Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

«Mersedes» yangi superkariga Formula-1 motorini o'rnatmoqchi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 98           Дата: 31-08-2016, 16:48          
«Mersedes» yangi superkariga Formula-1 motorini o'rnatmoqchi

Mercedes-AMG kompaniyasi Formula-1 bolidlarining 1,6 litrlik V6 motori bilan birga gibrid quvvat agregati asosida superkar ishlab chiqarmoqchi. Hozirda, model' dizaynini tasdiqlash jarayoni olib borilayapti. Bu haqda Evo nashri habar qilmoqda.

Habarlarga ko'ra, yangi sport mashinasiga Mercedes-Benz W07 Hybrid bolidi motori o'rnatiladi. Unda, Formula-1ning amaldagi chempioni L'yuis Hemilton va nemis poygachisi Niko Rosberg musobaqalarda qatnashadi.

Dvigatelni umumfoydalanish yo'llarida yuruvchi mashinalar motori standartiga moslashtirish bilan uni ishlab chiqarganlarning o'zi shug'ullanishadi.

«Mersedes» yangi superkariga Formula-1 motorini o'rnatmoqchi

Superkar motorining ishchi hajmi 2 litrgacha o'zgartirilishi mumkin. Bundan tashqari, superkar uchun mahsus yurgizuvchi starter-generator, yuqori samaradorlikka ega konditsioner va umuman yangi uzatmalar qutisi ishlab chiqish lozim bo'ladi.

Yangi superkarga shuningdek, 160 ot kuchiga yaqin quvvatga ega elektromotor ham o'rnatiladi. Shu bilan model' barcha g'ildiraklari Yetakchi tizimiga ega bo'ladi. Evo nashrining qayd etishicha, elektr dvigatel' orqa o'qqa joylashtirilishi mumkin.

Mercedes-AMG superkarining umumiy quvvati 1000-1500 ot kuchi atrofida bo'lishi tahmin qilinayapti. Uning 900 ot kuchiga yaqini ichki yonuv dvigateli hissasiga to'g'ri keladi. Ma`lumotlarga ko'ra, superkarning maksimal tezligi soatiga 350 kilometrni tashkil etib, 2,5 soniyadan kamroq vaqt ichida «yuz»ga chiqa oladi.

«Mersedes» yangi superkariga Formula-1 motorini o'rnatmoqchi

Vazni 1000-1300 kg bo'lishi kutilayotgan superkar dizayni Formula-1 bolidlari va chidamlilik bo'yicha o'tkaziladigan LMP1 poygalari uchun ishlab chiqiladigan prototiplar uslubida bo'ladi. Uning konstruktsiyasida karbon, alyuminiy va boshqa Yengil materiallardan foydalaniladi.

Superkar shuningdek, to'liq boshqariladigan shassi, og'irlik nuqtasini o'zgartirish tizimi va faol aerodinamik elementlarga ega bo'ladi.

Evo nashrining yozishicha, model' 2017-yilda, Mercedes-AMG kompaniyasining 50-yilligida namoyish etilishi mumkin. Superkar jami 50 nushada ishlab chiqiladi. Uning tahminiy narhi 4 mln Yevro atrofida bo'ladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн