Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 235           Дата: 13-08-2016, 21:59          

Yetti yil avval San-Frantsiskoda smartfon yordamida mashina buyurtma qilish imkonini beruvchi UberCab nomli startap o'z faoliyatini boshladi. O'shandan beri Uber kompaniyasi servislari butun Yer shari bo'ylab kengayib ketdi. Kompaniya bugungi kunda 58 mamlakatda hizmat ko'rsatadi va uning bahosi 60 milliard dollardan ortiq baholanadi. Bu oson kechmadi, albatta. Startapning bahosi o'sgan bo'lsa-da, raqobat va taqiqlar bilan kurashish oson kechmadi.

Bugungi kunda ham Uber kompaniyasining yo'lida avvalgidek to'siqlar paydo bo'lmoqda - bunda an`anaviy taksi hizmatlari va hattoki o'z hodimlarining "hissalari" katta.

Uber bugungi mavqeiga erishgunga qadar qanday yo'llarni bosib o'tdi? Uning bosh direktori Trevis Kalanik qanday kunlarni boshidan o'tkazdi? 1998 yilning iyun' oyi. Scour startapi investitsiyalarning birinchi transhini Disney korporatsiyasi sobiq prezidenti Maykl Ovits va Yucaipa Companies hususiy investitsiya firmasi vakili Ron Byorkldan qabul qildi. Ushbu loyihada ishtirok etish uchun Kalanik Los-AnjYelesdagi Kaliforniya universitetidagi o'qishini ham tashlab ketgan.

2000 yilning oktyabr' oyi. Scour bir necha ko'ngilochar kompaniyalarning tahminan 250 milliard dollarlik da`vo ob`Yektiga aylandi va inqiroz haqida e`lon qildi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2007 yilning aprel' oyi. Kalanik 2001 yilda o'zi asos solgan RedSwoosh kompaniyasini 23 million dollarga sotdi va millionerga aylandi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2008 yilning dekabr' oyi. LeWeb tehnologiya konferentsiyasida Kalanik keyinchalik Uber'ga aylangan g'oya haqida eshitib qoladi. U telefon yordamida qimmatbaho avtomobillar ijara narhini qanday tushirish borasida bosh qotiradi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2009 yilning mart oyi. Qimmatbaho qora avtomobillarni buyurtma qilish servisi - Uber (u payt UberCab) kompaniyasiga asos solindi. Kompaniyaning birinchi versiyasini Gerrett Kemp, Oskar Salazar va Konrad Uilanlar yaratishgan, Kalanik esa "megakonsul'tant" rolida qatnashgan. Uning so'zlariga ko'ra, o'sha payt kompaniyada uni "bosh inkubator" deb atashgan.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2010 yilning yanvar' oyi. Kalanik Twitter'da shunday deb yozadi: "Geolokatsiyaga asoslangan yangi loyihani boshqarish uchun biznesni rivojlantirish bo'yicha mahoratli mutahassis izlayapmiz. Hozircha mahsulot chiqarilmagan, katta kapital, nufuzli kishilar jalb qilingan - mo'ljalingizda kimdir bormi?". Ushbu e`lon asosida kelgan Rayan Greyvs keyinchalik kompaniyaning bosh direktoriga aylanadi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2010 yilning iyun' oyi. Uber San-Frantsiskoda yo'lga qo'yiladi. U paytlar kompaniya hizmati taksi hizmatidan 1,5 barobar qimmat bo'lgan, lekin mashinani birgina tugmani bosib yoki SMS orqali chaqirish mumkin edi. Shu bois servis tez orada tanilib ketdi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2010 yilning oktyabr' oyi. Uber Kalanikning do'sti Kris Sakkiga tegishli First Round Capital kompaniyasi va Napster hammuassisi Shon Fenningdan 1,25 million hajmda investitsiyalar olib, moliyalashtirishning birinchi raundini yopadi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2010 yilning dekabr' oyi. Bosh direktor lavozimini egallagan Rayan Greyvs o'z o'rnini Kalanikka bo'shatib beradi. Keyinchalik Greyvs yana kompaniyani boshqaradi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2011 yilning fevral' oyi. Uber kompaniyasi moliyalashtirishning A seriyali raundini 11 million dollar hajmda yopadi. Kompaniya 60 million dollarga baholanadi. Raundni Benchmark fondi olib boradi, uning hamkori Bill Hyorli esa Uber'ning direktorlar kengashiga qo'shiladi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2011 yilning may oyi. Uber hizmati N'yu-Yorkda yo'lga qo'yiladi - bugungi kunda bu kompaniyadagi eng katta va murakkab bozorlardan biri. 2015 yilning aprel' oyidan 2016 yilning apreligacha Uber bu Yerda kuniga o'rtacha 170 ming marta yo'lovchi tashish ishlarini olib borgan.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2011 yilning dekabr' oyi. Uber halqaro ekspansiyani boshlaydi. Bu borada tanlov Parijda to'htaydi. Bundan tashqari, 32 million summa bilan V seriyali moliyalashtirish raundi yopiladi. Unda Menlo Ventures fondi, Amazon rahbari JYeff Bezos va Goldman Sachs banki ishtirok etadi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2012 yilning iyul' oyi. Uber dastlab mahfiy bo'lgan loyihasi - Uber X arzon servisi haqida ma`lum qiladi. Hizmat endi ish boshlaganida Toyota Prius va Cadillac Escalade kabi noyob mashinalarga buyurtma qabul qiluvchi original servisdan 35 foizga arzon bo'lgan. Kalanikning so'zlariga ko'ra, "Uber — hayot tarzi va tashish hizmatlari birikmasi".

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2012 yilning avgust oyi. San-Frantsiskoda Uber'ning asosiy raqibi Lyft ishga tushiriladi. Shaharda narh-navo urushi kuzatiladi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2013 yilning avgust oyi. Uber Hindiston va Afrikaga Yetib keladi hamda Google Ventures'dan 258 million dollar olib, S seriyali moliyalashtirish raundini yopadi. Kompaniya 3,76 milliard dollarga baholanadi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2014 yilning aprel' oyi. Uber kompaniyasi Manhettan hududida velosiped Yetkazib beruvchi UberRUSH hizmatini yo'lga qo'yadi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2014 yilning iyul' oyi. Uber Hitoyga keladi va ohir-oqibat bu mamlakat kompaniya uchun eng ahamiyatli bozorga aylanadi - kompaniya hizmatlarini taqdim etuvchi eng yirik 10 shahardan 5 tasi Hitoy hududiga to'g'ri keladi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2014 yilning avgust oyi. Uber kompaniyasi hamroh bilan sayohat qilish va pulini bo'lishib to'lash imkonini beruvchi UberPOOL servisini ishga tushiradi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2014 yilning dekabr' oyi. Uber Hitoyning Baidu qidiruv gigantidan 600 million dollarga ega bo'ladi. Endi hitoy servisining mobil qidiruvi va haritasi Uber bilan integratsiya qilinadi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi



2015 yilning yanvar' oyi. Uber Honkongda harakatlanish va yuk Yetkazishning barcha talablarini qondiruvchi UberCARGO servisini yo'lga qo'yadi. Uning shiori - "tovarlar uchun VIP-sayohat".

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2015 yilning mart oyi. Uber kompaniyasi deCarta kartografik startapini sotib olish jarayonini boshlaydi - ehtimol, bu Google Maps'ga tobelikni kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Bu kompaniyaning birinchi qo'lga kiritgan startapi bo'ldi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2015 yilning aprel' oyi. Kompaniya bir necha daqiqa ichida taom Yetkazib beruvchi UberEATS'ni yo'lga qo'yadi. Servis to'rt shaharda o'z ishini boshlaydi: Los-AndjYeles, Barselona, Chikago va N'yu-York. Bugungi kunga kelib, bu hizmat AQShning 23 shahrida faoliyat ko'rsatadi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2015 yilning may oyi. Uber o'zining robot-tehnika markaziga Karnegi-Mellon universitetidan 40 nafardan ortiq hodimni o'ziga og'dirib oladi - bu Yerda haydovchisiz avtomobil' yaratiladi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2015 yilning iyun' oyi. Butun Frantsiya bo'ylab noroziliklar avjiga chiqadi: taksi haydovchilari va ularning tarafdorlari yo'l harakatini to'htatib qo'yishadi, shinalarni yoqishadi va Uber haydovchisi deb hisoblagan kishilariga hujum qilishadi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2015 yilning iyun' oyi. Kaliforniya mehnat komissiyasi Uber haydovchisi - mustaqil emas, yollanma ishchi ekanligi haqida qaror qabul qildi. Bunday qaror kompaniyaning biznes-modeliga nisbatan shubha uyg'otadi. Qaror San-Frantsiskoda yashovchi haydovchi Barbara Enn Bervikning Uber'ga qarshi arziga javoban qabul qilingan.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2015 yilning sentyabr' oyi. Hitoy bo'limi mamlakat bozori uchun kurashga 1,2 milliard dollar hajmda moliyalashtirishni jalb qiladi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2015 yilning oktyabr' oyi. Uber rasman UberRUSH dasturini yo'lga qo'yadi - u 2014 yilning aprelidan test rejimida hizmat ko'rsatgan.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2016 yilning yanvar' oyi. Uber halqaro ekspansiyani moliyalashtirish uchun yana 2 milliard dollar hususiy kapitalni jalb qiladi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2016 yilning fevral' oyi. Uber rossiyalik milliarder Mihail Fridmandan 200 million dollar miqdorda investitsiya oladi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2016 yilning fevral' oyi. Uber servis reklamasiga doir shikoyat natijalariga ko'ra, 25 nafar yo'lovchisiga 28,5 million dollar to'lashga rozilik beradi. Bitim shartlariga ko'ra, kompaniyaga bundan buyon "sohadagi eng yahshi" yoki "o'z yo'nalishida eng yahshi" iboralarini qo'llash taqiqlanadi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2016 yilning may oyi. Uber va uning raqibi Lyft Ostin shahri (Tehas) aholisi haydovchilarning barmoq izlarini to'plash uchun ovoz berganidan keyin u Yerdan ketadi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2016 yilning may oyi. Uber va Toyota "Hamkorlik memorandumi"ni imzolashadi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2016 yilning iyun' oyi. Uber Saudiya Arabistoni Investitsiya fondidan eng yirik individual investitsiya - 3,5 milliard dollarni jalb qiladi. Fondning boshqaruvchi direktori Yosir al-Rumayyan kompaniyaning direktorlar kengashi a`zosiga aylanadi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2016 yilning iyun' oyi. Kalanik Uber'ning butun dunyo bo'ylab yuzlab shaharlarda daromad keltirayotganini, biroq bu pullar hitoylik raqib - Didi'ga qarshi urushga qayta investitsiya qilinayotganini ma`lum qiladi. Uning so'zlariga ko'ra, bu kurash kompaniya uchun bir yilga milliard dollarga tushadi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2016 yilning iyul' oyi. Uber yana 1,15 milliard dollar qo'lga kiritadi - bu safar zayom ko'rinishida. Kompaniya past foizli stavkalardan foydalanadi va "global ekspansiya va operatsion faoliyatni, shuningdek ilmiy tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash uchun" kredit oladi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2016 yilning iyul' oyi. Uber Vengriyada muammoga duch keladi. Qonunchilik ish faoliyatini yakunlashga majbur qiladi va kompaniya bu Yerdan ketishiga to'g'ri keladi. Bunga taksichilarning ko'p oylik norozilik namoyishlari sabab bo'ladi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2016 yilning iyul' oyi. Oyning o'rtasida kompaniya buyurtmalari sonining 2 milliardga Yetganini ma`lum qiladi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2016 yilning iyul' oyi. Federal sud Uber'ni kompaniyaga qarshi ish ochgan shahs haqida mustaqil ma`lumot olish uchun hususiy detektiv kompaniyasiga murojaat qilganlikda ayblaydi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2016 yilning iyul' oyi. Hitoy hukumati ko'chada taksi "tutish" imkonini legalizatsiyalashtiradi. Bu esa Uber va Didi'ga katta muammo tug'diradi. Didi Hitoyning 400dan ortiq shahrida, Uber esa 100ga yaqin shahrida hizmat ko'rsatadi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

2016 yilning iyul' oyi. Hitoy bozoridagi kurash nihoyasiga Yetadi - Didi va Uber 35 milliard dollarlik birlashuv haqida kelishib olishadi.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

Uber dunyodagi eng qimmat startapligicha qolmoqda. U Osiyo va Janubiy Amerikani qamrab olish, haydovchisiz transport tehnologiyasini rivojlantirish va milliardlab moliyalashtirishni jalb qilishda davom etmoqda. Kompaniya birjaga chiqqanicha yo'q - Kalanikning so'zlariga ko'ra, u bu ishni imkon qadar ortga surishni rejalashtirmoqda, - biroq Didi bilan kelishuv bunga uzoq qolmaganini bildirishi mumkin.

Uber qanday qilib dunyoning eng qimmat startapiga aylandi

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн