Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

BMW avtopiloti amerikalik suzuvchilarga Olimpiadada yutishga yordam berdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 137           Дата: 13-08-2016, 22:12          
BMW avtopiloti amerikalik suzuvchilarga Olimpiadada yutishga yordam berdi

AQShlik suzuvchilar Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadaga tayyorgarchilik ko'rish vaqtida BMW’ning avtopilotida ishlatiladigan tehnologiyadan foydalandilar. Bavar markasi bu tehnologiyani suzuvchilar uchun moslashtirdi va u suzish bo'yicha AQSh terma jamoasi tomonidan o'tgan yildan beri ishlatilmoqda, deb habar bermoqda Bloomberg agentligi.

Amerikalik suzuvchilar tomonidan avtopilot tehnologiyasidan foydalanilayotgani haqida agentlikka suzuvchilarning murabbiylari va bavar markasi vakillari aytib berishdi.
BMW suv ostiga suzuvchilarning harakatlarini sanaydigan kameralarni o'rnatdi. Huddi shunga o'hshash kameralar yordamida BMW avtopiloti harakatlanayotgan va qo'zg'almay turgan ob`Yektlarni taniy oladi.

12 avgust holatiga ko'ra, AQSh terma jamoasi 16 ta oltin medal' bilan Olimpiadaning jamoaviy hisobida Yetakchilik qilmoqda. Ulardan 11 tasi suzuvchilar tomonidan qo'lga kiritilgan. O'yinlardagi AQShning bayroqdori Maykl Felpsning o'zi 4 ta oltin medalni qo'lga kiritib, 22 karra Olimpiya chempioni bo'ldi.

Suv osti kameralari sportchining tanasiga biriktirilgan yorug'lik-diodli elementlarga javob beradi. Olingan ma`lumotlar suzuvchilarga o'z tehnikalarini mukammallashtirishga yordam beradi. Ma`lum qilinishicha, pilotsiz tehnologiyaning amerikalik suzuvchilarning ehtiyojlariga moslashtirilishi nemis kompaniyasiga praym-taym vaqtida ko'rsatilgan bir nechta reklama roligi qiymati, ya`ni 300-600 ming dollarga tushgan.

2013 yilda BMW amerikalik bobsleychilar uchun chanalar yaratgandi. Nemis kompaniyasi yaratgan chanalarda ishtirok etgan amerikalik bobsleychilar Stiven Holkomb va Stiven Lengton AQSh uchun bu sport turida 62 yil ichidagi birinchi medalni keltirdilar. 2016 yilda BMW AQShlik paralimpiyachilar uchun poyga aravachasini yaratdi va u Riodagi Paralimpiya o'yinlarida ilk bor qo'llanadi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031