Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Apple kompaniyasining qog'oz paket patenti bilan bog'liq mojarolari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 62           Дата: 21-09-2016, 10:22          
Apple kompaniyasining qog'oz paket patenti bilan bog'liq mojarolari

15 sentyabrda AQShning Patent va tovar belgilari idorasi (USPTO) Apple kompaniyasining qog'oz paket ishlab chiqarish uchun patent buyurtmasini ro'yhatdan o'tkazdi. Yangilik tezda tarqalib, Amerika innovatsion korporatsiyasi mavzusidagi hazil mushohadalarga sabab bo'ldi, lekin Apple’ning himoyachilari ham topildi.

USPTO ma`lumotlariga ko'ra, patentga 2016 yilning 7 martida buyurtma berilgan. Hujjat matnida Apple Store’ning butun dunyoga mashhur qog'oz paketi batafsil tasvirlanadi.

Buyurtma haqidagi habar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan keyin OAV Apple’ning navbatdagi “innovatsiyasi” borasida hazil-mutoyiba qila boshlashdi. Masalan, Gizmodo portali “Apple paket namoyish qiladi” sarlavhali maqola chop etgan.

“Qog'oz paket bu qadar murakkab bo'lishi mumkinligi hayolimga ham kelmagandi. Ahir men oddiy batrak bo'lsam, Kremniy vodiysi vizionerlarining hislatlariga ega bo'lmasam.

Men shunchaki Paketga egalik qilishdek huzur-halovatga ko'zimni ochgan Apple’ga minnatdorchilik bildirishim mumkin, holos”.

Sofi Kliman, Gizmodo maharriri


Patentning o'zidan ko'ra, uning ”tili” ko'proq kulgiga sabab bo'ldi. Gizmodo muharriri Sofi Klimanning so'zlariga ko'ra, “Amerikacha go'zallik” fil'mi davridan beri paketlar bu qadar she`riy tuyulmagan.

“Paketlar buyumlarni tashish uchun qo'llaniladi. Masalan, do'konlardagi paketlar ko'pincha o'sha Yerdan harid qilingan narsalarni tashish uchun hizmat qiladi”.

“Paket konteyner va ushlagichdan iborat bo'lishi mumkin”.

Apple patenti matnidan


The Verge muharriri Rassel Brendon esa, aksincha, Apple tarafdori bo'ldi – u kompaniyaning paketi haqiqatdan ham mualliflik huquqi bilan himoya qilinishi kerakligini ta`kidladi.

Brendomning so'zlariga ko'ra, patent haddan ziyod batafsil tasvirlanganligi bilan jurnalistlarning diqqatini tortgan. Kompaniya paketning mohiyatiga alohida to'htalgan va 35-bobga kelibgina, asosiy maqsadga o'tadi.

Jurnalistning ta`kidlashicha, Apple o'z paketlarida tahminan 60 foiz ikkilamchi qayta ishlanuvchi mahsulotlarni qo'llaydi, bu esa ularni zaiflashtiradi. Aynan ana shunday tuzilma zaifligini bartaraf qilish uchun kompaniya turli hil muhandislik nayranglarini o'ylab topishiga to'g'ri keladi – masalan, uning ichidagi qo'shimcha karton bo'laklari.

“Aslida Apple bu paketga ancha intellektual mehnat sarflagan! Uning ustida MacBook uchun magnit zaryadka va Nike krossovkalari uchun komponentlar yaratgan dizaynerlar ishlagan.

Apple “paket” muammosini hal qilish ustida ko'p bosh qotirdi va bu harakatlarning mahsuli – kompaniya tarihidagi eng intuitiv paket”.

Rassel Brendom, The Verge muharriri

Shunday bo'lsa-da, Brendom ham Apple bilan hazillashish imkonini boy bermadi.

“Bu paket ro'yhatdan o'tishi kerakmi? Men so'nggi so'zni USPTO’ga qoldiraman. Biroq shuni ta`kidlash joizki, paketlarni ishlab chiqarish tehnologiyasi ularni ishlab chiqarish va tadqiq qilishni himoya qila olmaydigan patent tizimimizning ishni to'g'ri yo'lga qo'ymaganligi tufayli o'n yillab turg'unlik holatida bo'lgan”.

Rassel Brendom, The Verge muharriri

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн