Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Nogironlar aravachasi uchun dunyoda birinchi avtopilot yaratildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 338           Дата: 1-08-2016, 21:47          
Nogironlar aravachasi uchun dunyoda birinchi avtopilot yaratildi

Boshni transplantatsiya qilishga (ko'chirib o'tkazishga) ilk nomzod Valeriy Spiridonov Clever Chair (Aqlli kreslo) startapining yaratilishi haqida e`lon qildi. Bu loyiha doirasida Spiridonov va uning jamoasi nogironlar kreslosi uchun dunyodagi birinchi avtopilot tizimini yaratishdi. Bu haqida RIA “Novosti” habar qildi.

“So'nggi bir necha oy men halqaro muhandislar jamoasi bilan hamkorlikda dunyodagi eng yahshi robot tehnikasi, komp'yuter dasturlari va fazoviy skanerlarni o'zida jamlagan qurilmani ishlab chiqarish ustida ishlayapman. Qurilmaning vazifasi –og'ir kasallarning bino ichida ovoz buyruqlari yoki smartfon ilovasi yordamida har qanday nogironlik aravachasini boshqarishi. Boshqacha qilib aytganda, biz nogironlar uchun avtopilot yaratmoqdamiz”, - deya ma`lum qildi Spiridonov.

Uning so'zlariga ko'ra, bugun u ana shunday qurilmaning sinov partiyasini ishlab chiqarish uchun IndieGoGo (https://igg.me/at/cleverchair) platformasida mablag' to'plash loyihasini yo'lga qo'yadi, avtopilot tizimi prototipi tayyor va u sinovdan o'tgan, endi ularning ishlab chiqarishini yo'lga qo'yishgina qoldi, holos.

“Men yaqin oylarda insonlarga yordami teguvchi, bahs-munozaralar keltirib chiqarmaydigan tehnologiyani taklif etaman. Biz qurilmalarning boshlang'ich narhini atigi 200 dollar bilan chegaralashni rejalashtiryapmiz”, - deya davom etdi muhandis.

Clever Chair tizimi uch tarkibiy qismdan iborat – boshqaruv blogi, infraqizil kosmik zondlar va foydalanuvchining joylashgan Yerini kuzatuvchi kameralar, smartfon ilovasi harakat haritasini tayyorlaydi va inson buyrug'iga itoat qiladi. Spiridonovning hisoblashicha, mazkur tizim nogironlarning imkoniyatlari doirasini sezilarli darajada kengaytiradi va shu bois iste`molchilar va investorlar doirasida katta qiziqish uyg'otadi.

Clever Chair’dan foydalanuvchi inson o'ziga ma`qul joylarni tanlab olib, loyiha yordamida yoki shunchaki joy nomini aytib (masalan, oshhona), nogironlar aravachasini u Yerga bemalol harakatlantirishi mumkin.

Spiridonovning umid qilishicha, keyinchalik GPS priyomniklari va qator boshqa qurilmalar yordamida tizim ishini kengaytirish mumkin, bu esa aravachaning shahar ko'chalarida mustaqil harakatlanishiga imkon yaratadi.


Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн