Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rossiyada o'g'rilarning e`tiborini ko'proq tortgan mashinalar ma`lum qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 78           Дата: 21-09-2016, 20:02          

Shuni qayd etish joizki, rossiyalik avtomobil' o'g'rilarining qiziqishlari arzon sedanlar, o'rtamiyona krossoverlar va lyuks toifasidagi yo'ltanlamaslar orasida teng taqsimlangani oydinlashmoqda. 2016 yili Rossiyada haridi bo'yicha Yetakchilik qilayotgan arzon horij mashinalari orasida Hyundai Solaris va KIA Rio ko'proq o'g'rilar qiziqishini uyg'otgan. "Rosgosstrah" kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan 2016 yil o'tgan yarim yili mobaynida o'g'irlangan mashinalarga oid statistik ma`lumotlar shundan dalolat qiladi. Shunday qilib, ushbu ma`lumotlarga asosan, quyidagi mashinalarni rossiyalik o'g'rilar ko'proq o'g'irlashgan.

12. Mercedes-Benz E-class

Rossiyada o'g'rilarning e`tiborini ko'proq tortgan mashinalar ma`lum qilindi

Eng ko'p o'g'irlanadigan avtomobillar ro'yhatini Mercedes-Benz modeli boshlab beradi. 2016 yil yanvar'-iyun' oylarida ushbu mashinadan 18 dona o'g'irlangan. O'tgan yili bu raqam 22tani tashkil etgan edi. Bunda ayniqsa, Mercedes-Benz E-class toifasidagi mashina egalari ko'proq havotir olishlari kerak. Chunki, birinchi yarim yillikda bu mashinadan 6 nusha o'g'irlangan. Ahir, yangi E-class mashinasi 3 mln rubl turganidan keyin, uning ehtiyot qismlarini tasavvur qilish qiyin emas.

11. Lexus LX

Rossiyada o'g'rilarning e`tiborini ko'proq tortgan mashinalar ma`lum qilindi

Yapon brendining lyuks toifasidagi Lexus avtomobillari qimmatligi bois, shundog'am o'g'rilikka qarshi sug'urta qilinadi. Balki shuning uchundir, o'g'rilar ham aynan Lexus modellarini hush ko'rishadi: yarim yil mobaynida o'g'irlangan 19ta mashinaning (2015 yilda 17ta) 6 nushasi — bu 5,4 mln rubl' turadigan LX lyuks yo'ltanlamasidir. Birmuncha arzonroq Lexus GX yo'ltanlamasidan 4ta, ES sedanidan 3 dona o'g'irlangan.

10. Ford Focus

Rossiyada o'g'rilarning e`tiborini ko'proq tortgan mashinalar ma`lum qilindi

Ta`kidlash kerak, ommaviy mashinalar o'g'rilarning e`tiborini qimmat mashinalar singari ko'proq jalb etadi. Hususan, hisobot davrida 19ta Ford o'g'irlangan (2015 yilning ilk olti oyida 23ta). Albatta, bunda Ford Focus (yangisi 834 ming rubl' turadi) Yetakchi bo'lib, undan 15ta mashinani olib qochishgan.

9. Nissan X-Trail

Rossiyada o'g'rilarning e`tiborini ko'proq tortgan mashinalar ma`lum qilindi

Joriy yilning ilk olti oyi mobaynida 22ta Nissan egasi mashinasidan ayrilib qolgan. Agar o'tgan yilgi raqamlar (27ta) bilan solishtirilsa, o'g'rilar bu mashinani hamon ko'z ostiga olib yurishlari ma`lum bo'ladi. Jinoyatchilar asosan, Nissan X-Trail (5ta), Juke va Murano (4tadan) modellariga qiziqishadi. Ular orasida aslida X-Trail eng arzoni bo'lib, 1,2 mln rubldan boshlanadi.

8. BMW X5

Rossiyada o'g'rilarning e`tiborini ko'proq tortgan mashinalar ma`lum qilindi

Ma`lumotlarga ko'ra, 2016 yilning birinchi yarmida BMW mashinalarini o'g'irlash soni keskin ko'tarilgan: o'tgan yili atigi 7ta shu marka modeli o'g'irlangan bo'lsa, bu yilgi raqam 27tani tashkil etmoqda. Ular orasida X5 (6ta) krossoverining oldiga tushadigani yo'q. 7-series lyuks sedani va birmuncha arzonroq 3-series modellaridan 5tadan gumdon qilingan. BMW X5ning eng arzoni 4,5 mln rubl' turishini bir tasavvur qiling-a.

7. Renault Duster

Rossiyada o'g'rilarning e`tiborini ko'proq tortgan mashinalar ma`lum qilindi

Shuni yana bir bora eslatib qo'yish kerakki, mashinangizning arzonroq bo'lishi, uning o'g'ri nigohiga tushmasligiga kafolat bermaydi. Renault modelidan 2016 yilning ilk 6 oyida 30ta o'g'irlanishi fikrimizni isbotlaydi (2015 yilning shu davrida 40ta). Bunda eng ko'pi Duster krossoveri hissasiga to'g'ri keladi. Garchi uning narhi 630 ming rubldan boshlansa-da, bu modeldan 22ta o'g'irlangan. Renault Logan (4dona) unchalik ham qiziqish uyg'otmasligi aniqlangan.

6. Mazda CX-5

Rossiyada o'g'rilarning e`tiborini ko'proq tortgan mashinalar ma`lum qilindi

Yaponiyaning yana bir modelini o'g'irlash hajmi shu yilning olti oyi mobaynida 50 foizga ko'payib, o'tgan yilgi 21 donadan 32taga Yetgan. Bunda ayniqsa, CX-5 krossoveri egalari ehtiyotkorroq bo'lganlari yahshi. Olti oy ichida 1,3 mln rubldan boshlanadigan modeldan 22tasi o'g'irlangan.

5. Lada Granta

Rossiyada o'g'rilarning e`tiborini ko'proq tortgan mashinalar ma`lum qilindi

Ha, adashmadingiz, aynan Rossiyada ishlab chiqariluvchi mahalliy avtosanoat vakili Lada Granta. Aslida avtoo'g'rilar mahalliy mashinalarni o'g'irlashni ancha yahshi ko'rishadi. Ularni o'g'irlash ham oson, sotish ham. 2016 yilning birinchi yarim yilligida 31ta Lada (2015 yili 39ta) o'g'rilar oviga tushgan. Bular orasida eng ko'p o'g'irlangani Granta (9ta), shuningdek, 4x4 yo'ltanlamasi hamda Largus miniveni ham anchagina ommabop.

4. GAZel' Next

Rossiyada o'g'rilarning e`tiborini ko'proq tortgan mashinalar ma`lum qilindi

Kutilmaganda, jinoiy guruhlar olamida tijorat transport vositalariga ham talab oshib borayotganini anglash mumkin. Masalan, Rossiyaning GAZ avtomobil' zavodi mahsuloti. Bu yilning olti oyida 39ta Next hususiy va tijorat firmalari hisobidan o'g'rilarning cho'ntagiga po'l ko'rinishida borib tushgan. Ammo, o'tgan yili ushbu mashinalarning o'g'irlanishi yanada ko'proq (55ta) edi.

3. KIA Rio

Rossiyada o'g'rilarning e`tiborini ko'proq tortgan mashinalar ma`lum qilindi

KIA avtomobillarining o'g'irlanishi shu yilning o'tgan olti oyi mobaynida 80 foizga o'sganini alohida ta`kidlash kerak. Ahir, mashina harid qilishda bu ma`lumotlar avtomobil' modelini tanlashda qo'l keladi, albatta. Agar, 2015 yilning birinchi yarmida 26ta KIA o'g'irlangan bo'lsa, bu yilning shu davri mobaynida 47ta Janubiy Koreya mashinasi olib qochilgan. Bunda ularning 32tasi Rio hissasiga to'g'ri kelmoqda.

2. Toyota Land Cruiser 200

Rossiyada o'g'rilarning e`tiborini ko'proq tortgan mashinalar ma`lum qilindi

Rossiyada eng ko'p o'g'irlanadigan avtomobillar orasida Yaponiya avtosanoatining yana bir ko'zga ko'ringan vakili bor. U ham bo'lsa Toyota modellaridir. Joriy yilning olti oyida 51 dona shu rusumdagi mashina o'g'irlangan bo'lib, bu o'tgan yilgi ko'rsatkichdan 15 foiz (60ta)ga kamdir. Ular orasida eng ko'p o'g'irlangani esa lyuks toifasidagi Land Cruiser 200 (18ta) hisoblanadi. Yangi Land Cruiser 200 avtosalonda 4 mln rubldan boshlanadi. Biroq, Toyota Camry biznes-sedani (15ta) ham o'g'rilarning diqqat markazida turishi ma`lum qilinmoqda.

1. Hyundai Solaris

Rossiyada o'g'rilarning e`tiborini ko'proq tortgan mashinalar ma`lum qilindi

Va nihoyat, salbiy statistikaning Yetakchisi bu Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi mahsuloti bo'ldi. Bu model' nafaqat o'g'irlash soni, balki sur`atlari bo'yicha ham birinchi o'rinni zabt etib turibdi. O'tgan yilning yanvar'-iyun' oylarida jami 21ta Hyundai mashinasi o'g'irlangan bo'lsa, bu yil o'g'rilarning tanlovi ko'proq shu marka mahsulotlarida to'htagan. 2016 yilning birinchi yarim yilligida ulardan 60 dona olib qochilgan. Shunday qilib, bu rusumdagi mashinalarning o'g'irlanish holati 185 foizlik o'sishni qayd etgan. Rossiya avtobozorida eng ko'p sotilayotgan Hyundai Solaris eng ko'p o'g'irlanayotgan avtomobillar ro'yhatida ham Yetakchilik qilayapti. Olti oyda narhi 591 mig rubldan boshlanuvchi mashinadan 45tasi o'g'irlangan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн