Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Finnair aviakompaniyasi samolyotda Galaxy Note 7 smartfonidan foydalanishni taqiqladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 53           Дата: 12-09-2016, 19:31          
Finnair aviakompaniyasi samolyotda Galaxy Note 7 smartfonidan foydalanishni taqiqladi

Finlyandiyaning Finnair milliy aviakompaniyasi o'z samolyotlari bortlarida Samsung Galaxy Note 7 smartfonlaridan foydalanish yoki bunday qurilmalarni quvvatlantirishni taqiqladi. Finnlar janubiy koreyaliklar kompaniyasi mahsulotlaridagi qizib ketish ortidan portlash ro'y berishi bo'yicha holatlar yuz bergach, bu smartfondan foydalanishga qo'yilgan taqiqqa qo'shilgan.

"Samsung Galaxy Note 7 telefonini faqat qo'lda olib yurish mumkin. Telefon parvoz vaqtida o'chiq bo'lishi hamda quvvatlantirilmasligi kerak", — deyilgan Finnair habarida.

Bundan oldinroq, havfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqib shunday taqiqlar BAA, Indoneziya, Singapur, Hindiston va Avstraliyadagi aviakompaniyalar tomonidan joriy qilingandi.

AQSh aviatsiya boshqarmasi aviayo'lovchilarga Galaxy Note 7 smartfonidan foydalanmaslikni tavsiya qildi. Qolaversa, AQSh rasmiylari Samsung Galaxy Note 7 smartfonlaridan voz kechishga chaqirdi.

Samsung kompaniyasi ham o'z mijozlaridan Galaxy Note 7 smarfonlaridan foydalanishni to'htatishni hamda smarfonlarni yangilariga almashtirib olishni so'ragan.

Galaxy Note 7 sotuvi 19 avgust kuni dunyoning 10ta mamlakatida yo'lga qo'yilgandi. Sentyabr' oyi boshida kompaniya batareyalar portlab ketishi havfi mavjudligi tufayli Galaxy Note 7 sotuvini to'htatdi. Shundan so'ng, Galaxy Note 7 smartfonlari yangilariga almashtirib berilishi e`lon qilindi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031