Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Avstraliyada quyosh batareyalari o'rnatiladigan mashinalar seriyali ishlab chiqariladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 124           Дата: 20-09-2016, 07:25          
Avstraliyada quyosh batareyalari o'rnatiladigan mashinalar seriyali ishlab chiqariladi

Avstraliyaning Clenergy Team Arrow kompaniyasi quyosh batareyasidan quvvat oluvchi poyga prototipini ishlab chiqdi. Firma rahbariyati bu mashinaning seriyali rusumini konveyYerga qo'yishni rejalashtirmoqda.

Model' Arrow STF deb nomlangan. Uning ilk namoyishi 8-15 oktyabr' kunlari Avstraliyada tashkil etiladigan 3000 kilometrlik World Solar Challenge marafonida bo'lib o'tadi. Unda, faqatgina quyosh batareyasidan quvvatlanuvchi mashinalargina qatnasha oladi.

Arrow STF modeliga ikkita elektr dvigatel' o'rnatilgan bo'lib, ularning ot kuchiga oydinlik kiritilmagan. Motorlar harakatlanish uchun quvvatni quyosh batareyalari energiyasini to'plovchi litiy-ion akkumulyatoridan oladi. Avtomobilga o'rnatilgan quyosh elementlari maydoni 5 metr kvadratni tashkil etadi.

Arrow STF mashinasi shahar sharoitida ming kilometrdan ortiqroq masofani bosib o'ta oladi. Magistral yo'llardagi tezlikda harakatlansa, 300-400 km masofani ortda qoldiradi. Zarurat bo'lganda, ho'jalik elektr tarmog'idan ham quvvatlanishi mumkin.

Avstraliyada quyosh batareyalari o'rnatiladigan mashinalar seriyali ishlab chiqariladi

Ishlab chiqaruvchining ta`kidlashicha, STF modelining aerodinamik samaradorligi, hozirda mavjud avtomobillarnikidan yuqoridir.

Hozircha, Arrow STF seriyali tarzda ishlab chiqarilishi noma`lum bo'lsa-da, Clenergy Team Arrow kompaniyasida ma`lum qilishlaricha, ular model' uchun bir necha buyurtma qabul qilishgan. Bundan tashqari, kompaniya saytida onlayn buyurtma berish imkoni ham mavjud.

ABC.net.au habar berishicha, bu mashinaning bir nushasi 250 ming dollar atrofida bo'ladi. Biroq, avtomobilga sovutgich o'rnatilishi dargumon.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн