Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

GoPro suv o'tkazmaydigan Hero 5 kameralari hamda ilk dronini taqdim qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 151           Дата: 20-09-2016, 13:44          
GoPro suv o'tkazmaydigan Hero 5 kameralari hamda ilk dronini taqdim qildi

Ekshn-kameralar ishlab chiqaruvchisi GoPro 19 sentyabr' kuni suv o'tkazmaydigan Hero 5 Black hamda Hero 5 Session kameralari, shu bilan birga o'zining ilk Karma dronini taqdim qildi. Bu haqida The Verge habar berdi.

Yangi kameralar korpusi namlikka chidamli qilib ishlangan va shu bois ular suyuqlik o'tkazmaydigan qo'shimcha himoyaga muhtoj emas. Qurilma bilan suv ostiga 10 metr chuqurlikkacha tushsa bo'ladi. 4K kameralar soniyasiga 30 kadr tezligiga ega. Hero 5 Black'da 12 megapikselli suratlarni muhrlash mumkin, Hero 5 Session'da esa - 10 megapikselli.

Kameralar ovozli boshqaruv funktsiyasi hamda 7 hil tilni qo'llab-quvvatlaydi. Hero 5 Black kamerasi 2 dyuymli sensor ekran bilan ta`minlangan, shuningdek RAW formatdagi tasvirlarni taqdim etadi. Bundan tashqari, kamerada GPS moduli mavjud.

Qurilma 2 oktyabrdan sotuvga qo'yiladi. Hero 5 Black'ning bahosi - 399 dollar, Hero 5 Session esa - 299 dollar.

Karma yig'ma droni 1 kilogramm vaznga ega bo'lib, u Hero 5 Black, Hero 5 Session va Hero 4 kameralari bilan uyg'unlasha oladi. Kvadrokopter kamerani mustahkamlash uchun uch o'qli stabilizator bilan ta`minlangan, uning o'zini olib, alohida ishlatish ham mumkin.

Kvadrokopterning tezligi - soatiga 56 kilometr, u foydalanuvchidan 1 kilometrgacha uzoqlashib, 4,5 kilometrli balandlikka ko'tarilishga qodir.

Karma 2016 yilning 23 oktyabridan sotuvga qo'yiladi, uning narhi 799 dollarni tashkil qiladi. Dron Hero 5 Black kamerasi bilan birga sotilganda 1 099 dollarga tushadi, Hero 5 Session bilan esa - 999 dollar.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн