Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Parij avtosaloni: o'ta arzon Ford Ka’dan yangi Audi Q5gacha

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 96           Дата: 6-09-2016, 16:49          

O'ta arzon Ford Ka modelidan juda qimmat Ferrari LaFerrari Aperta avtomobiligacha. Ha, Parij avtoko'rgazmasi aynan avtomobil' muhlislari uchun haqiqiy bayram bo'lishi kutilayapti.

Bir necha haftadan so'ng, Frantsiya poytahtida Halqaro Parij avtosaloni o'z ishini boshlaydi. Bu ko'rgazma Frankfurt avtosaloni bilan almashib, har ikki yilda bir marta tashkil etiladi. Ikkala avtoshou ham avtomobil' olamida Yevropa avtosanoatining taraqqiyotini namoyish etuvchi yirik hodisa hisoblanadi. Biroq, Frantsiyadagi tomoshaga tashrif buyuruvchilar soni odatdagidek ko'pchilikni tashkil etadi. Ikki yil muqaddam, Parij avtoko'rgazmasiga kelganlar soni 1,25 mln kishiga yaqinlashgan. Bu esa, barcha halqaro motorshoulardagi mutlaq rekorddir. Quyida, Parijda namoyish etilishi kutilayotgan yorqin taqdimot marosimlari hususida to'htalamiz.

BMW X2

BMW egallagan burchakda eng qiziqarlisi har holda kupe shaklidagi X2 krossoveri namoyishi bo'lsa ehtimol. Aytish joizki, hammasi X5 modelidan boshlangan edi. Bavariyaliklar ushbu avtomobil' kuzovini keskin o'zgartirishdi. Keyinchalik, huddi shu uslubda X3dan X4 ishlab chiqildi. Shundan beri nemislar o'zlarini to'htata olmayapti. Ushbu yo'nalishdagi eng kichik krossover X1 ishlab chiqildi. Uning negizida X2 krossoveri paydo bo'ldi. Umuman, BMW old g'ildiraklari Yetakchi mashinalar yo'nalishida yangi natijalarni qo'lga kiritishda davom etmoqda.

Skoda Kodiaq

Parij avtosaloni: o'ta arzon Ford Ka’dan yangi Audi Q5gacha

Chehiyaning avtomobilsozlik kompaniyasi, aytish mumkinki, yangi modeli Kodiaq atrofidagi shov-shuvlarni sun`iy ravishda kuchaytirish vositasida krossoverlar ishlab chiqarish yo'nalishiga kirib keldi. Dastlab, chehlar avtomobilning turli qismlariga oid suratlarni e`lon qilishdi, so'ngra niqoblangan prototip namoyish etildi. Aniq ma`lumot bo'lmagani sabab hamma o'z tahminini ilgari surdi. Biroq, Parijdagi taqdimot marosimidan avvalroq, uning sirligi qolmadi: Kodiaq o'lchamlariga ko'ra, Honda CR-V va Mazda CX-5 krossoverlariga mos keladi.

Audi Q5

O'rta o'lchamli krossover Audi Q5 shundog'am dunyo bo'ylab dong'i ketgan avtomobillardan biri. Uni ishlab chiqarish boshlangan 2008 yildan beri bu modeldan 1,6 mln dona sotilgan. Endi uning ikkinchi avlodiga navbat keldi. U, fol'ksvagenning MLB modeli platformasida barpo etiladi. Yangi mashina qurilmalarning ihcham joylashuvi hamda pishiq po'latlardan foydalanilgani tuayli 100kgga Yengillashgan. Ayni shu mashinada Audi kompaniyasi muhandislarining Porsche firmasidagi hamkasblari bilan birgalikda ishlab chiqqan V6 va V8 motorlari sinab ko'riladi. Yangi avlod Audi Q5ning avvalgisidan tom ma`nodagi farqi uning lazerli chiroqlarida bo'lishi shubhasiz.

KIA Rio

Parij avtosaloni: o'ta arzon Ford Ka’dan yangi Audi Q5gacha

To'rtinchi avlod Rio hetchbeki KIA kompaniyasining Parijdagi yulduzi bo'ladi. Avtomobilning gabarit o'lchamlari: g'ildiraklar bazasi 10 mmga (2580 mm), uzunligi 1,5 smga (4065 mm), eni — 5 mm (1725 mm)gacha kengaytirilgan. Ammo, balandlik borasida bunday deb bo'lmaydi. U 5 mmga pakanalashib, 1450 mmni tashkil etgan. Yangi mashinaning asosiy jihatlaridan biri— uning global dizaynida. KIA-Hyundai kompaniyalarining germaniyalik, koreyalik va kaliforniyalik dizayner-stilistlari har bir mintaqaning qiziqishlarini umumlashtirishga muvaffaq bo'lgan.

Citroen C3

Parij avtosaloni: o'ta arzon Ford Ka’dan yangi Audi Q5gacha

Ehtimol 2002 yildan beri Citroen C3ni harid qilgan 3,6 mlndan ortiq mijozlarga uchinchi avlod hetchbek qanday ko'rinishga ega bo'lganini bilish juda qiziq bo'lsa kerak. Qisqagina qilib aytganda, u “kaktuslashgan”. Aniqroq izohlaydigan bo'lsak, C4 Cactus modeli kabi uchinchi mashina ham ko'p jihatidan uni takrorlaydi.

Ferrari LaFerrari Aperta

Parij avtosaloni: o'ta arzon Ford Ka’dan yangi Audi Q5gacha

Aperta ital'yanchadan tarjima qilganda "ochiq" ma`nosini bildiradi. Shunga ko'ra, oddiy italiyalik uchun LaFerrari rodsterining bunday nomlanishi unchalik qiziq tuyulmasligi aniq. Biroq, horijliklar uchun "Primavera" yoki "Koza nostra" kabi qandaydir sirli eshitiladi. LaFerrari 780 ot kuchiga ega V12 motori bilan jihozlanadi. Shu bilan birga, unga yordamchi sifatida 120 kVtlik elektrmotor o'rnatiladi. Shu bilan gibrid rodster 960 ot kuchiga ega superkarga aylanadi. Bunday quruqlikdagi "samolyot"ning bor kuchi bilan harakatlangandagi tezligini tasavvur qilish mushkul, biroq muhandislar haydovchi havfsizligi borasida qayg'urib, mashinaning eng yuqori tezligini 350 km/s bilan cheklashga qaror qilishgan.

Honda Civic

Parij avtosaloni: o'ta arzon Ford Ka’dan yangi Audi Q5gacha

O'zlarining turli ihtirolari bilan dunyoni lol qoldiruvchi Yaponiyaning Honda kompaniyasi vakillari Parijda o'ninchi avlod Civic hetchbekini namoyish etadi. Yangi modelning aossiy ustunligi uning kapoti ostida joylashtirilgan: yangi 1,5 litrlik turbomotor 174 yoki 180 ot kuchi bilan ta`minlaydi. Biroq, uning to'plamlari ichida o'zini yahshi namoyish eta olgan eski 100 ot kuchiga ega motor ham bo'ladi.

Hyundai i10

Parij avtosaloni: o'ta arzon Ford Ka’dan yangi Audi Q5gacha

Janubiy Koreyaning Hyundai avtogigantining eng kichik — i10 hetchbeki yangilangan ko'rinishida uning old va orqa bamperlari o'zgargan, yangi yon moldinglar, diodli yoritqichlar va orqa chiroqlarga ega bo'lgan. Unga shuningdek, yangi ko'rinishdagi 14-dyuymli g'ildirak disklari o'rnatiladi. Hyundai i10 mul'timedia tizimi ham yangilangan. U 7 dyuymli sensor ekran, navigator hamda Apple CarPlay va Android Auto integratsiya funktsiyasiga ega bo'lgan. Bundan tashqari, mitti hetchbek old to'qnashuvdan ogohlantirish va harakat qatorini kuzatish tizimiga ega. Hyundai i10ning kuch agregati o'zgarishsiz qoldirilgan. Hetchbek 1,0 yoki 1,25 litrli benzinli dvigatel' yordamida harakatga keltiriladi. Ularning kuchi 66 — 87 ot kuchini tashkil etadi. Kuchsizroq motorga besh bosqichli mehanik uzatmalar qutisi, kuchlirog'iga 4 bosqichli «avtomat» uzatmalar qutisi hamkorlik qiladi.

Infiniti QX50

Parij avtosaloni: o'ta arzon Ford Ka’dan yangi Audi Q5gacha

Parijda namoyish etiladigan Infiniti QX50 krossoveri qator innovatsion Yechimlarga ega bo'lgan QX Sport kontseptining seriyali turkumi bo'ladi. Hususan, orqani ko'rsatuvchi videokameralar hamda tobora ommalashib borayotgan lazerli yoritqich chiroqlar shular jumlasidan. Pekinda ko'rsatilgan Sport rusumli modeli, aytish mumkinki, shunchaki namoyish uchun yaratilgan edi. Shu boisdan ham, uning tehnik tafsilotlari sirligicha qoldi. Biroq, yaponlarning o'zlari QX Sport modelini brendning yangi dizaynerlik siyosati namunasi sifatida baholashgan. Shunday qilib, agar QX50 kontsepti ishlab chiqariladigan bo'lsa, u avtomobil' bozorida Audi Q5 va BMW X3 kabi mashhur modellar bilan raqobat qilishiga to'g'ri keladi.

Ford Ka

Parij avtosaloni: o'ta arzon Ford Ka’dan yangi Audi Q5gacha

Nihoyat, Ford Ka hususida. Parij avtoko'rgazmasida namoyish etiladigan mashinalar orasida Amerika kompaniyasining Braziliyadagi sho'`ba korhonasi tomonidan ishlab chiqilgan va juda arzon bo'lishi aytilayotgan ihchamgina Ka modeli ko'pchilikning e`tiborini tortishi shubhasiz. Ka, Fiesta platformasida barpo etilgan bo'lib, butlovchi qismlarining o'hshashligini ta`kidlash joiz. Dvigatellari va uzatmalar qutisi borasida ham shunday deyish mumkin. Bugungi kunda Yevropa bozorida sotilayotgan Ka modeli yangisidan umuman farq qiladi, u Fiat 500 platformasi negizida ishlab chiqilgan. Braziliyadan keltirilgan va global miqyosda sotiladigan Ka sezilarli arzon bo'lishi barobarida hajmi kattaroq bo'ladi. 2016 yil aprelidan boshlab Ford kompaniyasi ital'yanlar bilan hamkorlikka barham bergani bois, Yevropada aynan global Ka sotiladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031