Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Marsdagi suyuqlik oqimi deyarli suvsiz bo'lib chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 98           Дата: 29-08-2016, 16:57          
Marsdagi suyuqlik oqimi deyarli suvsiz bo'lib chiqdi

NASA’ning Reaktiv harakat labaratoriyasi tadqiqotchilari Mars sayyorasining yuzasida qancha miqdordagi suv oqimi borligini o'rganib chiqishdi. Ular ajabtovur hulosaga kelishdi: Yerdagi sahrolarda qumlar qancha bo'lsa, bu oqimlar tarkibidagi suv miqdori ham ulardan ortiq emasligi aniqlandi. Geophysical Research Letters’da shunga doir maqola chop etildi.


Ma`lumki, 2011 yilda Mars sayyorasida qiziq oqimlar – vodiy qiyaliklaridan pastga qarab tushayotgan, ko'rinishidan Yerosti suv oqimlari izlariga o'hshash to'q rangdagi chiziqlar aniqlangan. Ular Mars sayyorasi bahorida tahminan bir joyda paydo bo'lib, kuzda yana ko'zdan g'oyib bo'lar edi. Spektografik tadqiqotlar oqimlar hosil bo'ladigan joyda muayyan miqdordagi suv molekulalari bilan bog'liq tuzlar mavjudligini ko'rsatdi. Bularning barchasi oqimlarni “suv” deya baholashga olib keldi. Zamonaviy Marsda suvning borligi haqidagi tahminga hamma tadqiqotchilar ham ishonishmadi.

Marsdagi suyuqlik oqimi deyarli suvsiz bo'lib chiqdi

NASA tadqiqotchilari bu gipotezani tasdiqlash yoki inkor etish maqsadida “Odissey” koinot qurilmasining IK-kameralarini o'rganib chiqishdi. Olimlar to'q rangli oqimlar bo'lgan joylardagi qiyaliklar sathidagi hiroratni oqimlar bo'lmagan Yerlardagi harorat bilan taqqoslashdi. Ma`lum bo'lishicha, haroratlar o'rtasida hech qanday farq bo'lmagan. Bu esa oqimlarda yo suvning yo'qligi, yo bo'lmasa uning jud ham kam miqdorda ekanligidan dalolat beradi. Gap shundaki, suv Marsni qoplab olgan qum va qattiq tog' jinslariga qaraganda ancha sekin isiydi. Agar oqimlarda suv ko'p bo'lganida, ularning sathi kunduzi salqin, kechasi esa iliqroq bo'lardi. “Odisseya” ma`lumotlariga ko'ra, bu oqimlarda bo'lishi mumkin bo'lgan suvning maksimal miqdori bir kilogramm qattiq jinsga 3 grammdan ortiqni tashkil qilmaydi. Haqiqatda esa bu raqamlar bundan-da past bo'lishi mumkin. Namib yoki Atakama kabi Yer sahrolarida tahminan shuncha miqdordagi suv bor.

Marsdagi suyuqlik oqimi deyarli suvsiz bo'lib chiqdi

Yangi tadqiqotchilarning oqimlarda umuman suv bo'lmasligi haqidagi hulosasi ilm ahli orasida qo'llab-quvvatlanmasa kerak. Mars vodiylaridagi qiyaliklarda mavsumiy oqimlarni suvsiz, deb tan olinishi ularning paydo bo'lishiga doir muqobil izohni talab qiladi. Buning uchun Mars yuzasi qatlamlarida erish hususiyatiga ega, tuzli suvga yaqin, ammo suv bo'lmagan qandaydir suyuqlik bo'lishi kerak. Bunday suyuqlikni topish oson emas. Boz ustiga Marsning ayrim hududlari ustida suv bug'idan bulutlar va hattoki tumanlar hosil bo'ladi. Suv bug'lari esa qaYerdandir bug'lanishi kerak, ya`ni vodiylarda ma`lum bir miqdorda suv bo'lishi muqarrar.


Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн