Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Beeline yangi katta hajmdagi 4G internet paketlarini joriy qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 120           Дата: 14-09-2016, 16:09          
Beeline yangi katta hajmdagi 4G internet paketlarini joriy qildi

Beeline Toshkentdagi innovatsion LTE tarmog‘ining navbatdagi kengayishi munosabati bilan joriy etilgan yangi internet-paketlarni taqdim etdi.

Bugun IBC Halqaro Biznes-markazida bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida Unitel MChJ tijorat direktori Maksim Yefremov yangi lineykani shunday sharhladi: “So‘ngi oylar mobaynida ham yangi xizmatlar sifatida, ham mavjud tariflar doirasida Beeline data-servislarining jiddiy kengayishi belgilandi. 2016 yilning asosiy trendi – abonentlarga taqdim etilayotgan trafik hajmini ko‘paytirish, bu nafaqat mijozlarning Internetga bo‘lgan ehtiyoji o‘sib borishi bilan, balki tarmoqlarimizning imkoniyatlari sezilarli darajada o‘sib borayotgani bilan ham bog‘liqdir. So‘ngi payt mobaynida poytaxtdagi to‘rtinchi avlod tarmog‘i hajmini sezilarli darajada kengaytirganimiz sir emas, shuning uchun bugungi kunda Internetdan foydalanishning katta hajmini hisobga olgan holda ham xizmatlarning yuqori darajasini ta’minlay olamiz”.

Yangi paketlar quyidagi parametrlarga ega:

• “4G Oy 15000 Mb” internet-paketi – 15 000 Mb 30 kunga $40 evaziga;

• “4G Oy 30000 Mb” internet-paketi – 30 000 Mb 30 kunga $50 evaziga;

• “4G Oy 60000 Mb” internet-paketi – 60 000 Mb 30 kunga $60 evaziga.

“Yangi paketlardagi misli ko‘rilmagan trafik hajmi Beeline‘ning LTE tarmog‘i ta’minlaydigan yuqori tezliklar bilan bog‘liqdir, – deydi Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – E’tibor berishimizcha, ayrim abonentlar foydalanishning biror bir modeliga o‘rgangan holda, nima uchun trafik shunchalik tez sarflanib borayotganini har doim ham darhol tushuna olmaydilar. Kompaniyamizda mijozlarga peshqadam chiqib, yangi katta hajmli paketlardagi internet narxi sezilarli darajada arzonlashtirildi. So‘zsiz, ular avvalam bor 4G yuqori tezliklari uchun mo‘ljallangan, lekin ulardan Beeline‘ning barcha abonentlari o‘zlari ishlatadigan texnologiyadan qat’iy nazar foydalanishlari mumkin”.

Eslatib o‘tamiz, Beeline Toshkentdagi LTE tarmog‘ini keng ko‘lamli qoplanishi haqida e’lon qildi. Tarmoq LTE 850 (band 18 va band 5) chastotalarida ishlaydi va xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini ta’minlaydi.

4G tarmog‘idan foydalanish uchun yangi avlod SIM-kartasi va 4G Beeline tarmog‘ida ishlovchi moslama kerak bo‘ladi. Abonentlar o‘z SIM-kartalarini 4G SIM-kartalariga Beeline savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida va dilerlik nuqtalarida almashtirib olishlari mumkin.

Teglar: Beeline


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн