Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

ZTE kelajak avlod radiotarmoqlari tadqiqotlari borasida katta yutuqqa erishdi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 654           Дата: 4-12-2015, 12:44          

ZTE korporatsiyasi telekommunikatsion sanoat, korxonalar va iste’molchilar uchun mobil internet sohasida texnologik yechimlar yetkazib beruvchi xalqaro yirik kompaniya hisoblanadi va kelajak avlod radiotarmoqlari tadqiqotlari borasida katta yutuqqa erishdi.

Foto: ZTE

Kompaniya dunyodagi ilk tijorat D-MIMO (distributed multiple input and multipleoutput) texnologiyasini muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi.

ZTE kompaniyasi va uning hamkorlari tomonidan o‘tkazilgan maydondagi sinov ZTE radiotizimi D-MIMO texnologiyasi yordamida ma’lumotlar uzatish tezligini to‘qqiz martagacha oshirishini ko‘rsatdi.

Ochiq havoda o‘tkazilgan sinovlarda bir va bir necha foydalanuvchilar bilan ishlash ssenariysi o‘rganildi, shuningdek, tayanch stansiyalar ta’siri ham o‘rganilgan. Sinov tijorat jihatdan mavjud bo‘lgan qurilmalar yordamida o‘tkazildi.

ZTE kompaniyasining yangi D-MIMO tizimi boshqa terminallar bilan shovqinni minimallashtirish, antenna uzatish tayanch stansiyalari o‘rtasida to‘liq hamohanglikni ta’minlashdan tortib, foydalanuvchining terminali antennasigacha yetkazuvchi bog‘langan qo‘shma uzatish (Coherent – Joint Transmission) texnologiyasidan foydalanadi.

Non-Coherent-JT technology birgalikda uzatishning avvalgi texnologiyalari bilan taqqoslanilganda, birgalikda uzatish kogerent texnologiyasi foydalanuvchi terminali antennasiga kirishda 3 dB qo‘shimcha kuchni ta’minlaydi. Bu esa o‘z navbatida boshqa foydalanuvchi terminallari antennalarida nol boshqaruvni tashkil etadi, mazkur tizim ko‘p foydalanuvchili birgalikda uzatishga (MU-JT) erishib, signallar intereferensiyasini kamaytiradi.

Mobil aloqa tizimi odatda ko‘plab tayanch stansiyalarga ega bo‘ladi, tizim oxiridagi signaldagi kamchiliklar foydalanuvchi amaliyotiga ham ta’sir ko‘rsatadi. D-MIMO texnologiyasi tayanch bazalar o‘rtasidagi muvofiqlashtirilgan uzatish vositasida tizimning bir chetidagi ma’lumotlar tezligini samarali ravishda yaxshilashi mumkin, bu esa operatorlarning asosiy muammolaridan birini hal etadi.

D-MIMO texnologiyasi binolarda sinovdan o‘tkazilganida test natijalari shuni ko‘rsatdiki, MU-JT texnologiyasi nol darajadagi boshqaruvni tashkil etib, yopiq joyda ko‘p miqdordagi foydalanuvchilarning birgalikda yaxshi uzatilishini kafolatlaydi.

Test o‘tkazilayotgan bir dona hujayrada ideal holatda aralashmaslik to‘rt marotaba yuqori, sinovdan o‘tkazilayotgan bir necha hujayralar ularning aloqadagi kamchiliklarga bo‘lgan chidamliligini yuz marotaba oshiradi.

D-MIMO texnologiyasi muvaffaqiyati kelajak avlod radio imkoniyatlari texnologiyalari ishlanmalarida ZTE’ning afzalligini mustahkamlaydi. 2012-yilda ZTE ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ini muvofiqlashtirish uchun ishlab chiqarishni optimallashtirish maqsadida Cloud Radio yechimini taqdim etdi.

ZTE korporatsiyasi Massive MIMO texnologiyasi rivojida global darajadagi yetakchi sanaladi, ushbu texnologiya ma’lumotlar uzatish tezligini markazda va tarmoq chetidagi yuqori spektr samaradorligi evaziga oshiradi. Massive MIMO ZTE Pre5G kompaniyasining yechimi bo‘lib, Cloud Radio yechimi bilan birgalikda osonlikcha qo‘llanishi mumkin. U 4G LTE mavjud tarmoq infratuzilmasida 5G kelajak tarmoqlari ko‘rinishiga taqlid qiladi.

Noyabr oyida ZTE kompaniyasi Tokioda yangi ilmiy-tadqiqot markazi (R&D-markaz) ochilishi haqida e’lon qildi, bundan ko‘zlangan maqsad 5G va boshqa yangi avlod texnologiyalari borasidagi tadqiqotlarni kuchaytirishdan iborat.

ZTE — telekommunikatsion uskuna va mobil telefonlarni yetkazib beruvchi jahondagi yetuk kompaniya hisoblanadi. ZTE mahsulotlari assortimenti simli va simsiz aloqa, mobil va o‘rnatilgan terminallar bozorining deyarli har bir sektorini egallagan.

Bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlarida ZTE’ning ko‘plab vakolatxona va tadqiqot markazlari bor, unda o‘n minglab kishi mehnat qilyapti. Kompaniya 140 ta mamlakat va mintaqalarga uskuna va xizmatlarni yetkazib bermoqda, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Janubiy Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa, Lotin Amerikasi, Afrika va MDHdagi 500 dan ortiq aloqa operatorlariga xizmat ko‘rsatib kelyapti.

Hozirda ZTE kompaniyasi iqtisodiyotning turli sohalarida 50 dan ortiq yechimlarni taklif etyapti. Xitoy kompaniyasi iste’molchilar uchun ham mahsulotlar – telefonlardan tortib, smartfon va planshetlargacha taklif etyapti. Qayd etish lozimki, mazkur mahsulotni bizning bozorda ham xarid qilish imkoni bor. ZTE smartfonlarining asosiy dasturiy platformasi Android operatsion tizimi hisoblanadi.

ZTE’ning sho‘ba korxonasi 10 yildan oshdiki, O‘zbekiston Respublikasida o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida kompaniya ilg‘or telekommunikatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini taqdim etgan holda, mahalliy aholi uchun ish o‘rinlarini yaratib, aholining kommunikatsion texnologiyalar sohasidagi bilimlarini oshirib, O‘zbekistondagi mazkur soha rivojiga ulkan hissa qo‘shdi.

Reklama huquqi asosida


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031