Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“OLED – buni ko'rmasang bo'lmaydi!”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 280           Дата: 8-08-2016, 21:44          
“OLED – buni ko'rmasang bo'lmaydi!”

Kinorejissyor Frensis Koppolla LG OLED TV haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashadi

Kinorejissyor Frensis Ford Koppola to'q rangli, belgili tasvirlar haqida yahshi ma`lumotga ega. Kinoteatrlarda original Technicolor uskunalari Yetishmayotgan bir vaqtda OLED televizorlari tim qora kinematografik sahnalar uchun ayni muddao.
Bu OLED’ga bo'lgan qiziqishi LG kompaniyasining spikeriga aylantirgan 77 yoshli rejissyor mazkur tehnologiyaga oid fikrlari bilan o'rtoqlashdi. LG – bunday yuqori sifatli ekranga ega televizorlarni yaratuvchi yagona ishlab chiqaruvchi.
«Men uchun – bu yorqin, haqqoniy va tiniq tasvirlarning tiklanishi. Mazkur tehnologiya tufayli qora rangdan boshlab to oq ranggacha ranglar spektri nazorat ostida bo'ladi», - dedi u USA Today nashriga bergan interv'yusida.
Koppolaning «Don Karleone», «Cho'qintirgan ota» fil'mlari to'q rangli sahnalarga boy. «Apokalipsis hozir» fil'mida Martin Shin (kapitan Uillard rolida) daryodagi tim qora suvdan chiqib keladi. Brem Stokerning «Drakula»sida esa ajin bosgan qonho'r vampir (Geri Oldman) britva lezviyasidan qip-qizil qonni yalaydi.
Koppolaning aytishicha, «Cho'qintirgan ota» fil'mi stsenariynavisi – «Zulmat shahzodasi» laqabini olgan Gordon Uillis «fil'mning to'q ranglarda olinishi borasida tavakkalga qo'l urgan». «U fil'mni shunday tasvirga olganki, kadrlar deyarli ekspozitsiyasiz bo'lgan, lekin u ishining uddasidan chiqib, ularni juda chiroyli suratga olishga muvaffaq bo'lgan. Fil'mni LG’ning OLED televizorlari ekranida tomosha qilsangiz, Siz haqiqatdan ham yorqin qora tuslarni qora fonda ko'rasiz».
Agar OLED’ga mehr qo'ygan bo'lsangiz, u holda faqat LG Sizlarga bunday imkoniyatni tuhfa qiladi. Biroq OLED displeylarini ishlab chiqarish katta harajat talab qiladi. Raqobat yo'q bo'lgan hollarda OLED displeyning narhlari nisbatan keng tarqalgan LCD displeylardan ancha yuqori bo'ladi. Boshqa ishlab chiqaruvchilar ham bozorga OLED displeylarni olib chiqishni rejalashtirishgan, lekin uni amalga oshirishmagan.
Ular USA Today’ga bergan interv'yularida tadqiqot o'tkazishda davom etishayotgani va televizion ekran tehnologiyalari borasidagi yangi imkoniyatlar uchun ochiq ekanliklarini ma`lum qilishgan. Ularning bildirishicha, noorganik kvant nuqtali panellar iste`molchilar uchun eng yahshi tanlov hisoblanadi.
Koppola olti yil avval Hollivud kinostudiyasidagi yozuv stolining ustida kichik OLED displeyini ko'rib qolganidan buyon LG kompaniyasi nomidan matbuot-konferentsiyasi o'tkazib, o'zining taassurotlari bilan bo'lishadi. “Harakatlanishini hisobga olmaganda, bu mohirona chop qilingan suratdek ko'rinardi”, - dedi u.
U paytlar hattoki 20 dyuymli hajmga ega displey ham juda qimmat – tahminan 20 000 dollarni tashkil qilgan va u keng ommaga mo'ljallanmagan bo'lgan. Koppola displeylar uchun yorug'lik talab qilmaydigan ul'trayupqa organik tasmalar yaratuvchi tehnologiyani kuzatishda davom etadi.
LCD va LED displeylardan farqli o'laroq, OLED displeyi undan elektr toki o'tayotganda o'z yorug'ligini o'zi yaratadi. Ushbu organik tehnologiya boshqa tasvirlash usullariga nisbatan haqqoniy tasvirlarni Yetkazib beradi.
LG o'zining 55 va 65 dyuymli 4KOLED televizorlari sotuvini yo'lga qo'ygandan keyin «Oskar» mukofotining to'rt karra sohibi 2015 yilda ikkita shunday displey harid qildi.
«Men ularning narhini so'ramaganman (u paytlar 5500 va 7000 dollar), men ularni darhol buyurtma qilganman», - dedi u. Shundan so'ng Koppola bunday yassi ekran bor yo yo'qligini bilish uchun LG kompaniyasining marketing bo'limi bilan bog'langan.
Shu tariqa Koppola LG matbuot spikeri rolida ishtirok etishga rozilik bergan – u bu rolni pul uchun ijro etmasligini bildirdi, chunki rejissyorning aytishicha, “men bu tehnologiyaga juda qiziqib qolganman va uni qo'llashni sevaman”.
LG unga uy uchun bir nechta yassi ekranli OLED 4K televizorlarini taqdim qildi. O'z navbatida Koppola OLED haqida video tasvirga olib, USA Today’ga interv'yu berishga rozi bo'lgan.
Koppolaning aytishicha, u bir haftada 20 ta fil'mni tomosha qiladi – u dolzarb fil'mlar yaratish uchun talabga ko'ra videolar oqimini tomosha qiladi.
«Mijoz oqimli servislar orqali videoni uyda ko'rish imkoniga ega bo'ladi, buning uchun aksariyati qiziqtirmaydigan 150 kabel' stantsiyasiga ulanishga hojat qolmaydi», - dedi u. «Biz yangi davrda yashayapmiz va bu iste`molchi talabini birinchi o'ringa qo'yadi».
«Men uchun bu - yorqin, haqqoniy va tiniq tasvirlar taqdim etilgan estetikaning tiklanishi, zero ushbu tehnologiya sharofati bilan qoradan oqqacha bo'lgan ranglar spektri nazorat ostida bo'ladi».

Frensis Ford Koppola.

Reklama huquqi asosida.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн