Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Kimoshdi savdolarida sotilgan eng qimmatbaho avtomobillar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 114           Дата: 7-09-2016, 17:03          
Kimoshdi savdolarida sotilgan eng qimmatbaho avtomobillar

7 sentyabr' kuni Sotheby's kimoshdi uyi The Beatles asoschilaridan biri Jon Lennonga tegishli bo'lgan Austin Princess avtomobilini sotuvga qo'ydi. Shu munosabat bilan kimoshdi savdolarida sotilgan eng qimmatbaho avtomobillar o'nligini e`tiboringizga havola qilamiz.

Ferrari 250 GTO Berlinetta – 38,1 million dollar
Bugungi kunga qadar bu kimoshdi savdolari tarihidagi eng qimmat avto hisoblanadi. Ferrari bu modelni atigi 2 yil ishlab chiqargan - 1962 yildan 1964 yilga qadar. 2014 yilda Kaliforniyadagi Bonhams uyida o'tkazilgan savdolarda amerikalik milliarder Kreyg MakKou ushbu mashinani 38,1 million dollarga harid qilgan.

Kimoshdi savdolarida sotilgan eng qimmatbaho avtomobillar

Ferrari 335 S Spider Scaglietti – 35,7 million dollar
2016 yilning fevralida Parijda o'tkazilgan kimoshdi savdosida 1957 yilda ishlab chiqarilgan afsonaviy Ferrari 335 S Spider Scaglietti avtomobili 35,7 million dollarga sotilgan. Bu mashinada angliyalik Stirling Moss "Formula-1"ning Kuba bosqichida g'olib bo'lgan. Haridor nomi rasman e`lon qilinmagan, lekin ba`zi ommaviy ahborot vositalari surishtiruviga ko'ra, uning yangi sohibi - 5 karra "Oltin to'p" egasi Lionel' Messi.

Kimoshdi savdolarida sotilgan eng qimmatbaho avtomobillar

Mercedes-Benz W196 – 29,6 million dollar
Mercedes kontserni tomonidan 1954-1955 yilgi mavsumda "Formula-1" poygasida ishtirok etish uchun yig'ilgan bolid Bonhams kimoshdi savdosida 29,6 million dollarga sotilgan. Dunyodagi eng qimmatbaho nemis avtomobilining o'ziga hos hususiyati Ikkinchi jahon urushi davrida Messerschmitt aviaqurilish kompaniyasi tomonidan yaratilganligidadir.

Kimoshdi savdolarida sotilgan eng qimmatbaho avtomobillar

Ferrari 290 MM – 28,1 million dollar
Avtomobil' 1956 yil argentinalik 5 karra "Formula-1" chempioni Huan Manuel' Fanhio uchun mahsus yaratilgan. Ferrari atigi 4ta shunday mashinani ishlab chiqargan. 2015 yilning dekabrida avtomobil' kimoshdi savdosida 28,1 million dollarga sotilgan. Haridor o'z nomini oshkor etmaslikni so'ragan.

Kimoshdi savdolarida sotilgan eng qimmatbaho avtomobillar

Ferrari 275 GTB/4*S NART Spider – 27,5 million dollar
Bloomberg ma`lumotlariga ko'ra, avtomobilni 1967 yilda kanadalik tadbirkor Lourens Stroll harid qilgan. Bitim 2013 yili tuzilgan. NART Spider 1968 yilda Amerika kinoijodkorlarining "Tomas Kraun firibgarligi" fil'mida paydo bo'lgan. Kartina "Oskar" mukofotini qo'lga kiritgan.

Kimoshdi savdolarida sotilgan eng qimmatbaho avtomobillar

Ferrari 275 GTB/C Speciale by Scaglietti – 26,4 million dollar
Ferrari 275 GTB noyob avtomobillar sirasiga kirmaydi, zero kompaniya 453ta bunday avtoni ishlab chiqargan. Biroq C Speciale belgisi faqatgina 3ta mashinada bo'lgan. Har bir Ferrari 275 GTB/C Speciale avtosi qo'lda yig'ilgan. Ana shunday mashinalardan biri 2014 yilda kimoshdi savdosida 26,4 million dollarga sotilgan.

Kimoshdi savdolarida sotilgan eng qimmatbaho avtomobillar

Ferrari 250 GT SWB California Spider – 18,5 million dollar
1961 yilda Ferrari 37ta 250 GT SWB California Spider avtomobilini ishlab chiqargan. Bu mashinaning qimmatbaholigiga sabab - u 1971 yilda Alen Delon tomonidan qo'lga kiritilganligida. 2014 yilda Artcurial kimoshdi savdosida avto 18,5 million dollarga sotilgan.

Kimoshdi savdolarida sotilgan eng qimmatbaho avtomobillar

Ferrari 375-Plus Spider Competizione – 18,4 million dollar
Ferrari 250 LM 1964 yilda "Le-Man 24 soat" poygalari uchun mahsus yaratilgan. Mashina o'zini avtosport olamida yahshi namoyon qilganidan keyin ushbu kollektsion namunaga bo'lgan talab paydo bo'ldi. 2013 yili avto kimoshdi savdosida 17,6 million dollarga sotilgan.

Kimoshdi savdolarida sotilgan eng qimmatbaho avtomobillar

Ferrari 250 GT SWB California Spider – 16,8 million dollar
Reytingni yana bir Ferrari 250 GT SWB California Spider avtomobili tugallaydi. 2015 yilning yozida avtomobil' 16,8 million dollarga noma`lum inson tomonidan harid qilingan.

Kimoshdi savdolarida sotilgan eng qimmatbaho avtomobillar

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн