Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sergey Cherepnin Beeline‘ning moliya direktori lavozimini egalladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 105           Дата: 7-09-2016, 13:02          
Sergey Cherepnin Beeline‘ning moliya direktori lavozimini egalladi

Beeline Sergey Cherepnin moliya direktori lavozimiga tayinlangani haqida xabar beradi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov shunday dedi: “Digital-transformatsiya, tarmoqlarni kengaytirish, LTE standartini joriy qilish va navbatgagi texnologik siljish davrida moliya direksiyasining o‘rni juda muhim. Shunday yirik loyihalarni amalga oshirish puxta o‘ylangan strategiyani talab qiladi va Beeline investitsion rejasini bajarish bilan bog‘liq. Ushbu davrda kompaniyaning moliya blokiga Sergey kabi malakali boshqaruvchi boshchilik qilishi, O‘zbekistondagi VimpelCom uchun katta muvaffaqiyat deb hisoblayman”.

“Yangi lavozimda ishga tushar ekanman, Beeline biznesiga yangi nazar va g‘oyalarni olib kelishni mo‘ljallamoqdaman. Korxonaning moliyaviy barqarorigi, uzoq muddatli rejalashtirish, faoliyatning yangi yo‘nalishlarini, perspektiv yechimlar va innovaitsiyalarni to‘g‘ri baholash — kompaniyaning muvaffaqiyatli faoliyati va ijobiy mijozlar tajribasining garovidir deb hisoblayman” – belgiladi Sergey Cherepnin.

Sergey Cherepnin 1972 yil 19 fevral kuni tavallud topgan. 1994 yilda Moskva davlat Universiteti mexanika-matematika fakultetini a’lo baholar bilan tamomladi, 2003 yilda Moskvadagi MBA Biznes va Iqdisot Amerika institutining (AIBEc) diplomini qo‘lga kiritdi.

1995 yildan 2000 yilga qadar Sergey konsalting va tijorat menejment sohalarida mutaxassislashgan bir necha kompaniyalarda ishalagan. 2000-2006 yillarda VimpelCom OAJ moliyaviy blokida, Moskva hududiy filialining moliya direktori, shuningdek Ukrainadagi Beeline‘da qator rahbarlik lavozimlarni egallab kelgan.

2006 yilda Rossiyadagi Nokia Networks moliya direktori etib tayinlandi, 2007 yilda esa Nokia Siemens Networks (NSN) muhim mijozlaridan biri bilan ishlash bo‘yicha moliya direktori bo‘ldi. 2012 yildan Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Ukraina mamlakatlarini birlashtiruvchi hudud bo‘yicha NSN moliya direktori lavozimini egalladi. 2014 yilning centyabr oyida Sergey Cherepnin Rossiyadagi Nokia Networks bosh direktori lavozimini egalladi.

Sergey oilali, ikki nafar farzandi bor. Faol hayot tarzini olib boradi, sayohat qilishni o‘zining asosiy xobbisi deb hisoblaydi.

Teglar: Beeline


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн