumkin bo'lgan foydalanuvchilarni bundan ogohlantirmoqda va ularga akkauntlari himoyasini kuchaytirishni tavsiya qilmoqda.

Jumladan, kompaniya foydalanuvchilarga agar 2014 yildan beri o'zgartirilmagan bo'lsa, mahfiy savollar va ularga javoblarni, parollarni o'zgartirishni tavsiya qildi. Shuningdek, o'g'rilangan ma`lumotlarga o'hshash ma`lumotlar ishlatilgan boshqa saytlardagi akkauntlar bilan ham shunday yo'l tutish maslahati berildi. Bundan tashqari, foydalanuvchilarga shubhali manzillardan hatlarni ko'chirmaslik tavsiya qilindi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031