Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

1945-yili o'g'irlangan «Mersedes» 7 mln Yevroga sotiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 229           Дата: 10-08-2016, 12:10          

Bonhams kimoshdi savdo uyi 1935-yilda ishlab chiqilgan hamda ittifoqchi qo'shinlar tomonidan 1945-yili o'g'irlanib, Germaniyadan olib chiqib ketilgan Mercedes-Benz 500K Special Roadster mashinasini sotuvga qo'ydi. Ushbu ajoyib avtomobil' besh milliondan Yetti million Yevrogacha sotilishi mumkinligi aytilmoqda.

1945-yili o'g'irlangan «Mersedes» 7 mln Yevroga sotiladi

Rodster nemis sanoatchisi Hans Primga tegishli bo'lib, Ikkinchi jahon urushidan keyin, mashinasini o'zining shahar tashqarisidagi qasriga yashirib qo'ygan bo'lgan. Prim hibsga olinib, qamoqqa tashlangan, uning «Mersedes»ini amerikalik askarlar topib olishib, AQShga olib chiqib ketishgan.

2011-yili rodsterni niderlandiyalik avtomobil' kollektsioneri Frans van Hare 3,7 million dollar evaziga sotib olgandi. Shundan so'ng, van Hare uni Germaniyaning Essen shahrida bo'lib o'tgan klassik mashinalar ko'rgazmasiga olib borgan, mahalliy hukumat esa, «Mersedes»ga egalik qilish huquqining qonuniyligiga shubha qilib, transport vositasini musodara qilgandi.

1945-yili o'g'irlangan «Mersedes» 7 mln Yevroga sotiladi

2012-yili van Hare va Prim oilasi vakillari o'rtasida sud tortishuvi bo'lib o'tgan. Hamburg sudi esa, ittifoqchi qo'shinlar avtomobilga noqonuniy egalik qilishgani to'g'risida qaror chiqargan hamda mashinani o'z egasining yaqinlariga taqdim etgan.

Mercedes-Benz 500K rusumli rodster 1934-1936 yillarda ishlab chiqilgan. Unga besh litrli, bir qatorli sakkiz tsilindrli motor o'rnatilgan bo'lib, 160 ot kuchiga ega. Ushbu mashinadan «rodster» kuzovida jami 28 ta ishlab chiqilgan.

1945-yili o'g'irlangan «Mersedes» 7 mln Yevroga sotiladi

Mercedes-Benz 500K Special Roadster savdosi 3-sentyabr' kuni Frantsiyaning Shantiyi shahrida bo'lib o'tadi.

1945-yili o'g'irlangan «Mersedes» 7 mln Yevroga sotiladi

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн