Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Tim Kukning Apple'dagi 5 yillik faoliyati sarhisobi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 115           Дата: 15-08-2016, 17:46          
Tim Kukning Apple'dagi 5 yillik faoliyati sarhisobi

13 avgust kuni Apple bosh rahbari Tim Kuk o'z lavozimini egallaganiga besh yil to'lishi munosabati bilan The Washington Times gazetasi uning ishtirokidagi katta interv'yuni taqdim etdi. Ma`lumki, 2011 yilning avgust oyi ohirida Stiv Jobs sog'lig'i tufayli kompaniya boshqaruvini topshirgan. Kuk interv'yu davomida Apple'ning o'tmishdagi hatolari, smartfonlar bozoridagi hukmronligi, o'z hayot tarzi va biroz kompaniya yangiliklari bilan bo'lishdi. E`tiboringizga suhbatning eng diqqatga sazovor lavhalarini havola etamiz.

Bosh direktor lavozimi haqida

Kuk dastlab bosh direktor bo'lishni istamasligini aytgan, u daromad va harajatlarni hisoblab, direktorlar kengashi va aktsiyadorlar oldida hisobot topshirish o'rniga kompaniya hodimlari, turli mamlakatlardagi mijozlari, qurilmalarni yig'adigan ishchilar haqida qayg'urishni hush ko'radi.

"Ehtimol, mening qarashlarim an`anaga u qadar to'g'ri kelmas. Buning uchun meni ba`zan tanqid ham qilishadi, bilaman.

Bosh direktor lavozimi yolg'iz kishilarga mo'ljallanganligi haqidagi gap-so'zlar har tomonlama to'g'ri. Men hech kimdan hamdardlik kutmayman. Mening ishim dunyodagi eng yahshi ish".

Smartfonlar bozori haqida

Ikki chorakdan buyon davom etib kelayotgan ayfon sotuvlarining pasayib ketishi tufayli ko'pchilik tahlilchilar Apple'ga qarshi gapira boshlashdi - kompaniya daromadining uchdan ikki qismi aynan ayfonlar sotuvidan tushmoqda. Biroq ularga bo'lgan qiziqish pasaya boshladi.

Tim Kukning Apple'dagi 5 yillik faoliyati sarhisobi

Kukning fikricha, smartfonlar Apple uchun eng maqbul bozorligicha qolmoqda, zero komp'yuterlar va televizorlar kichik miqdorda sotilmoqda: ularni bir necha kishi bir bo'lib ishlatishi mumkin, smartfon esa har bir insonga kerak. Bundan tashqari Kukning so'zlariga ko'ra, inson kelgusida smartfonga yanada ko'p bog'lanib qoladi.

"Sun`iy intellekt bu mahsulotning ahamiyatini yanada kuchaytiradi. Smartfon bugunga nisbatan yahshiroq yordamchiga aylanadi. Bugungi kunda smartfonsiz uydan chiqmasangiz-da, kelajakda siz unga butkul bog'lanib qolasiz.

Ishlab chiqarish darajasi shiddat bilan yuqoriga ko'tariladi va smartfonlarning o'rnini hech nima bosa olmay qoladi.

Tushunaman, 90 kunlik davrlarga e`tibor beruvchi kishilar "Voy Hudoyim, smartfonlar sanoati 1 foizga ko'tarilibdi yoki 6 foizga tushibdi", deyishadi. O'zingiz yahshi bilasiz, dunyo iqtisodiyoti hozir oson davrni boshdan o'tkazmayapti. Agar siz uzoq muddatni ko'zlab qarasangiz, smartfon bozori - Yer yuzidagi eng yahshi bozor ekanligini ko'rasiz".

Apple'ga medianing ta`siri haqida

Kuk bosh direktor bo'lgan yil ijtimoiy tarmoqlarning ta`siri yanada ortdi. Apple'ning muhlislari va raqiblari kompaniya haqida fikrlarini bildira boshlashdi, bu ommaviy ahborot vositalari nazaridan chetda qolmadi, albatta. Buning natijasida esa kompaniya yanada ko'zga tashlana boshladi.

Tim Kukning Apple'dagi 5 yillik faoliyati sarhisobi

Kuk bosh direktor kursisiga o'tirganida Jobsning o'limidan keyin matbuotning kompaniyaga bo'lgan qiziqishi susayadi, deb o'ylagan, biroq bunday bo'lmadi.

"Inson yanada kuchli bo'ladi - 2011 yilning avgustidan hattoki terim ham qalinlashdi. Bu gapni yomon ma`noda aytmadim: bu mening qo'pollashganim yoki beparvoligimni bildirmaydi. Shunchaki ko'p narsalarni yahshi farqlay boshladim".

O'tmishdagi hatolar haqida

O'z lavozimida qanday hatolarga yo'l qo'ygani haqidagi savolga Kuk ikkita hatosi - Apple kartalari va ulgurji savdo uchun nomunosib kishini tanlaganini yodga oldi.

Tim Kuk 2012 yildayoq Apple kartalarining past sifati uchun uzr so'ragan: muvaffaqiyatsiz mahsulot iOS uchun mas`ul shahs - Skott Forstallning iste`fosiga sabab bo'lgan. 2013 yilning noyabr' oyida Kuk Burberry'ning bosh direktori AnjYela Arendtsni ulgurji savdoni rivojlantirish maqsadida ishga oladi.

"Katta kompaniyalarning odatiy hatosi - o'z ayblarini tan olmaslik. Ularning g'ururi ayb ish qilganliklarini tan olishga yo'l qo'ymaydi. Mening fikrimcha, buni qanchalik tez tan olsang, shunchalik yahshi. Vijdoning oldida toza bo'lsang, odamlar senga yana bir imkoniyat berishadi. Agar boshingni qumga tiqib, hato qilishda davom etaversang, o'ylashimcha, hodimlaringni va mijozlaringni yo'qotasan".

Raqobat haqida

Facebook, Google va Amazon'ning sun`iy intellekt tehnologiyalari bilan raqobat to'g'risidagi savolga javob berishni Tim Kuk izohlardan boshladi. U Apple hozirda quvib Yetuvchi pozitsiyasida, deb hisoblamaydi.

"Biz Siri'ni 2011 yildan beri ishlab chiqaramiz va Siri doim sen bilan. Sen qiladigan ishlaring ro'yhati haqida faqatgina oshhonada paytingda eslamaysan".

Kuk sun`iy intellektning boshqa joylarda qo'llanishini aytib o'tdi: masalan, klaviaturalarni bosganda so'zlarning paydo bo'lishi, suratlarda kishilar yuzini aniqlash, mashina qaYerda to'htaganiga doir eslatma.

Tim Kukning Apple'dagi 5 yillik faoliyati sarhisobi

Apple rahbari jurnalistning kompaniya avtomobili loyihasi atrofidagi gap-so'zlar haqidagi savolni boshqa tomonga burib yubordi (bu bilan bunday loyihaning mavjudligini tasdiqladi hisob), lekin Apple to'ldirilgan reallik tehnologiyasi qo'llangan mahsulot ustida faol ish olib borayotgani to'g'risida so'zlab berdi.

"Men e`lon qilinmagan narsalar haqidagi savollarga javob bera olmayman. Bizning fikrimizcha, odamlar kutilmagan sovg'alarni yahshi ko'rishadi. Bugungi kunda ularning soni ko'p emas".

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн