Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ford va Baidu haydovchisiz avtomobillarga sarmoya kiritadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 126           Дата: 17-08-2016, 19:40          
Ford va Baidu haydovchisiz avtomobillarga sarmoya kiritadi

Amerikaning Ford avtomobilsozlik kompaniyasi 2021 yilga borib muqobil transport vositalarini ishlab chiqarish bo'yicha rejasini e`lon qildi. Yangi harakatlanish vositalari, kompaniyaga ko'ra, tom ma`noda muqobil bo'ladi. Uning na ruli, na tormoz va yoki gaz pedali bo'ladi.

Biroq, hulosa qilishga shoshilmang. Chunki, dastlab Ford muqobil mashinalari harakatlanadigan hudud keskin chegaralanadi. Kompaniya vitse-prezidenti Ken Vashingtonning so'zlariga ko'ra, ushbu mashinalarning haakati uchun hududni tanlashda, uning geografik joylashuvi hamda iqlimi e`tiborga olinadi.

Birinchi navbatda Ford kompaniyasining muqobil mashinalari Shimoliy Amerika ko'chalarida paydo bo'ladi. Biroq, kompaniya bu bilan chegaralanib qolish niyatida emas. Hozircha, muqobil mashinalarning qanday ko'rinishda bo'lishi ham ma`lum emas. Vashingtonning so'zlariga ko'ra, ular Ford Fusion negizida ishlab chiqarilishi mumkin.

Avtomobilsozlik kompaniyasi 2021-yilda belgilangan rejani to'liq amalga oshirish maqsadida haydovchisiz boshqariladigan startaplarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. 17-avgust kuni ma`lum bo'lishicha, Amerika kompaniyasi Hitoyning yirik internet qidiruv hizmati Baidu bilan hamkorlikda Amerikaning Velodyne LiDAR Inc kompaniyasiga 150 mln dollar miqdorida sarmoya kiritadi. Bu kompaniya yuqori aniqlikdagi sensorlar va radarlarni ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi.

Lidar tehnologiyasi harakatlanayotgan avtomobil' atrofidagi vaziyatni baholash, hususan to'siqlarni aniqlash uchun lazerdan foydalanishni ko'zda tutadi.


Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн