Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Huawei kompaniyasi Markaziy Osiyoda o'zining birinchi ahborot va tarmoq tehnologiyalari akademiyasini ishga tushiradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 108           Дата: 18-09-2016, 07:37          
Huawei kompaniyasi Markaziy Osiyoda o'zining birinchi ahborot va tarmoq tehnologiyalari akademiyasini ishga tushiradi

Huawei kompaniyasi ICTWEEK 2016 ahborot va kommunikatsiya tehnologiyalari haftaligi doirasida HAINA yangi ilmiy-ta`lim loyihasi – Huawei ahborot va tarmoq tehnologiyalari muvofiqlashtirilgan akademiyasini ishga tushirishini ma`lum qildi. Toshkent ahborot tehnologiyalari universitetida faoliyat yuritadigan loyiha kelgusida O'zbekistonning IKT va telekommunikatsiyalari sohasida yuqori malakali mutahassislarni tayyorlash uchun negiz vazifasini bajarishi nazarda tutilgan. Loyiha Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib ishga tushariladi va shunisi bilan noyob hisoblanadiki, Toshkent ahborot tehnologiyalari universitetida ahborot va kommunikatsiyalar tehnologiyalari sohasida kadrlarni sertifikatsiyalashning ihtisoslashtirilgan markazi tashkil etiladi.
Akademiya IKT sanoati va ushbu yo'nalishda ishlash va rivojlanishni istagan yoshlar, umidli mutahasislar o'rtasida ko'prik vazifasini o'tashi kerak. Loyiha quyidagi maqsadlarni ko'zlagan: a) mamlakatning eng yahshi oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlik qilish; b) IKT sohasida iqtidorli mutahassislarni hamkorlikda rivojlantirish; v) IKT sanoatini ilgari surish; g) iqtidorli va iste`dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash.

Huawei kompaniyasi Markaziy Osiyoda o'zining birinchi ahborot va tarmoq tehnologiyalari akademiyasini ishga tushiradi

Shu munosabat bilan, Huawei kompaniyasi tomonidan 20 nafar tinglovchini o'z bag'riga sig'dira oladigan o'qitishning o'ta yangi tehnologiyalari bilan jihozlangan mahsus Smart-laboratoriya barpo etildi. Barcha serverlar va noyob dasturiy ta`minot Toshkent ahborot tehnologiyalari universiteti bilan shu yil 17 mayda imzolangan memorandum doirasida taqdim etildi.
- Ushbu memorandumni imzolar ekanmiz, biz O'zbekistonning 25 yilligi bayramiga akademiyani tayyorlash va uni universitet boshqaruviga berishni maqsad qilgan edik. Biz o'z va`damizning ustidan chiqqanimiz hamda ITK va telekommunikatsiyalar yo'nalishida interaktiv darslarni o'tkazish uchun noyob “aqlli” sinfhonani yaratganimizdan fahrdaman. Huawei ahborot va tarmoq tehnologiyalari avtorlashgan akademiyasi (HAINA) beg'araz hamkorlik dasturi bo'lib, u yosh mutahassislar uchun Huawei sertifikatsiyalangan kurslarini tashkil etishda universitetlar va professional kollejlarni qo'llab-quvvatlaydi, - dedi Huawei inng O'zbekistondagi bosh direktori janob Van Pen.
HAINA dasturini tugatgan professionallarga IKT sohasida kelgusidagi faoliyatini davom ettirish va rivojlantirish uchun Huawei sertifikatsiyasini o'tishlari tavsiya etiladi. HAINA dasturi o'z ichiga quyidagi sertifikatsiya turlarini olgan: HCNA/P-R&S, HCNA/P-WLAN, HCNA/P-Security, HCNA/P-saqlov va HCNA/P-Cloud Computing.
Ushbu loyiha doirasida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ilmiy-amaliy kurslar tashkil etiladi:
1) kichik va o'rta hajmdagi tarmoqlarni yaratish va boshqarishga qaratilgan IP-tarmoqlari bo'yicha o'quv kursi;

2) tarmoq havfsizligi bo'yicha o'quv kursi havfsiz infratuzilmani yaratishga qaratilgan bo'lib, havfsizlik tizimlari professionallari uchun mo'ljallanadi.

3) IT-tarmoqlari bo'yicha o'quv kurslari IT-qurilmalar va Huawei uskunalaridan foydalangan holda tarmoqlarni mustaqil yaratish bo'yicha bilim va ko'nikmalarni oshirishga qaratilgan;

4) CT-tarmoqlar bo'yicha o'quv kursi va o'ta yangi IKT lar bo'yicha onlayn-treninglar. Ularda Huawei kompaniyasi o'ta yangi IKTlar bo'yicha onlayn rejimida treningni taqdim etadi.

Huawei kompaniyasi Toshkent ahborot tehnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda shu yilning ohirida Almati shahrida bo'lib o'tadigan 10 kunlik ihtisoslashtirilgan treninglardan o'tish uchun yosh o'qituvchilarni tanlab oldi. Mutahassislar kurslar yakunlanganidan so'ng Akademiyada mustaqil dars berishlari mumkin bo'ladi. Shuningdek, ushbu loyiha o'qituvchilarga o'qitish uchun dasturiy ta`minot, mintaqaviy darajada trening markazlarini joriy etishni loyihalashtirish hamda loyiha bo'yicha davlat tashkilotlari o'rtasida ahborot almashish kabi yo'nalishlarda treninglarni o'tkazishni ham ko'zda tutadi.
Huawei akademiyasining ochilishi 19 sentyabrda Toshkent ahborot tehnologiyalari universitetida bo'lib o'tadi.

Reklama huquqi asosida.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031