Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sun`iy intellekt bemorni saratondan halos etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 151           Дата: 8-08-2016, 21:33          
Sun`iy intellekt bemorni saratondan halos etdi

Yaponiyada IBM kompaniyasi muhandislari tomonidan yaratilgan komp'yuter "ongi" bemorda leykemiyaning kamyob turini aniqlab, uning hayotini saqlab qolishga yordam berdi. Bir necha oy avval 60 yoshli ayolga noto'g'ri tashhis qo'yilgan, biroq sun`iy intellekt deyarli 10 daqiqada halokat bilan tugashi mumkin bo'lgan hatoni to'g'irlashga muvaffaq bo'lgan.

Watson superkomp'yuteri bemorga aniq tashhis qo'yib, uning genetik ko'rsatkichlarini boshqa ma`lumotlar bilan taqqoslash hamda davolash muolajalarini belgilashi uchun aynan shuncha vaqt talab qilindi. NDTV telekanalining habar berishicha, bundan avval Watson boshqa bir mijozda ham kamyob onkologik kasallikni aniqlagan.

Dastlab Tokio universiteti qoshidagi Tibbiyot fanlari instituti olimlari ayolga o'tkir miYeloid leykemiya tashhisini qo'yishdi. Saratonga qarshi turli dori vositalari bilan davolash hech qanday natija bermaganidan keyin shifokorlar IBM'ga yordam so'rab murojaat qilishga qaror qilishdi.

Bir necha yildirki, Watson kasalliklarga tashhis qo'yish bilan shug'ullanadi. Bugungi kunda davolash yo'lini tanlash uchun shifokorlarga bir necha haftadan bir oygacha vaqt ketmoqda. Superkomp'yuter esa bir necha daqiqa ichida aniq natijani ko'rsatadi.

"Ong" juda ko'plab ilmiy jurnallar va klinik sinovlar ma`lumotlariga kira oladi. Superkomp'yuter shu tariqa insoniyatning onkologik kasalliklarni davolash sohasidagi barcha bilimlarini jamlab, hattoki o'lim yoqasidagi kishilarning hayotini saqlab qolishi mumkin.

Watson 2011 yilda Jeopardy televiktorinasida amerikalik bilimdonlar ustidan qozongan g'alabasidan keyin tanilib ketdi. IBM olimlari mazkur tizimni ishlab chiqarishga to'rt yildan ortiq vaqt sarflashgan. Superkomp'yuter bir soniyada tahminan 80 trillion operatsiyani bajarishga qodir. Watson protsessori 2 800 yadroda ishlaydi, uning operativ hotirasi esa 16 terabaytdan iborat.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031