Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

LG SIGNATURE IFA 2016 ko'rgazmasida Yevropa debyutini amalga oshirmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 162           Дата: 26-08-2016, 14:16          
LG SIGNATURE IFA 2016 ko'rgazmasida Yevropa debyutini amalga oshirmoqda

LG SIGNATURE mahsulotlari betakror me`morchilik obidalarida ajoyib san`at durdonalari sifatida namoyish etildi.

SeUL, 2016 yilning 26 avgusti – LG Electronics kompaniyasi Berlinda bo'lib o'tadigan IFA 2016 ko'rgazmasida Yevropa iste`molchilariga o'zining LG SIGNATURE deb atalgan premium-brendini taqdim qiladi. “Mavjudlik San`ati” galereyasi Messe Berlin ko'rgazma majmuasi hududida LG SIGNATURE dizayni falsafasi va o'z mahsulotlarining yuksak sifati hamda nafosat g'oyalarini namoyish qiladi.

LG SIGNATURE brendini Yevropada betakror va noan`anaviy tarzda namoyish etish uchun LG kompaniyasi mashhur musavvirlar hamda me`morlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishdi. Mahsulotlarga fon sifatida hizmat qiluvchi san`at namunalari kompaniyaning Londonda qaror topgan JYeyson BryujYes jamoasi bilan hamkorligi natijasidir.

LG SIGNATURE IFA 2016 ko'rgazmasida Yevropa debyutini amalga oshirmoqda

JYeyson BryujYes studiyasi innovatsion installyatsiyalar va tadbirlarni tashkillashtirish borasida butun dunyoga tanilgan. Studiya LG SIGNATURE mahsuloti uchun estetik va jismoniy metaforalar yaratdi. JYeyson BryujYes studiyasi o'z tajribasiga tayangan holda yoritish, harakat va tovush tomonidan LG SIGNATURE’ning har bir mahsulotiga munosib hayajonli va dinamik muhit yaratdi.

“LG SIGNATURE har bir loyihaning mohiyatini ko'rsatib berish g'oyasini ilgari surgan, shunday ekan, bu kollektsiyaning Yevropadagi debyuti badiiy muhitda o'tayotganligi mantiqqa javob beradi”, - dedi LG Electronics global marketing boshqaruvi a`zosi Brayan Na. “Premium-brendimizni Yevropada namoyish qilishda ana shunday betakror muhitda tajribali rassom JYeyson BryujYes ijod mahsullaridan fon sifatida foydalanishga muvaffaq bo'layotganimizdan g'oyatda hursandmiz”.

BryujYes studiyasining installyatsiyalari ko'rgazmada badiiy kayfiyat uyg'otadi, bu esa LG SIGNATURE’ning hayotdan eng yahshisini olib o'rgangan iste`molchilar nozik didiga urg'u berishidan dalolat beradi. LG SIGNATURE galereyasi bog'da 1 375 kvadrat metr maydonni egallaydi, pavil'onda 18ta Messe Berlin ko'rgazma majmuasi bo'lib, ular IFA ko'rgazmasiga tashrif buyurgan mehmonlar uchun ochiqdir.

«Ushbu art-loyiha ustida ishlash menga katta zavq bag'ishladi, chunki men mahsulotlarning minimalizmi, shuningdek fenomen va asosiy mohiyatidan ilhomlandim», - dedi BryujYes. «Umid qilamanki, har bir mahsulotning talqini uchun vaqt doirasidan tashqaridagi estetik jihatlardan foydalanib, biz bu ajoyib qurilmalarning badiiy sifatlarini iste`molchilarga Yetkazib bera oldik».

LG’ning eng yangi va eng premium brendiga doir tafsilotlardan bohabar bo'lish uchun www.LGSIGNATURE.com saytiga tashrif buyuring.

Reklama huquqi asosida. Hizmatlar litsenziyalangan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Популярные новости

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Март 2017    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     12345
    6789101112
    13141516171819
    20212223242526
    2728293031