Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

"Vikipediya" asoschisi o'rta maktablar taqdiri hususida fikr bildirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 101           Дата: 14-09-2016, 20:17          
"Vikipediya" asoschisi o'rta maktablar taqdiri hususida fikr bildirdi

Zamonaviy, an`anaviy ta`lim tizimi insonlarning sifatli bilim olishlariga imkon beruvchi talablarga javob berishi kerak. "Vikipediya" asoschisi Jimmi Ueyls EdCrunch 2016 anjumanida shunday fikrni bildirgan.

— Maktablar o'quvchilarning life-long learning (umrbo'yi yoki uzluksiz ta`lim olish) deb ataluvchi ta`lim olish jarayoniga ega bo'lishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga harakat qilishi lozim. Masalan, 18 yoshli, o'rtacha savodli fuqaro hayotida mustaqil o'rganishni hohlaydi. Shu boisdan ham, uni yoshligidan o'qishga, tadqiqotlar olib borishga, ahborot sifatini baholashga o'rgatish maqsadga muvofiq. Ayniqsa, turli hil, bir-biriga zid ahborotlar dunyosida to'g'ri ma`lumotni ajrata olish juda muhimdir, — degan Ueyls.

Uning so'zlariga ko'ra, maktablarni noodatiy ta`lim bilan almashtirib bo'lmaydi. "Kimdir maktablar o'rnini ko'plab onlayn kurslar egallaydi, degan fikrda. Biroq, men bu foyda beradi, deb o'ylamayman. Kishini yo'naltirish, uning hatosini topib, ularni tuzatishga ko'maklashish avvalboshdan muhimdir. Bularni onlayn darslar taklif eta olmaydi", — deb e`tirof etgan.

Biroq, uning fikricha, zamonaviy tehnologiyalar vositasida tezroq ta`lim olishga imkon beradi. "Agar, masalan, siz til o'rganayotgan bo'lsangiz, raqamli tehnologiyalardan foydalanmaslik aqlsizlik bo'lur edi. Bu ta`lim jarayonining uzviy qismidir. Albatta, buni ham onlayn tarzda amalga oshirish mumkin, biroq odamlar bilan bevosita muloqotda bo'lish yahshiroq", — degan "Vikipediya" asoschisi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн