Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

"Honda" yangi avloddagi Civic hetchbekining suratlarini namoyish qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 113           Дата: 16-08-2016, 13:47          

Honda kompaniyasi 10-avloddagi Civic hetchbekining rasmiy suratlarini tarqatdi. Hozircha modelning Shimoliy Amerika uchun versiyasi suratlari chop etildi. Bu mashina kuzda sotila boshlanadi. Mashinaning Yevropa varianti oktyabrda Parij avtosalonida namoyish qilinadi, sotuvga esa 2017 yil boshida chiqariladi.

Yangi mashina 2015 yilda JYenevadagi motorshouda taqdim qilingan shunday nomdagi prototip uslubida bajarilgan. Suratlarda modelning qimmatbaho versiyasi Sport Touring tasvirlangan. U standart modeldan tajovuzkor kuzov osma detallari, jumladan orqa spoyler, kengaytirilgan yon "yubkalar", ikkita tutun chiqarish quvuri bilan farqlanadi.

AQShda mashina 1,5 litrli benzin dvigateli bilan taklif qilinadi, bu dvigatel' standart versiyada 174 ot kuchiga, qimmatbaho versiyada esa 180 ot kuchiga erishadi. Uzatmalar qutisi olti pog'onali mehanikyoki variator ko'rinishida ishlangan.

Mashinaning Yevropacha varianti uchun 1 litrli benzinli dvigatel' asosiy dvigatel' bo'ladi. Uning quvvati 100 ot kuchini tashkil qiladi. Bundan tashqari, 1,5 litrli purkamali va 1,6 litrli dizel' dvigatellar ham taklif qilinadi.

Mashina moslashuvchan kruiz-kontrol', bosh yorug'likning yorug'lik-diodli faralari, yo'lda qatorlab harakatlanishni kuzatish tizimi, old to'qnashuvlardan ogohlantiruvchi funktsiya bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, mashina uchun Apple CarPlay va Android Auto’ga ega mul'timedia majmuasini buyurtirish mumkin.

Keyinroq mashinaning quvvatlangan Type R varianti paydo bo'ladi. Dastlabki ma`lumotlarga ko'ra, hot-hetch ikki litrli, 310 ot kuchidan 345 ot kuchigacha bo'lgan dvigatel' bilan jihozlanadi. Bu model' 2017 yil ohirlariga yaqin namoyish qilinadi.

"Honda" yangi avloddagi Civic hetchbekining suratlarini namoyish qildi

"Honda" yangi avloddagi Civic hetchbekining suratlarini namoyish qildi

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031