Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

iPhone 7 Plus’dan o'zib ketgan smartfonlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 81           Дата: 21-09-2016, 22:19          

iPhone 7 Plus Apple’ning optik zum va ikki kamerali birinchi smartfoniga aylandi. Bundan tashqari, «oddiy» iPhone 7 «plyus» kabi 3,5 mm audioteshikdan ozod bo'ldi — quloqchinlarni endilikda Lightning porti orqali ulash mumkin. Biroq mazkur innovatsiyalar «eski yangilik»ga aylangan edi. Sababi, bu barcha hususiyatlar boshqa brendlarning Android-smartfonlarida bor.

E`tiboringizga Apple’dan avval yuqoridagi ajoyib va yangi hususiyatlarni o'z qurilmasida qo'llagan smartfonlar ro'yhatini keltiramiz.

Ikkita kamera
iPhone 7 Plus 12 Mpli ikkita fotomodulga ega bo'ldi, biroq ularning oynasi turlicha. Ob`Yektivlardan biri keng burchakli (28 mm), boshqasi – uzoqqa otadigan (55 mm).

LG G5

iPhone 7 Plus’dan o'zib ketgan smartfonlar

LG kompaniya ham G5 smartfoniga ikkita kamera o'rnatdi. Bunda modullardan biri 16 Mp, ikkinchisi – 8 Mp. Ko'rish burchagi – 78 va 135 daraja. Shunday qilib LG G5 «oddiy» foto va keng burchakli suratga olish imkoniga ega.

LG G5
• Protsessor: Qualcomm Snapdragon 820
• Ekran diagonali: 5.3 "
• Foto imkoniyati: 16 Mpiks
• Operativ hotira: 4 GB

LG G5 SE

iPhone 7 Plus’dan o'zib ketgan smartfonlar

G5 flagmanining kichik talqini ham 16 Mp va 8 Mp fotomodulili ikki kameraga hamda imkoniyatlarga ega.

LG G5 SE
• Protsessor: Qualcomm Snapdragon 652
• Ekran diagonali: 5.3 "
• Foto imkoniyati: 16 Mpiks
• Operativ hotira: 3 GB
.
LG X cam

iPhone 7 Plus’dan o'zib ketgan smartfonlar

Mazkur qurilma ham ikkita kameraga ega. Akalari kabi LG X cam 120 darajali kamerada (5 Mp) keng burchakli suratlar olish imkoniga ega. Optik masshtablashtirish ham mavjud.

LG X cam
• OT: Android 6.0
• Protsessor: MediaTek MT6753
• Operativ hotira: 2 GB
• Ichki hotira: 16 GB
• Foto imkoniyat: 13 Mpiks
• Ekran diagonali: 5.2 "

Huawei P9

iPhone 7 Plus’dan o'zib ketgan smartfonlar

Hitoyning Huawei kompaniyasi bu masalaga boshqacha yondoshdi. P9 flagmanida 12 megapikselli RGB-matritsada bitta kamera joylashgan, ikkinchisi – 12 megapikselli BayYer fil'trisiz monohromda. Smartfon birdaniga ikkita surat oladi, keyin ularni birlashtiradi. Shunday qilib yorug'lik kuchayadi va rasm yanada sifatliroq bo'ladi. Huawei P9 kamerasi afsonaviy nemis kompaniyasi LEICA bilan hamkorlikda yaratilgan.

Huawei P9
• OT: Android 6.0
• Protsessor: Huawei Kirin 955
• Operativ hotira: 3 GB
• Ichki hotira: 32 GB
• Foto imkoniyati: 12 Mpiks
• Ekran diagonali: 5.2 "

Honor 8

iPhone 7 Plus’dan o'zib ketgan smartfonlar

Mazkur qurilma ham ikki kamera tizimidan foydalangan. Unda ham ikkita 12 megapikselli fotomodul' mavjud – biri rangli, ikkinchisi monohromli, – ularda ham tanish funktsiyalar.

Huawei Honor 8 32GB
• OT: Android 6.0
• Protsessor: HiSilicon Kirin 950
• Operativ hotira: 4 GB
• Ichki hotira: 32 GB
• Foto imkoniyati: 12 Mpiks
• Ekran diagonali: 5.2 "

Xiaomi Redmi Pro

iPhone 7 Plus’dan o'zib ketgan smartfonlar

Hitoylik Xiaomi ham ilg'or tehnologiyalarni yo'lga qo'ymoqda. Xiaomi Redmi Pro qurilmasiga ham 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli yordamchi fotomodulga ega ikkita kamera o'rnatishdi.

Xiaomi Redmi Pro 32GB
• OT: Android 6.0
• Protsessor: MediaTek Helio X20
• Operativ hotira: 3 GB
• Ichki hotira: 32 GB
• Foto imkoniyati: 13 Mpiks
• Ekran diagonali: 5.5 "

Optik zum
iPhone 7 Plus imkoniyatlaridan biri bo'lgan ikkikarrali «optik zum» albatta, hayratga soladi. Biroq undanda yahshiroq kattalashtirish imkoniyati boshqa smartfonlarda ham mavjud.

ASUS Zenfone Zoom

iPhone 7 Plus’dan o'zib ketgan smartfonlar

Ha, uning bittagina kamerasi bor, biroq unda 3 karrali haqiqiy zum-ob`Yektiv joylashgan. 13 megapikselli suratga olish imkoniyati tarkibiga asferik va prizmatik linzalar kiruvchi Hoya yapon ob`Yektividan foydalanilgan. Mana buni surat desa bo'ladi.

ASUS ZenFone Zoom (2016) 64GB
• OT: Android 5.0
• Protsessor: Intel Atom Z3590
• Operativ hotira: 4 GB
• Ichki hotira: 64 GB
• Foto imkoniyati: 13 Mpiks
• Ekran diagonali: 5.5 "

Audioteshikning olib tashlanishi

Apple Yettinchi qurilmasida 3,5 mmli audioteshikdan halos bo'lishga qaror qildi. Sababi, Lightning interfeysi yanada sifatli va shovqinni faol qaytarish kuchiga ega. Biroq Apple bu borada ham kechga qoldi.

LeEco Le 2

iPhone 7 Plus’dan o'zib ketgan smartfonlar

Hitoyning LeEco kompaniyasi dunyo bo'yicha ilk bor 3,5-mmli audioteshiklardan voz kechdi. Hitoyliklar tinglash uchun o'zgacha CDLA (Continual Digital Lossless Audio) standartini taklif qilishdi.

LeEco Le 2 X620 16GB
• OT: Android 6.0
• Protsessor: MediaTek Helio X20
• Operativ hotira: 3 GB
• Ichki hotira: 16 GB
• Foto imkoniyati: 16 Mpiks
• Ekran diagonali: 5.5 "

LeEco Le Max 2

iPhone 7 Plus’dan o'zib ketgan smartfonlar

LeEco kompaniyasining flagman qurilmasi ham audioteshiklarsiz yaratilgan va USB Type-C ulagichi orqali mini-jack’da ishlaydi.

LeEco Le 2 Max 32GB
• OT: Android 6.0
• Protsessor: Qualcomm Snapdragon 810
• Operativ hotira: 4 GB
• Ichki hotira: 32 GB
• Foto imkoniyati: 21 Mpiks
• Ekran diagonali: 5.7 "

Moto Z

iPhone 7 Plus’dan o'zib ketgan smartfonlar

Moto Z smartfoni ham USB Type-C porti orqali toza ovoz chiqaradi.

Lenovo Moto Z 32GB
• OT: Android 6.0.1
• Protsessor: Qualcomm Snapdragon 820
• Operativ hotira: 4 GB
• Ichki hotira: 32 GB
• Foto imkoniyati: 13 Mpiks
• Ekran diagonali: 5.5 "


Moto Z Force

iPhone 7 Plus’dan o'zib ketgan smartfonlar

Sinmas ShatterShield ekranli ul'tramustahkam Moto Z Force ham audioteshiklarsiz ishlaydi.

Lenovo Moto Z Force 32GB
• OT: Android 6.0.1
• Protsessor: Qualcomm Snapdragon 820
• Operativ hotira: 4 GB
• Ichki hotira: 32 GB
• Foto imkoniyat: 21 Mpiks
• Ekran diagonali: 5.5 "

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031