Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkent va Namangan shaharlarida ICTEXPO-2016 ko'rgazmasi bo'lib o'tadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 106           Дата: 15-09-2016, 19:40          
Toshkent va Namangan shaharlarida ICTEXPO-2016 ko'rgazmasi bo'lib o'tadi

ICTEXPO-2016 Ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalari ko'rgazmasi bu yil Toshkent va Namangan shaharlarida bo'lib o'tadi. Ko'rgazmada 150 eksponent-kompaniyalar ishtirok etadi. Kompaniyalar stendlari Toshkent shahridagi "O'zko'rgazmasavdo" markazi va Namangandagi "Pahlavon" sport majmuasi hududida joylashtiriladi. Tadbirlarga tahminan 35 ming kishi tashrif buyurishi kutilmoqda. ICTEXPO-2016 21-23 sentyabr' kunlari Toshkentda va 21-22 sentyabr' kunlari Namanganda bo'lib o'tadi.

Ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalari ko'rgazmasining o'tkazilishidan maqsad - shu sohada erishilgan yutuqlarni namoyish qilish.

ICTEXPO-2016 ko'rgazmasi bir necha mavzu yo'nalishlari bo'yicha o'tkaziladi - ularning orasidan mobil aloqa, internet, telekommunikatsiyalar, dasturiy ta`minot sanoati, elektron hukumat va elektron savdo o'rin olgan.

ICTEXPO 2016 ko'rgazmasining bu yilgi homiysi - Huawei.

ICTFORUM-2016'ga 70 nafardan ortiq spiker taklif qilindi

O'tgan yili O'zbekistonda ilk marotaba Ahborot-kommunikatsion tehnologiyalar (AKT) forumi tashkil etilgandi va u ishtirokchilar orasida katta muvaffaqiyat qozongan edi. Bu yil esa tadbirning dasturiy qo'mitasi tarkibiga Yetakchi IT-kompaniyalar hodimlari, soha mutahassislari va horijiy ekspertlar kiritildi. Tadbirga 800 nafardan ortiq kishi tashrif buyurishi, 70 nafardan ortiq spiker bir necha mavzu yo'nalishlari bo'yicha chiqish qilishi kutilmoqda. Forumning rang-barang dasturi ishtirokchilarga turli yo'nalishlar bo'yicha sektsion majlislarga kirish imkonini beradi: Ye-Government Uzbekistan, Raqamli iqtisodiyot, Internet-forum, shuningdek «Ahborot havfsizligi», «Startap konferentsiyasi» va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi ishtirokidagi konferentsiya kabi sektsion majlislar.

E-Government Uzbekistan konferentsiyasi doirasida elektron hukumat sohasidagi strategik vazifalar va amalga oshirilgan loyihalar muhokamasi, ahborot tehnologiyalari asosida davlat va jamoatchilikning o'zaro muvaffaqiyatli hamkorligini yo'lga qo'yish uchun tajriba va g'oyalar almashinuvi bo'lib o'tadi.

Raqamli iqtisodiyotda quyidagi mavzularda ma`ruza va taqdimotlar bo'lib o'tadi: "Olmaliq TMK" AJ faoliyatida ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalarini joriy qilish", "Bulutli muhit iqtisodiyotning o'sishiga olib keladi", "O'zbekistonning tashqi savdo ishtirokchilari uchun "bir oyna"li ahborot tizimi", "O'zbekiston temir yo'llari" AJda ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalarining rivojlanishi haqida", "O'zbekiston havo yo'llari" MAK yo'lovchilari uchun onlayn-servisni yo'lga qo'yish va rivojlantirish".

Forum dasturiga kiruvchi Startup konferentsiyada yangi startaplar taqdimoti, soha ekspertlaridan mahorat darslari tashkil qilinadi, shuningdek O'zbekistonda Smart Home bozorini rivojlantirish bo'yicha hamkorlik o'rnatishning yangi imkoniyatlari haqida ma`lumot beriladi.

Ahborot havfsizligi sektsiyasi ahborot tizimlari, manbalar va shahsiy ma`lumotlar himoyasini ta`minlashga oid muhim masalalarni muhokama qilishga imkon beradi. Ahborot havfsizligi halqaro sanoatining Yetakchi kompaniyalari - ESET va CISCO'dan mahorat darsi sektsiyaning eng e`tiborga molik tadbirlaridan biri bo'ladi.

ICTFORUM 2016 doirasida bo'lib o'tadigan Internet-forum ishtirokchilari quyidagi mavzularga murojaat qilishadi: "Masofali ta`lim - hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari", "Kontent sifati - elektron OAV haqida qisqa ma`lumot", "Internet-reklama muammolari", "Elektron to'lovlarni rivojlantirish", "Halqaro internet-savdo".

ICTFORUM 2016 homiysi - ZTE Corporation. Tadbir Halqaro biznes markazida bo'lib o'tadi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031