Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Hitoylik “muhandis”larning qo'lbola ihtirolari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 591           Дата: 29-07-2016, 11:24          

Suv yuzasida suzadigan velosiped, skuterli jomadon, musiqa chaluvchi taroq — bularning bari hitoylik ihtirochilar ishlab chiqqan buyumlar bo'lib, bu kabi g'aroyib ishlanmalar hitoyliklarning kundalik turmush tarziga aylanib ulgurgan. Ushbu yorqin, innovatsion va bir qarashda g'alati ko'ringan ihtirolar — qiziquvchan “muhandis”lar tomonidan yaratilgan va boshqalarning ham e`tiborini qozonib ulgurgan.

Jomadonli skuter. Ihtirochi On Lyan o'ziyurar jomadonni takomillashtirishga 10 yil vaqtini ketkazib, uni soatiga 20 kilometrgacha masofani bosib o'tadigan holatga keltirdi. Skuter bir marta quvvat olgach 50 kmgacha masofani bosib o'ta oladi.

Hitoylik “muhandis”larning qo'lbola ihtirolari

Uyda ishlab chiqarilgan odamsimon robot. Mustaqil ihtirochi Tao Hiangli masofadan boshqariluvchi gumanoid-robotni metallolom bo'laklari va eski komp'yuterlarning simlari va ehtiyot qismlaridan ishlab chiqdi. Hiangli robotni eshikdan olib chiqish uchun juda kattaligini tushungach, o'zi bilan olib qolishga qaror qildi.

Hitoylik “muhandis”larning qo'lbola ihtirolari

Traktor-mototsikl. Muhandis ushbu vahimali qurilmani yasash uchun 1300 dollar mablag' sarflab, eski traktor va avtomobillar chiqindihonasidan keltirilgan ehtiyot qismlardan foydalangan.

Hitoylik “muhandis”larning qo'lbola ihtirolari

Qo'lbola suvosti kemasi. Hitoylik fermer kemani yasash uchun 5 oylik umrini ketkazdi. U, yaqinda Hubey viloyatida muvaffaqiyatli sinovdan o'tdi.

Hitoylik “muhandis”larning qo'lbola ihtirolari

Motorlashtirilgan supurgi. Ushbu birmuncha takomillashtirilgan traktorga 12ta supurgi o'rnatilgan bo'lib, Heyluntszyan viloyati ko'chalarini toza saqlashda yordam beradi.

Hitoylik “muhandis”larning qo'lbola ihtirolari

Suvda suzuvchi velosiped. Plastik quvur yordamida suv yuzasida tura oladigan va ulanuvchi vint ko'magida harakatlanadigan suzuvchi velosipedni ihtirochi Lyu Van'ong ishlab chiqdi.

Hitoylik “muhandis”larning qo'lbola ihtirolari

Shahsiy tank. Fermer va Hitoy harbiy dengiz kuchlarining sobiq askari tankning qo'lbola nushasini yasashga 6450 dollar pul sarfladi.

Hitoylik “muhandis”larning qo'lbola ihtirolari

Yog'ochdan yasalgan elektromobil'. Hitoylik yana bir ustoz ko'rmagan ihtirochi Lyu Fulong mazkur elektromobilni yog'och va tahtadan yasadi. Mashina soatiga 30 km tezlikda harakatlana oladi. Bu esa, uy sharoitida yasalgan tehnika uchun juda yahshi natija hisoblanadi.

Hitoylik “muhandis”larning qo'lbola ihtirolari

Dengiz bodringlarini ovlash uchun suvosti kemasi. Suratda Chjan Ui o'zi ishlab chiqqan suvosti kemasining so'ruvchi quvurlari yonida. Ui tehnika yordamida dengiz bodringlarini ovlab, Hubey viloyati Uhan' shahri bozorida sotadi.

Hitoylik “muhandis”larning qo'lbola ihtirolari

Qutqaruv shari. Ihtirochi Yan Zeng Fu o'zi ishlab chiqqan buyumning sinov jarayonida qatnashmoqda. Olti tonnalik sharning asosiy maqsadi o'z ichidagi odamlarni har qanday tashqi ta`sirdan asrash hisoblanadi. Loyihaga ham «Nuh kemasi» nomi berilgan.

Hitoylik “muhandis”larning qo'lbola ihtirolari

Avtounitsikl. Bu harakatlanish vositasi hitoylik ihtirochi Li Yongli ishlanmasidir. U, o'z ihtirosi bilan kelajagini rejalashtirmoqda va mahsulotni butun dunyoga Yetkazib berish haqida o'ylayapti.

Hitoylik “muhandis”larning qo'lbola ihtirolari

Samolyot-mototsikl. Chjan Huelin o'zining qo'lbola samolyotini moped negizida ishlab chiqdi. Uning birinchi sinovi omadsizlikka uchragan bo'lsada, ihtirochi tushkunlikka tushganicha yo'q.

Hitoylik “muhandis”larning qo'lbola ihtirolari

Shahsiy vertolyot. Lyaonin viloyatida yashovchi 55 yoshli temirchi mototsikl dvigateli va shishaplastik panellar asosida shahsiy vertolyotini ishlab chiqdi. Ihtirochining ta`kidlashicha, vertolyot bemalol ucha ooladi. Albatta hozircha uni holis kishilar tasdiqlay olmaydi.

Hitoylik “muhandis”larning qo'lbola ihtirolari

Metallolom parchalaridan protez. Hitoylik fermer dinamit yordamida baliq ovlash chog'ida ehtiyotsizlik tufayli ikki qo'lidan ayrildi. U, jiyanlari yordamida metall, plastmassa va rezina parchalaridan o'ziga “qo'l” yasab oldi. Albatta, buning uchun fermer ikki yil vaqtini sarfladi.

Hitoylik “muhandis”larning qo'lbola ihtirolari

Musiqa chaluvchi taroq. Ha, bunisi boshqalariga qaraganda ham ajibroq. O'zining turli hil samarali ihtirolari bilan tanilgan Hana Yudzi ishlab chiqqan taroqda musiqa chalish mumkin.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн