Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qonga botgan iPhone yohud dunyoning eng zo'r smartfonlari qanday ishlab chiqariladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 378           Дата: 9-09-2016, 10:43          
Qonga botgan iPhone yohud dunyoning eng zo'r smartfonlari qanday ishlab chiqariladi

Statistik ma`lumotlarga ko'ra, jahonda foydalanilayotgan smartfonlar soni bugungi kunda 2 mlrd donadan ortiqdir. U hayotimizga shunchalik kirib kelmoqdaki, usiz yashashni tasavur qilish mushkul bo'lib borayapti. Biroq, ko'pchilik bu tehnika mo'`jizasi qay ahvolda, nimalarning evaziga ishlab chiqarishini o'ylab ham ko'rmaydi, hatto hayoliga ham keltirmaydi.

Qonga botgan iPhone yohud dunyoning eng zo'r smartfonlari qanday ishlab chiqariladi

Qashshoqlik, noumidlik, sanitariya talablariga javob bermaslik, har kungi qullardek ishlash va davomli tarzda yuz berib turadigan o'z joniga qasd qilishlarning barchasi elektronika mahsulotini ishlab chiqaruvchi oddiy ishchilar hayotida juda ko'p uchrab turadigan holatlarning ayrimlaridir holos.

7 sentyabr' kuni Tim Kuk Civic Auditorium sahnasida paydo bo'ldi. Apple bosh direktori mehmonlarga jilmayib, yang smartfoni va boshqa jihozlarini namoyish etdi. Shu bilan birga, u o'zini dunyoni o'zgartirayotgan va insonlarga baht ulashayotgandek tutdi. Bir jihatdan bu fikrlarga qo'shilmaslikning iloji yo'q. Bir jihatdan, yangi iPhone taqdimoti yorqin hodisadir. Ammo, uning orqa tomoni ham bor. Aytish mumkinki, iPhone 7 ishlab chiqarish jarayonida bir necha kishi o'z joniga qasd qilishi oqibatida hayotdan ko'z yumgan bo'lishi ehtimoli katta.

Korporatsiyaning barcha bosh menejYerlari, dasturchilar va marketologlari Shimoliy Amerika yoki Yevropada joylashgan. Ular, asosiy qarorlarni qabul qiladi, dasturlarni ishlab chiqaradi va bozor strategiyasini ishlab chiqadi. O'z navbatida, og'ir jismoniy mehnat boshqa kompaniyalarga beriladi, natijada Apple buyurtmachi sifatida suvdan quruq chiqadi.

Birinchidan, shunday qilgan yahshiroq. Ikkinchidan, iPhone butlovchi qismlari va smartfonlarni yig'ishdagi dahshatli shart-sharoitlar uchun korporatsiya mas`uliyatni zimmasidan soqit qiladi.

Qonga botgan iPhone yohud dunyoning eng zo'r smartfonlari qanday ishlab chiqariladi

Bir necha yillar muqaddam, Samsung kompaniyasining Hitoydagi Apple uchun hotira chiplari va protsessorlarini ishlab chiqaruvchi zavodlari sanitariya talablarini eng ko'p buzadigan korhonalar hisoblanardi. Hususan, insonlarga go'yoki zahiradek munosabatda bo'lishgan: 2012 yildagi hisobotga ko'ra, mazkur fabrikalardagi ishchilar kuniga 10-12 soat ishlagan, turli hil tahqirlash va haqoratlarga bardosh qilishgan. Fair Labour Association kabi halqaro nazorat tashkilotlariga esa, kelmaslaridanoq, eshikni ko'rsatib qo'yishgan.

Zavoddagi maosh ham eng kam ish haqi me`yorida belgilangan bo'lib, Samsung buning uchun har bir ishchiga oyiga 250 dollar ajratgan.

Aytish joizki, Janubiy Koreyada ko'plab mehmon qonunchiligi buzilishlariga barmoq ortidan qarashadi. Ahir, Samsung mamlakat YaIMning deyarlichorak qismini ta`minlaydi. Shu boisdan ham davlat sanoat gigantini tekshirishga jiddiy tus berishdan o'zini tiyib turadi. 2012 yildan kompaniyaning o'zi fabrikalardagi tartibni nazorat qilayotganiga qaramay, mehnat sharoitlari Amerika va Yevropa me`yorlaridan ancha ortda.

Tayvanning Foxconn kompaniyasini davlat ichidagi davlatga qiyoslash mumkin. Uning fabrikalarida bir yarim million inson hizmat qiladi. Ular, jumladan iPhone smartfonlarini yig'ishadi. 2010 yilda korhonaning 18 nafar hodimi o'z joniga suiqasd qilishga uringan. Ularning 14 nafari o'z maqsadiga erishgan ham. Shundan so'ng, Foxconn ikkita islohot o'tkazdi. Birinchidan, tsehlarda o'zini o'ldirishga yo'l qo'ymaydigan qafaslar tortib chiqildi. Ikkinchidan, ishchilarning haddan ortiq yuklanish sabab o'lgani to'g'risidagi hodisalarni tishidan chiqarmaslik. Ha, Foxconn o'lim hollaridan so'ng, yopiq tashkilotga aylangani, tasodif emas.

Fair Labour Association tashkilotining hisobotiga ko'ra, kompaniyaning barcha ishchilari simli to'siqlar ortidagi pullik umumturarjoylarda istiqomat qilishgan. Aytish mumkinki, 12 kishilik honalar ko'proq qamoqhonalarni yodga soladi. Uning hududini, mahsus ruhsatsiz o'z hohishiga ko'ra tark etish, ishdan haydalishni anglatadi.

Qonga botgan iPhone yohud dunyoning eng zo'r smartfonlari qanday ishlab chiqariladi

Yangi iPhone telefoni taqdimoti yaqinlashgan kezlarda, ishchilar tsehning o'zida dam olib qo'ya qolishadi. Foxconn ishchilari guruh bo'lib dush qabul qilishadi, haftasiga 80 soat ishlash barobarida malaka oshirish dasrlariga qatnashadi. Foxconn yig'uvchisining kundalik ish tartibi ertalab 8:30da boshlanib, 21:00da yakunlanadi. Ish davomida 2 soatlik dam olish vaqti mavjud, ammo kun mobaynida suhbatlashish mumkin. Dushda esa sovuq suvdan huzurlanish mumkin holos. Telefon orqali suhbatlashishga faqatgina uyqudan oldin bir necha daqiqaga ruhsat beriladi.

Maosh oyiga 350—400 dollarni tashkil etadi. Hitoyda eng kam ish haqi 150—320 dollar ekanini ro'kach qilgan Foxconn o'zidagi sharoit mamlakatning katta qismidagi vaziyatdan yahshi ekani bilan fahrlanadi. Ammo, ishlab chiqarish talablarini bajarishga kelganda, pul inson hayotidan muhimroq narsaga aylanadi.

Qonga botgan iPhone yohud dunyoning eng zo'r smartfonlari qanday ishlab chiqariladi

2013 yili 17 yashar T'yan Yu Shen'chjYen' qishlog'idan Foxconn fabrikasiga ishga kirdi: uning uchun oilasini pul bilan ta`minlashning yagona imkoni edi. Dastlab u, kunduzgi smenada ishlagan bo'lsa-da, uning aytishicha, keyinroq tungi smenaga o'tishga majburlashgan. T'yanga binoan, Foxconn ishchilariga haftasiga 40—60 soatlik mehnat shartnomasini imzolashga majburlaydi. Aslida, odamlar 70—90 soat ishlashadi.

Ishga borish vaqtida, saf bo'lib borish talab etiladi. Intizomni buzgan ko'proq ishlab berishga majbur bo'ladi. "Ishlaring qanday?" savolga birgina javob berish mumkin: "Yahshi, juda yahshi". Qolgan vaqtlarda, sukut saqlash darkor. Bu qoidani buzgan shahs jarima to'laydi va hatto haqorat qilinadi. Ba`zi-ba`zida, ehtimol bo'shashib ketmasliklari uchun yahshi ishlayotganlarga ham jarima solib turiladi.

Qonga botgan iPhone yohud dunyoning eng zo'r smartfonlari qanday ishlab chiqariladi

Foxconn kompaniyasi, o'zida yuz bergan o'lim hollarini izohlar ekan, "ulardagi o'lim holati mamlakatdagi o'rtacha o'lim holatidan past degan vajni ilgari surdi". Endilikda, kompaniyaning yangi ishchilari, o'z joniga qasd qilgan taqdirda, uning qarindoshlari Foxconn bilan sudlashmasligi borasida shartnoma imzolashga majbur bo'lmoqda.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031