Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yaponcha "Kelajak uyi": Panasonic aqlli uy kontseptsiyasini namoyish qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 288           Дата: 5-09-2016, 23:02          
Yaponcha "Kelajak uyi": Panasonic aqlli uy kontseptsiyasini namoyish qildi

Har yili Berlinda bo'lib o'tadigan IFA ko'rgazmasining odatiy eksponatlari - bu elektr maishiy tehnikasi, uning asessuarlari va maishiy tehnika. Yaponiyaning Panasonic kompaniyasi bu yil o'z ko'lamini o'zgartirishga qaror qildi - u gadjYet-shouda "kelajak uy"ini namoyish qildi.

"Aqlli uy"

Ko'rgazmada yaratilgan interaktiv turar joy o'zaro hamda bulut servislari bilan simsiz tarmoqlar yordamida "muloqot qiluvchi" o'ta zamonaviy maishiy tehnika bilan ta`mirlangan. Kompaniya vakillarining fikricha, ba`zi mamlakatlarda bunday uylar 3-5 yildan keyin joriy qilinishi mumkin.

"Kelajak uyi"da yashovchilar tehnologiyalarni barcha kerakli ma`lumotlarni aks ettiruvchi shaffof sensor ekranlar yordamida boshqarishadi. Masalan, tizimga kiritilgan mehmonhonadagi televizor. U ishlayotgan paytida oddiy ekran kabi ko'rinadi, ammo ekran o'chiq paytida bu televizor ekanligi hech kimning hayoliga ham kelmaydi.

"Kelajak oshhonasi"

"Kelajak uyi"dagi barcha tehnika egalarining istaklarini bajarishga mo'ljallangan. Masalan, aqlli shkaf. Siz undan o'zingiz hohlagan ichimligingizni olishingiz mumkin.

Yaponcha "Kelajak uyi": Panasonic aqlli uy kontseptsiyasini namoyish qildi

"Aqlli oshhona" taom tayyorlashda sizga yordam berishi mumkin. Vino javoni tanlangan masalliqni induktsion plitali "aqlli" oshhona stoli bilan "bo'lishadi". Masalliq parametrlariga qarab, plita vaqt va haroratni belgilaydi hamda taom tayyorlanish jarayonini nazorat qiladi.

Bir vaqtning o'zida "aqlli" muzlatgich uyda hamma masalliqlar bor yoki yo'qligini tekshiradi.

Yaponcha "Kelajak uyi": Panasonic aqlli uy kontseptsiyasini namoyish qildi

"Aqlli oshhona" stolida ovqatning sovimasligi uchun mahsus nuqta mavjud - belgilangan nuqtaga kosa yoki likopchani qo'yib, qopqog'ini yopib qo'yiladi.

Bu jarayonlarning barchasini smartfonlardan boshqarish - ular orqali tehnikani o'chirish yo yoqish mumkin.

Yaponcha "Kelajak uyi": Panasonic aqlli uy kontseptsiyasini namoyish qildi

Uy bekalarining orzusi

IFA ko'rgazmasida Panasonic hozircha ishlab chiqarish jarayonida bo'lgan Laundroid loyihasini namoyish etdi - "aqlli uy"ga biriktirilgan robot kiyimlarni ajratib, ularni tahlay oladi. U ko'rinishidan har qanday zamonaviy inter'Yerga mos keluvchi ingichka baland shkafdek ko'rinadi. Uy egasi kiyimlarni kir yuvish mashinasidan olib, unga qo'ysa bas.

Yaponcha "Kelajak uyi": Panasonic aqlli uy kontseptsiyasini namoyish qildi

Panasonic kelajakda barcha uy bekalarining orzusini amalga oshirib, kirlarni yuvish, quritish, tahlash jarayonlarini bir qurilmaning o'zida amalga oshirish mumkin bo'lishi uchun harakat qilmoqda. Kompaniya vakillari Laundroid'ning 2019 yilda bozorga chiqishga tayyor bo'lishini ma`lum qilishdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн